Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda
Download 26.92 Kb.
|
Ma’ruza № 3. 1945-2015 yillarda Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Singapur Indoneziya Myanma (Birma) ittifoqi Malayziya
Ma’ruza №: 3. 1945-2015 yillarda Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot Reja: Osiyoning yangi industrial davlatlari YAID iqtisodiy taraqqiyot modeli Janubiy Koreya Respublikasi Singapur Indoneziya Myanma (Birma) ittifoqi Malayziya Tayanch so’z va iboralar: Osiyoning yangi industrial davlatlari XX asming 60—80-yillari rivojlanayotgan davlatlar ichidan Yangi Industrial Davlatlaming (YAID) ajralib chiqish davri bo‘ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Lotin Amerikasi va Osiyoda mavjud. Osiyoda ulaming eng rivojlangani Janubiy Koreya va Singapur bo‘lsa, Lotin Amerikasida Argentina, Braziliya va Meksikadir. Mutaxassislar YAID qatoriga Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya, Indoneziya: Filippinni ham kiritadilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisoblash uslubiga ko‘ra, u yoki bu davlatni yangi industrial davlatlar safiga qo'shishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: 1) yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti ko'rsatkichi; 2) yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’ati (qo'shimcha); 3) qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog‘i (u 20 foizdan yuqori bo'lishi zamr); 4) sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog'i; 5) xorijga chiqarilgan investitsiya salmogfi. Bu ko'rsatkichlar bo'yicha YAID rivojlanayotgan davlatlardan ajralib turadilar. Ba’zi sohalar bo'yicha esa ular, hatto, ayrim rivojlangan davlatlardan o‘zib ham ketdilar. 90-yillarning boshlariga kelganda bu davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 baravar oshdi. Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o‘ynadi. Chunonchi, 80-yillarning birinchi yarmida YAID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet davlatlaming rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga kiritgan jami sarmoyasining 42 foizini tashkil etdi. YAID iqtisodiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat AQSH (chetga chiqarilgan barcha sarmoyasining 10 foizi)dir. 1995-yilda xalqaro tashkilot — «Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti» Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini berdi. 30 yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandargohdan jahondagi eng boy davlatlardan biriga aylantirdi (yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turadi). Shu yili aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Yaponiya turadi. Chet el sarmoyalari YAIDning sanoatini rivojlantirishda va eksportning raqobatbardosh bo‘lishida muhim rol o'ynadi. Bunga Janubiy Koreya iqtisodi misol bo‘la oladi. Bu davlat iqtisodiga joylashtirilgan jami sarmoyalarning yarmidan ko‘pi Yaponiya sarmoyasidir. Bu sarmoya Janubiy Koreyada mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika jihozlari, kemasozlik komplekslari yaratilishiga asos bo‘ldi. Bugungi kunda YAID iqtisodiyotida xorij sarmoyasi joylashtirilmagan biror-bir soha qolmadi. Ayni paytda Osiyo YAID iqtisodiyotiga kiritilgan chet el sarmoyalarining daromad keltirish ulushi Lotin Amerikasi davlatlarinikidan yuqoridir. Bundan tashqari, keyingi qator o‘n yilliklarda transmilliy korporatsiyalar ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Osiyoning YAID bunday o‘zgarishga tayyor bo‘lib chiqdilar. Ayni paytda quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarning aynan Osiyo hududiga kirib kelishida katta rol o‘ynadi: — Osiyo YAIDining qulay geografik o‘mi. Ularning deyarli hammasi dunyo iqtisodiy yo‘llari kesishgan nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin joylashgan; — YAIDda mustahkam siyosiy barqarorlikning tiklanganligi hamda demokratik va siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohotlar manfaatiga xizmat qilganligi; — Osiyo YAID aholisining o‘ta mehnatkashligi, tirishqoqligi, intizomliligi. Bu hol xorij sarmoyasi xavfsizligiga yuqori kafolat berilishini ta’minladi. Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling