Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda


Download 26.92 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1378072
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza № 3. 1945-2015 yillarda Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

Singapur

Singapur 1958-yilgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lib keldi (1828-yilda Buyuk Britaniyaning mustamlaka hududiga aylangan edi). 1959-yilda unga Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963-yilda esa Malayziya federatsiya tarkibiga kirdi.
Biroq tez orada iqtisodiy masalalarda federatsiya subyektlari O‘rtasida chuqur kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Natijada 1965-yilda Singapur federatsiya tarkibidan chiqdi va 9-avgust kuni o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi.
Mustaqillik yillarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug‘ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug'iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko‘p farzand ko'rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat Prezidenti lavozimida ishlamoqda.



  1. Indoneziya

1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya 1945-yilda ozod bo‘ldi va 4 sentabrda Sukamo (1901—1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947-yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi. BMT ning aralashuvi va AQSH ning ta’siri bilan 1949-yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi. 1950-yilda Sukarno Indoneziya unitar respublikasini e’lon qildi. Mamlakatda mustaqillikning besh tamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e’tiqod asosida ish olib borildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Neft konlari, kauchuk plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqat, to'qimachilik mollari, tayyor kiyimlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qo'liga o‘tdi.
1965-yil 30-sentabrda kommunistparastlar davlat to ‘ntarishi uyushtirmoqchi bo'ldilar. Lekin uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar qatag‘on qilindi.
1968-yilga kelib general Suxarto prezident bo‘ldi va mamlakatni 1998- yil iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, Yaponiya va boshqa davlatlar kompaniyalari l,3m lrd. dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi davlatga aylandi. 90- yillarda 4 yil ichida 35 mlrd. dollar miqdorida xorijiy kapital kiritildi. Turli avtomobillar, zamonaviy samolyotlar yig‘ildi. Lekin 1997-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar yopildi, ishsizlar soni 20 mln. ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd. dollarni tashkil etdi.
1998- yil iyunida prezident Suxarto iste'foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi. Ammo siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlay olmadi.
1999- yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975- yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo‘lga kiritdi. 2001-yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to‘la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, nikel, baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi. O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik o‘matgan.




  1. Download 26.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling