Ma’ruza №: 1945-2015 yillarda


Download 26.92 Kb.
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1378072
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza № 3. 1945-2015 yillarda Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

Myanma (Birma) ittifoqi

Buyuk Britaniya mustamlakasi bo'lgan Myanmani 1942-yilda Yaponiya butunlay bosib oldi. 1945- yilda yaponlami quvib chiqargan ozodlik harakati kuchaydi. 1947-yil 24-sentabrda Ta'sis Majlisi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini qabul qildi. 1947-yil 17-oktabrda Xalq ozodligi antifashistik ligasi yangi prezidenti U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Birma Ittifoqi 1948-yil 4-yanvardan mustaqil deb e'lon qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi va 1952-yilgacha mamlakatni boshqardi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g‘alla, makkajo‘xori, paxta, shakarqamish, jut va boshqa mahsulotlarni ko'paytirishga harakat qilindi. Guruch tozalash, yog‘, choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari yangi texnologiyalar bo'yicha rekonstmksiya qilindi.
1952—1957-yillarda Ba U, 1957—1962-yillarda U Vin Maung prezidentlik qildilar.
1962-yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to‘ntarishini o'tkazdilar. 1947-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin rivojlanish ko‘ngildagidek bo'lmadi.
1988-yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o‘tish boshlandi. Ahvol yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo‘l ochildi. Yalpi mahsulotning o‘sishi yiliga 8 foizga ko‘tarildi. 1992-yilda hokimiyatga kelgan U Tan Shve mamlakat iqtisodini yanada ko'tarish, xorijiy mamlakatlar munosabatlarini yaxshilash yo'lini tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, qo‘rg‘oshin-rux korxonalari rivojlangan.



  1. Malayziya

Malayziya davlati yerlari, xususan «Nort Barkes» kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi Saravak va Sabak urushgacha bo‘lak-bo‘Iak holda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941- yil 8-dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostirib kirdi va 1942-yil fevralda uni butunlay egalladi.
Yaponiyaga, undan so‘ng Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi. 1947-yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini mustahkamlashda asosiy kuch boMishi kerak edi. Lekin ushbu frontda biriik bo’lmadi, ichki kurashlar avj oldi.
1948-yil 1-fevralda Malayziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatildi.
1957-yilga kelib hozirgi G ‘arbiy Malayziya mustaqil deb eMon qilindi. 1963-yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat biriashtirildi. Lekin 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib, o‘zini mustaqil deb eMon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan musulmon malayziyaliklar katta ta'sir kuchiga egadirlar.
Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini, 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qarlyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va yapon kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektr texnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi zamindorlarga qarashli. Tabiiy kauchuk, kakao, palma yog‘i, qalampir, ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo‘shilmaslik yoMini tutgan. ASEANga a’zo. O‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o‘matgan.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Matn asosida fikr yuritib, mustaqii ravishda «Yangi industrial davlatlar» tushunchasiga izoh yozlng.
2. BMT qanday mezonlar asosida u yoki bu davlatning yangi industrial davlat ekanligini aniqlaydi?
3. Qanday omillar transmillly korporatsiyalar e'tiborini Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qaratdl?
4. YAID o‘z iqtisodlyotlarini rivojlantirishda tanlagan taraqqiyot modellarining nomlarini qayd eting.
5. Janubiy Koreya va Singapur Respublikalari haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. YAIDning O‘zbekiston bilan aloqasiga doir yozma ish tayyorlang.
Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling