Ma`ruza № Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Analitik kimyo usullarining sinflanishi. I va II- guruh kationlari tavsifi


Download 1.42 Mb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415037
1   2   3   4   5
Bog'liq
Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati

V.M.Severgin (1765-1826 yillar, rus) eritma rangi intensivligini modda konsentrasiyasiga bog`liqligini ifodalovchi kolorimetrik analizni metodini yaratdi. Bu olimning analitik kimyoni rivojlantirishdagi yirik hissasi, kimyoviy analiz metodlari to`grisidagi bir necha o`quv qo'llanmalarini yaratganligidir.

  • XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida shved kimyogarlari T.U.Bergman (1735-1784), Berselius (1779-1848), rus kimyogari K.K.Klaus (1796-1864) va boshqalar mehnatlari asosida sistematik sifat analizi yaratildi.
  • Nemis kimyogari K.R.Frezenius (1818-1871) tomonidan sifat va miqdor analizidan darslik yaratildi, birinchi bo`lib, analitik kimyo jurnaliga asos soldi.
  • 1824-1848 yillarda fransuz olimi Gey-Lyussak (1778-1850) fanga titrimetrik analiz metodini ishlab chiqdi va hozirgi vaqtga qadar bu metod o`z mohiyatini saqlab kelmoqda.
  • 1859-1860 yillarda nemis olimlari R.V.Bunzen (1811-1899) va G.R.Kirhgof (1824-1887) sifat analizining fizikaviy metodlaridan eng muhimi spektral analizni ishlab chiqdilar. Bu analiz hozirgi zamonda uzluksiz rivojlanmoqda.
  • Rus kimyogari D.I.Mendeleev (1834-1907) tomonidan kashf qilingan davriy qonun va elementlarning davriy sistemasi analitik kimyoni metodlarining nazariy poydevori bo`ldi va analitik kimyo rivojlanishining asosiy yo`nalishlarini belgilab berdi.

Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz.
Masalan, grafit birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur.
Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o’zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi.
Analitik kimyo
Miqdor analiz
Sifat analiz

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling