Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi


Sifat analizida qo‘llaniladigan usullar


Download 53.07 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi53.07 Kb.
#1502345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu..

Sifat analizida qo‘llaniladigan usullar.


1. Tomchilar reaksiyasi.
Tomchilar reaksiyasining asoschisi professor N.A.Tananaevdir. U 1920 yildan boshlab tomchilar reaksiyasidan ko‘pchiligini ishlab chiqdi; eritmani bo‘lib-bo‘lib analiz qilish prinsipini birinchi bo‘lib ta’riflab berdi va tomchi usuli bilan ifodalab berdi. SHuningdek, bu soxada dastlabki qo‘llanma yozib, unda o‘z ishlarini tomchi analizning orginal sistemasi tariqasida umumlashtirdi.
Tomchi analizida reaksiyalar eritmalarining tomchilari o‘rtasida boradi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning eritmasidan bir tomchidan bir necha tomchigacha olinadi. Reaksiyalar incha filtr qog‘ozi ustida qilib ko‘riladi, filtr qog‘ozida rangli dog‘lar hosil bo‘ladi, shunga qarab, izlanayotgan ionning borligi haqida xulosa chiqariladi. Rangli reaksiyalar sodir bo‘lmasa, u holda, reaksiya tomchi analizi bo‘yicha boshqa yo‘llar bilan o‘tkaziladi, ya’ni reaksiya shisha plastinka ustida reaksiya olib boriladi.
Reaksiyalarni qog‘ozda qilib ko‘rish bir talay afzalliklarga ega bo‘lib, bunda spetsifik bo‘lmagan reaksiya tegishli sharoitda qog‘oz ustida o‘tkazilishi natijasida spetsifik bo‘lib qoladi.
2. Mikrokristalloskopik reaksiyalar.
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar kristallarini mikroskopda ko‘rish, shaklini o‘rganish analiz qilinayotgan eritmada tegishli ionlarning bor yoki yo‘qligi haqida tez va aniq xulosa chiqarishga imkon beradi. Lekin modda muayyan sharoitda kristallanganidagina kristallari shu moddaga xos shaklga kiradi.
Mikrokrstalloskopik reaksiyalar qo‘llanganda shuni nazarda tutish kerakki, tomchida begona moddalarning bo‘lishi incha cho‘kma kristallarning shaklini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa ushbu usulning asosiy kamchiligidir.
Mikrokristalloskopik reaksiyalarni o‘tkazishda nihoyatda tozalikka rioya qilish zarur, shuningdek, ishlatiladigan reaktivlar ham nihoyatda toza bo‘lishi zarur, chunki mikrokristalloskopik reaksiyalar incha juda seziluvchan bo‘ladi.



Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling