Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi


Download 53.07 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi53.07 Kb.
#1502345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu..

NH4OH NH3 H2O
Analizda qo‘llaniladigan birikmalardan faqat ammoniy tuzlarigina bunday sharoitda ammiak hosil qiladi, shuning uchun bu reaksiya ammoniy ionini topish uchun xos reaksiyadir.
Ammo bunday o‘ziga xos reaksiyalar uncha ko‘p emas. Analitik kimyoda ko‘pincha bir necha ba’zan esa juda oz ionlar bilan bir xil yoki o‘xshash natija beradigan reaksiyadan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Faqat kamroq sondagi ionlar bilan o‘xshash natija beradigan reaksiyalar tanlab ta’sir etuvchi yoki selektiv reaksiyalar deyiladi. Reaksiya ijobiy natija beradigan ionlar soni qancha kam bo‘lsa, reaksiyaning selektivlik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ko‘pincha ishlatilayotgan reagent bilan reaksiyaga kirishmaydigan ba’zi begona ionlarning bo‘lishi reaksiyaning borishiga ta’sir etadi, uning seziluvchanligiga ta’sir etadi, ya’ni kamaytiradi, hosil bo‘lgan maxsulotlarning xususiyatini o‘zgartirib yuboradi va xakozo. Begona ionlarning konsentratsiyasi ortishi bilan bu ta’sir kuchayadi va topilayotgan ion bilan begona ionlar konsentratsiyalarining ba’zi muayyan chegara nisbatlarida reaksiyani qo‘llab bo‘lmay qoladi. Ba’zi hollarda biron reaksiyani o‘tkazishda halaqit beradigan begona ionlarning ta’sirini NI+OBLOVCHI vositalar ya’ni, bu ionlarni mustahkam kompleks birikmalar holida bog‘lab, ularning eritmadagi konsentratsiyasini keskin kamaytiruvchi moddalar yordami bilan yo‘qotish mumkin.
Izlanayotgan ionlarni spetsifik reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmadan alohida ulush olib, bevosita topish mumkin. Bu usul BO‘LIB-BO‘LIB ANALIZ qilish usuli deyiladi.
Etarli darajada ishonchli natija beradigan spetsifik reaksiyalar bo‘lmasa hamda bunday reaksiyalarning spetsifikligini oshirishning iloji bo‘lmasa, bo‘lib - bo‘lib analiz qilish usuli bilan tegishli ionlarni topib bo‘lmaydi. Bunday hollarda ayrim ionlarni topish uchun reaksiyalar o‘tkazishning ma’lum tartibini, ya’ni sistematik analiz qilish yo‘lini ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Bunda ionni topishdan oldin, uning topilishiga halaqit beradigan boshqa hamma ionlar topiladi va eritmadan yo‘qotiladi.

Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling