Ma’ruza 1 1-Mavzu. Qurilish mexanikasi faniga kirish reja


biri – inshootlarda tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan ichki


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1428941
1   2
Bog'liq
Z4BbngtWmJUdXU4iWMLBBmJDcLhUYPAQXEGhXS6D

biri – inshootlarda tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan ichki 
zo‘riqish kuch-lari(M
X
, Q
X
, N
X
)ni aniqlashdan iboratdir. 
Inshoot va uning elementla-rida tashqi yuklar ta’siridan 
hosil bo‘ladigan salqilik, ko‘chish, chekli kuch miqdorini 
aniqlash, tebranish amplitudalari va vaqtini aniqlash kabi 
masalalar ham qurilish mexanikasining vazifalariga kiradi. 


mехаnikаsi
mаtеmаtikа
qurilish
kоnstruksiyalаri
qurilish
mаshinаlаri
binоlаr vа injеnеrlik
kоnstruksiyalаri
mutахаssis
mоdеli
Qurilish m
ехаnikаsi fаnining mаsаlаlаri
v
а uning bоshqа umuminjеnеlik fаnlаri
bil
аn bоg'liqligi
fizikа
nаzаriy
mехаnikа
sistеmаlаr
tаhlili
infоrmаtikа
vа hisоblаsh
tехnikаsi
mаtеriаllаr
qаrshiligi
elаstiklik vа 
plаstiklik
nаzаriyasi


guvеr to'g'оni vа qurilаyotgаn ko'prikning юqоridаn оlingаn surаti. Аrizоnа. 



Wembley Stadium
Glasgow’s
Clyde Arc


2. Qurilish mexanikasi fanining masalalari. 
 
Keng ma’noda qurilish mexanikasi quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi: 
nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, elastiklik nazariyasi, plastiklik 
nazariyasi, polzuchest (sirg‘alish) nazariyasi. Tor ma’noda qurilish 
mexanikasi, sterjenli sistemalarning qurilish mexanikasi, plastina va 
qobiqlar qurilish mexanikasi kabi fanlarni o‘z ichiga oladi. 
Materiallar qarshiligi asosan inshoot qismlari yoki elementlari-ning 
taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Qurilish mexanikasi (tor ma’noda) 
materiallar qarshiligidan farqli ravishda inshootlarning (qismlar va 
elementlar majmuasi) taqribiy hisoblari bilan shug‘ullanadi. Elastiklik 
nazariyasida esa yuqoridagidan farqli o‘laroq, masalalar qat’iy va aniq 
echilishi talab etiladi. 


3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 
 
Qurilish mexanikasi fanining dastlabki rivojlanish davrida 
mustaqil fan bo‘lmay, umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan 
biri sifatida rivojlangan. Mexanika fanining nazariy asoslari 
dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanika 
so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bo‘lib kiritgan olim, 
eramizdan 384-322 yillar ilgari yashab o‘tgan Yunonistonlik 
mashhur faylasuf Aristotel (Arastu) hisoblanadi. Mexanikaning 
xilma-xil masalalarini hal ztishda qadimgi zamon olimlaridan 
Arximed, Geron, Platon, Ptolomey va boshqalarning xizmatlari 
benihoya kattadir. 


Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX asrdan boshlab 
rivojlana boshladi. Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy 
o‘rganib, mashhur vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining 
«Donishnoma» asarida yuklarni ko‘taradigan uskunalar haqida 
fikrlarni aytadi. Al Xorazmiy «Fanlar kaliti» asarida mexanika 
fani to‘g‘risida g‘oyalarni ilgari suradi. SHarqning mashhur 
olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, 
Umar Xayyom, Forobiy va boshqalar mexanika fanining 
rivojlanishida munosib hissa qo‘shganlar. 


Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlardan 
akademiklar M. T. O‘rozboev, X. A. Rahmatullin, V. Q. Qobulov, T. R. Rashidov, T. 
SH. SHirinqulov va boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik 
M. T. O‘rozboev o‘zbek mexaniklarining otasi hisoblanib, inshootlar seysmik 
mustahkamligi nazariyasini yaratilishida munosib hissa qo‘shgan va birinchi bo‘lib 
o‘zbek tilida nazariy mexanika va materiallar qarshiligi kurslaridan o‘zbek tilida 
darslik yaratgan. Akademik X. A. Rahmatullin elastik va elastik-plastik muhitlarda 
to‘lqin tarqalishini dinamik nazariyalarini yaratib, Moskva Davlat Universiteti 
talabalariga dars bergan. O‘zbekistonda kibernitikaning taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‘shgan akademik olim V. Q. Qobulov, yaxlit muhitlar mexanikasini algoritmlash, 
avtomatik boshqaruv sistemasini yaratishda, inshootlarni hisoblashda EHMdan 
foydalanish sohasida samarali ishlar olib borgan. Akademik T. R. Rashidov er osti 
inshootlari seysmik mustahkamligi nazariyasini yaratishda ulkan ishlarni amalga 
oshirgan. Akademik T. SH. SHirinqulovning zamin va poydevorlar sohasida olib 
borgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘p davlatlarda tan olingan.


Ma’ruzani mustaxkamlash uchun savollar. 
 
1. Qurilish mexanikasi fani nimani o‘rganadi? 
2. Inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad nima? 
3. Inshootlarni bikrlikka hisoblashdan maqsad nima? 
4. Inshootlarni ustuvorlikka hisoblashdan maqsad nima? 
5. Inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi deganda nimani tushunasiz? 
6. Qanday tashqi yuklarni va ichki zo‘riqish kuchlarini bilasiz? 
7. Qurilish mexanikasining fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
8. Qurilish mexanikasi fani qanday masalalarni o‘rganadi? 
9. Qurilish mexanikasi fanini qisqacha rivojlanish tarixini ayting? 
10. Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishida hissa qo‘shgan o‘zbek 
olimlarini ayting? 
 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling