Ma’ruza №1: 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1009016
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga

Ijtimoiy-iqtisodiy masala shahar va qishloq rivojlanishining kelajagini,
tabiiy va hududiy resurslardan iqtisodiy samarali foydalanishni, aholining
o’sishini, unga yuqori darajada ma’daniy maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil
qilishni hisobga olgan holda aholi joylashuvi tizimini tanlashda hal qilinadi.
Sanitariya-gigiyenik masalalar aholi hayoti uchun sog’lom sharoit yaratish,
sanoat va aholi yashash tumanlari orasida sanitariya- himoya qismini belgilash,
ko’kalamzorlashtirish, tuproqning, havoning va suvning ifloslanishiga va
shovqinga qarshi kurashni nazarda tutadi.
Texnikaviy qurilish masalalari aholi yashash joylarida qurilishi uchun
tanlangan hududlarning muhandislik-geologik sharoitlarini o’rganish, qurilish
texnikasining darajasi va zamonaviy vositalarini aniqlash, transport va piyodalar
harakatining oqilona tizimini hal etish, hududlarni obodonlashtirish (ichimlik suvi
yetkazish, oqova suvlar o’tkazgich, issiq suv, gaz, elektr ta’minoti) va hokazolarni
hal qilish bilan bog’liqdir.


Arxitekturaviy-badiiy__masalalar'>Arxitekturaviy-badiiy masalalar shaharning umumiy arxitektura-rejali
tuzilishini, ko’cha va shohko’chalar tarmoqlarini aniqlash, shahar alohida
qismlarining funksional tuzilishini hal qilish, shu jumladan, markaz
kompozisiyasini yechish bilan bog’liqdir.
Shaharlarning rivojlanish jarayoni murakkab va ko’p qirralidir. Bugun biz
XXI asr arxitekturasi haqida o’ylashimiz lozim. Hozirgi zamon arxitekturasi
faqatgina san’at yemas, balki fan va texnika birligi hamdir. Bilimning ko’p sohalari
yutuqlarini arxitekturachalik yuqori darajada birlashtiradigan san’at yo’q.
Arxitektura - eng qadimiy san’at turidir. Odam o’zi uchun birinchi turar-joy
qurgandan boshlab arxitektorlik kasbi shakllana boshlagan. Odamlar alohida turar-
joylardan asta-sekin yashash guruhlari, so’ngra shaharlar qurilishiga o’ta
boshlaganlar.
Arxitektor - keng soha mutaxassisi. U san’at, zamonaviy texnika, fan va
iqtisodiyotni yagona birlikka birlashtirishi lozim. Uning bilim doirasi doimo
kengayib boradi. Hayot arxitektorni sotsiologik tushunchalar bilan fikr qilishini
talab etmoqda. Sotsiologiya va u bilan bog’liq ijtimoiy jarayonlarni oldindan aytish
ko’pgina shaharsozlik masalalarini hal qilishda zarurdir.
Arxitektor loyihaning o’zida bino va inshootning kelajak hayotini nazarda
tutishi muhimdir. Bunda arxitektor kelajak avlodlar uchun qiyinchiliklar
tug’dirmasligini unutmasligi lozim.
Kelajak shaharlarini yaratish katta ilmiy bashoratni talab etadi. Boshqa
sohalarda bo’lgani kabi shaharsozlikda ham har gal ishni boshidan qaytadan
boshlash imkoniyati yo’q. Tarixiy va zamonaviy tajribaning har bir qimmatli
tomonlaridan foydalanish lozim.
O’tmishdagi ko’pgina g’oyalar ularning mualliflari o’tib ketganidan keyin
o’z natijalarini bergan. Go’zal shaharlar, dam olish va istirohat bog’lari, klassik
arxitektura ansambllari o’z mualliflaridan keyin bir necha yuz yillar ko’proq umr
ko’rmoqda, kelajak avlodlargina ularni qimmatiga yarasha baholashadi.
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish
muammolari, hamda aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan turar-joylarni
yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling