Ma’ruza-1 Asosiy tushunchalar. Diskret axborot uzatish tizimi strukturasi Reja
Download 59.83 Kb.
|
Mаъруза1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
MA’RUZA-1 Asosiy tushunchalar. Diskret axborot uzatish tizimi strukturasi Reja: 1.1. Asosiy tushunchalar 1.2. Diskret axborot uzatish tizimi strukturasi. 1.3. Diskret axborot uzatish (DAU) tizimidagi signallar 1.4. Ma’lumotlarning raqamli signali. Kalit so‘zlar: axborot, xabar, diskret ma’lumot,,. diskret signal, aloqa kanali, uzatgich, qabul qilgich. Kalit so‘zlar uzluksiz (analog) signal; diskret signallar; taqdim etuvchi (axborot); aniqlovchi vaqt intervali, kodlash. Axborot deganda, qabul qiluvchiga kelib tushadigan xar xil ma’lumotlar tushuniladi. Adabiyotlarda axborotga berilgan quyidagi ta’rif ko‘p uchraydi: axborot – bu uzatish, tarqatish, o‘zgartirish, saqlash yoki bevosita ishlatish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlardir. Misol uchun, axborot bo’lib o‘lchash natijalari, biron-bir ob’ektni kuzatish xaqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Xabar - axborot taqdim qilish shakli xisoblanadi. Bitta xabar bir nechta shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali taqdim qilinayotganda axborot uzluksiz ko‘rinishda yoki telegramma orqali taqdim qilinayotganda, diskret ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma’lumot uzatilganda, axborot xarflar yig‘indisi, ya’ni so‘z ko‘rinishida va raqamlarda taqdim qilinadi. Diskret ma’lumot - bu axborotni uzatish, saqlash, xosil qilish va qayta ishlash maqsadida diskret signallar orqali ifodalangan shaklidir. Axborotni aynan diskret signallar orqali ifodalanishiga sabab, bu xozirgi zamon va kelajakda barcha qurilmalarning raqamli bo‘lishidir. Chunki raqamli qurilmalar aynan diskret ma’lumotlar orqali muloqot qiladi. Diskret axborotni uzatish tizimi umumiy holda quyidagi elementlardan tashkil topgan (1.1 –rasm) [3]: -uzatgich U; -aloqa kanali AQ; -qabul qilgich QQ. Uzatgich axborotni (original ko‘rinishdagi) diskret signalga aylantirib beradi. Bu signal aloqa kanali yordamida bir nuqtadan boshqa bir nuqtaga uzatiladi. Aloqa kanalida xalaqit beruvchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lishi mumkin. Qabul qilgich uzatgich vazifasiga teskari bo‘lgan amal - dikret signaldan axborotni nusxasini xosil qilish vazifasini bajaradi. Xosil qilingan axborot nusxasi axborotni qabul qilish manbasiga uzatiladi. 1.1- rasm. Diskret axborot uzatish tizimi Diskret axborot uzatish (DAU) tizimida xabarni diskret elektr signaliga aylantirish va uni yana axborotga aylantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi (1.2-rasm). Uzatish manzilida xabar kodlash K qurilmasi yordamida kodlanadi (birinchi bosqich) va diskret modulyator DM yordamida diskret modulyasiyalangan signalga aylantiriladi (ikkinchi bosqich). Qabul qilish manzilida ro‘yxatga olish (registratsiya qilish) R qurilmasi yordamida qayid qilinadi (birinchi bosqich) va dekodlash qurilmasi DK yordamida axborotga aylantiriladi (ikkinchi bosqich). Demak, axborotning xar bir elementi x avval kodlar kombinatsiyasiga p , so‘ngra esa elektr signaliga zuz aylantiriladi. Qabul qilingan elektr signali zqq avval kod kombinatsiyasiga q, so‘ngra axborot elementiga u aylantiriladi. SHuning uchun DAU tizimida ikkita o‘zaro bog‘langan teskari – “kodlash – dekodlash” va “diskret modulyasiyalash – ro‘yxatga olish” jarayonlari mavjud. YUqoridagilarni hisobga olgan xolda diskret axborot uzatish tizimi to‘liq holda 1.2-rasmda ko‘rsatilgan [2]. Qabul qilingan elektr signali zqq uzatish muxiti (sim, efir, optik tola) orqali o‘tgandagi kuchsizlanish, tashqi va ichki elektromagnit maydonlarning xalaqit beruvchi ta’siri va vaqt bo‘yicha kechikishi tufayli uzatilgan zuz signaldan farq qiladi. YA’ni qabul qilgich qabul qilingan elektr signalidan uzatilgan axborotni to‘liq va aniq xosil qilolmasligi mumkin. Shuning uchun xosil qilingan axborot nusxasi uzatilgan axborot originalidan farq qilishi mumkin. SHuning uchun DAU tizimiga quyidagi talab qo’yiladi: DAU tizimlari shunday loyixalashtirilishi va ekspluatatsiya qilinishi kerakki, uzatilgan axborot qabul qilingan axborotdan minimal darajada farq qilishi kerak Download 59.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling