Ma’ruza №1 elektr pech transformatorlari


Download 0.7 Mb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1061060
1   2   3   4
1 — moy sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, 2 — havo almashtiruvchi truba, 3 — moy quyiladigan probkali teshik, 4 — cho‘kindilar cho‘kadigan idish, 5 — uchi oynavand truba, 6 transformator baki, 7 — gaz relesi, 8 — kengaytirgichni ajratuvchi jumrak
Har bir transformatorning baki devorida o‘rnatilgan temir osmachada uning texnik ta’rifi yozilgan bo‘ladi. GOST 11677—74 bo‘yicha osmachada quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) transformatorning markasi, raqami va ishlab chiqargan zavodning nomi hamda adresi; 2) nominal quvvati (kVA da); 3) yuqori va past nominal kuchlanishi (V yoki kV da); 4) yuqori va past kuchlanishli chulg‘amlarining nominal toki (A da); 5) o‘zgaruvchan tok chastotasi; 6) fazalar soni; 7) yuqori va past kuchla­nishli chulg‘amlarining ulanish sxemalari va gruppasi; 8) qisqa tutashish kuchlanishi {Uk%); 9) sovitilish usuli; 10) transformatorning massasi (kG yoki t); 11) moyning massasi (kG yoki t); 12) kuchlanishni o‘zgartiruvchi pereklyuchatelning vaziyati va hokazo. Transformatorlarning markasi harflar va raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Markadagi: T — uch fazali; O — bir fazali; M — moy bilan sovitiladigan; D — moyni tashqaridan shamol bilan yoki majburiy harakatlantirib sovitiladigan; S — moyni sovuq, suvli sovitgichdan o‘tkazib sovitiladigan; DS — yuqoridagi ikkala usul bilan sovitiladigan; G — yashinga chidamli (marka oxirida ko‘rsatiladi); N — kuchlanishi yuklamani uzmasdan rostlanadigan (marka oxirida ko‘rsatiladi); N — yonmaydigan suyuq dielekt­rik bilan to‘litilgan (ikkinchi o‘rinda) degan ma’nolarni beradi. Transformator markasida T harfi bo‘lsa, bu uch chulg‘amli transformatorni ifodalaydi. Markada harfli ifodadan keyingi raqam uning nominal quvvatini (kVA) da; ikkinchi raqam yuqori nominal kuchlanishni ko‘rsatadi. Masalan, TSTNG63000/220 marka — uch fazali, uch chulg‘amli, moyi majburiy sovitiladigan, kuchlanishi yuklamani uzmay rostlanadigan, yashinga chidamli, quvvati 63000 kVA va yuqori kuchlanishli chulg‘amining nominal kuchlanishi 220 kV bo‘lgan transformatorni ifodalaydi yoki TM6300/35 — quvvati 6300 kVA va yuqori kuchlanishli chulg‘amining kuchlanishi 35 kV bo‘lgan ikki chulg‘amli, uch fazali, moy bilan tabiiy sovutiladigan transformatorni bildiradi.
Transformatorlar ishlatilishiga qarab bir necha xilga bo‘linadi:
1.Bir fazali yoki uch fazali katta tokli trans­formatorlar— elektr energiyasini uzoq, masofaga uzatishda, uni iste’molchilar orasida taqsimlashda va umuman, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishlatiladi.
2.Avtotransformatorlar — kuchlanish qiymatini bir oz o‘zgartirish yoki kuchlanish qiymatini noldan boshlab oshirish uchun hamda katta kuvvatli asinxron dvigatellarni yurgizish uchun ishlatiladi.
3. O‘lchov transformatorlari (kuchlanish transformatorlari va tok transformatorlari) — elektr o‘lchash sxemalarida, yukori kuchlanishlarni va katta toklarni oddiy o‘lchash priborlari bilan o‘lchash uchun ishlatiladi.
4. Maxsus transformatorlar — payvandlash transfor­matorlari; sinov transformatorlari; radio, televedenie, aloqa va avtomatika qurilmalarida ishlatiladigan transformatorlar; o‘zgaruvchan tokning fazalari sonini yoki chastotasini o‘zgarti­ruvchi transformatorlar maxsus transformatorlar hisoblanadi.
Transformatorlarning turlari kup bo‘lishiga qaramay, ularning ishlash prinsiplari va ularda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar, asosan, bir xildir. Kelgusi boblarda amalda juda keng ishlatiladigan bir fazali va uch fazali katta tokli transformatorlar nazariyasini batafsil o‘rganamiz.


Nazorat uchun savollar.


1.Transformator deb nimaga aytiladi va qanday transformatorlarni bilasiz?
2.Bir fazali transformatorning tuzilishini tushuntiring?
3.Uch fazali transformatorni tuzilishi qanday?
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling