Ma'ruza №1 kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlari reja


Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati


Download 129.5 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi129.5 Kb.
#1017412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MA\'RUZA № 1 Kimyo fanining asosiy tushunchalari va qonunlari

Kimyo fanining vazifalari va ahamiyati.
Kimyo fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kishilik jamiyatini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash uchun zarur bo`ladigan moddalar ishlab chiqarish maqsadida:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur bo`ladigan mineral o`g`itlar yetkazib berish, yangi-yangi o`g`itlarni ishlab chiqarish;

  • o`simliklarning kasalliklariga qarshi kurashadigan zaharli ximikatlar ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar olib borish;

  • o`simliklarning rivojlanishida mikroelementlarning rolini o`rganish va ekinlarni oziqlantirish.

2. Kishilik jamiyatini kiyim-kechak bilan ta`minlash maqsadida:

  • kimyoviy tolalar ishlab chiqarish;

  • sun`iy charm ishlab chiqarish;

  • kauchuk va rezina mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • bo`yoqlar ishlab chiqarish;

  • har xil polimerlar (plastmassalar) ishlab chiqarish.

3. Insoniyat yashayotgan muhitning ekologik muammolarini hal etish.
4. Odamlar salomatligini saqlash maqsadida turli xil dori-darmonlar ishlab chiqish.
5. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar bilan shug`ullanish.
6. Turli xil yuvish vositalarini ishlab chiqarish.
7. Metallar va ularning qotishmalarini ishlab chiqarish.
8. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Kimyo fanining ahamiyati nihoyatda katta ekanligi yuqoridagilardan ko`rinib turibdi. Demak kimyo fani qishloq xo`jaligi, tibbiyot, yengil va og`ir sanoat, elektrotexnika, ekologiyada hamda qurilish materiallarini ishalbchiqishda katta ahamiyatga ega, shuning uchun har bir mutaxassis kimyoni o`rganar ekan bu fanning zarurligini chuqurroq his qiladi.
Kimyo fanining asosiy tushuncha va qonunlari. Atom - molekulyar ta’limot. Atom – molekulyar ta’limotni dastlab M.V.Lomonosov (1741 y.) ishlab chiqdi va keyinchalik J.Dalton rivojlantirdi. Atom - molekulyar ta’limotdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.
1.Moddalar-molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tarkib topgan.
2.Molekula va atomlar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi.
3.Molekula va atomlar aniq massa va o‘lchamga ega.
4.Oddiy moddalar bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar har xil element atomlaridan tashkil topgan.
Molekula – ayni moddaning tarkibini va kimyoviy xossalarini o‘zida saqlaydigan, bir nechta atomlardan tarkib topgan va mustaqil mavjud bo‘la oladigan eng kichiq zarrachadir.
Atom – molekulyar ta‘limot nuqtai nazaridan atomlarning har qaysi alohida turi kimyoviy element deyiladi. Element – ma‘lum xossalarga ega bo’lgan atomlar turidir.
Atomning eng muhim xarakteristikasi uning yadrosining musbat zaryadi bo’lib, u son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadro zaryadining qiymati atomlarning har xil turlari uchun bir – biridan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi, bu esa element tushunchasiga ancha to’liq ta‘rif berishga imkon beradi.
Kimyoviy element – bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turidir.
Oddiy moddalar molekulasi bir xil elementning atomlaridan (N2, O2, N2, CI2 va boshq), murakkab moddaning molekulasi esa ikki yoki bir necha xil elementning atomlaridan (masalan, suv H2O vodorod va kislorod atomlaridan) tarkib topgan bo’ladi.
Kimyoning asosiy qonunlari quyidagilar: moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avagadro qonuni, Ekvivalentlar qonuni.

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling