Tog’ jinsining kon-texnologik xarakteristikasiga: qattiqligi, jilvirliligi, burg’ulanuvchanligi, portlanuvchanligi va darzliklari kiradi.
Tog’ jinslarining qattiqliligi – prof. M.M.Protodyakonov shkalasi bo’yicha baxolanib, tog’ jinsining bir o’qli siqishdagi vaqtinchalik qarshiligining 100 ga nisbati bilan o’lchanib, qo’yidagi formula bilan aniqlanadi:
(1.9)
Tog’ jinsining jilvirliligi (abrazivnost) - mashina yoki uskunaning tog’ jinsi kontaktidagi emirilishiga aytiladi. Jilvirlilik xarakteristikasi L.I.Baron va A.V.Kuznestov shkalasi bo’yicha baholanadi.
Tog’ jinsining burg’ulanuvchanligi – tog’ jinsiga kirayotgan Burgilash uskunasiiga ko’rsatilayotgan qarshilik qobiliyatiga aytiladi. Burg’ulanuvchanlik Burgilash tezligi (m/soat) bilan xarakterlanadi.
Tog’ jinsining portlanuvchanligi – tog’ jinsining portlatishga ko’rsatadigan qarshiligidir va tog’ jinslarining portlanuvchanlik klassifikastiyasi bilan xarakterlanadi.
Tog’ jinsining va tog’ massivining darzliligi - ma’lum o’lchamli darzliklar, ularning orientastiyasi va joylashish chastotalarining birlikdagi yig’indisiga aytiladi. Darzlilik tog’ jinslari klassifikastiyasi bo’yicha darzlilik darajasiga qarab: planimetrik, fotoplanimetrik, seysmik va ekspress usullari bilan aniqlanadi.
Nazorat savollari.
PM lar taraqqiyoti nazariyasiga hissa qo’shgan olimlar kimalar?
Tog’ jinslarining fizik xossalariga nimalar kiradi?
Tog’ jinslarining mexanik xosslariga nimalar kiradi?
Tog’ jinslarining tog’-texnologik xususiyatlariga nimalar kiradi?
Portlanuvchanlik bo’yicha tog’ jinslari klassifikastiyasi to’g’risida gapirib bering.
Tog’ jinslarining darzligi va jilvirlanuvchanligi bo’yicha tasniflanishi haqida gapirib bering.
Tog’ jinslarining mustaxkamligini aniqlash uchun prof. M.M.Protoryakonov tomonidan tavsiya etilgan formulani yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |