Ma’ruza 1 kirish


Energiya narhi va narh o‘rnatish nazariyasi


Download 0.91 Mb.
bet27/39
Sana15.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1482309
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Ma’ruza 1 kirish kirish. E

1.2. Energiya narhi va narh o‘rnatish nazariyasi


Bozor iqtisodiyotini amalga oshirishdagi tovar yoki xizmatlarga bozoriy narh o‘rnatishning asosida ularni keltirishga sarflangan xarajatlar hajmi bilan kimningdir unga o‘zi hoxlab sarflamoqchi bo‘lgan harajati o‘lchamlarini yaqin kelishi zarurligi sifatidagi asosiy tamoil yotadi. Agar talab bilan taklifning bir biriga yaqinlik shartlari ta’minlansa, resurslarni ishlatishning va farovonlikning maksimal yuqori darajalariga erishiladi. Ushbu sharoitlarda bozor narhlari etishmovchi(kamyob) resurslarning haqiqiy iqtisodiy narhlarini aniq indikatorlari bo‘ladi, ular narhlarni stixiyaliyligini ifodalaydi.
Nazariy, erkin, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotida energiya resurslariga talab, taklif va narh o‘rnatish o‘z–o‘zidan sozlanuvchi jarayon bo‘ladi hamda energiya ishlatishdan olinadigan toza iqtisodiy foydani davlat boshqaruvi va umumiy rejalashtirish zarurati bo‘lmagan holda maksimal ko‘paytirishda ifodalanadi.
Ishlatilgan energiyaga taalluqli qarorlarni markazlashmagan holda qabul qilinishi, quyidagi tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, energiyaga quyilgan narhlar bilan boshqarilishi kerak:

  • narh bilan sozlanuvchi talab;

  • narh bilan sozlanuvchi taklif;

  • talab va taklifni bozoriy muvozanatlash va muvozanatlovchi narhni o‘rnatish(aniqlash);

  • talab va taklif tomonidan narhni o‘zgartirilishiga moslashish jarayoni

1.3. Ideal va real energiya bozorlarining mezonlari


G‘arbiy bozor iqtisodiyoti bozorni xohishimiz darajasida xizmat ko‘rsatishini kafolatlovchi shartlarga katta e’tibor bermoqda. Bozor funksiyasi to‘g‘ri olib borilayotganini aniqlash uchun ko‘pgina mezonlar o‘rnatilgan. Bu mezonlar muxokama qilinadi va diskussiya natijasida energetika bozorlari mukammallikdan ancha yiroqdaliklari isbotlangan.
Erkin raqobatdagi bozorlarning mavjudligi, yaxshi nazariy asos, resurslarni bir faoliyatdan boshqasiga silliq almashtirish va bunda kriminalni yo‘qligi bozor uchun resurslarni samarali taqsimlashni amalga oshiruvchi asosiy mexanizmlardan bo‘ladi, bularning sifatida energiya resurslarni olish mumkin.
Real bozorlar bunday mezonlarga javob bermaydi, va shunga hamda barcha nomukammalliklarga qaramasdan, energiyani ishlatish bilan boshqa tovar va xizmatlar orasida resurslarni optimal taqsimlash, bozorning, hech bo‘lmaganda iste’molchi tomonidan, javob reaksiyasi bo‘ladi.
Energiya bozorlarining kontekstida quyidagi bozoriy nomukammalliklarni muxokama qilish zaruriyati tug‘iladi:

  • davlat ishtiroki;

  • yuridik korxona;

  • tashqi ta’sir;

  • natural(tabiiy) monopoliyalar;

  • mavjud alternativalar to‘g‘risida bilimning yo‘qligi;

  • uzoq muddat ishlaydigan qurilma va vositalarning o‘zgarishlarini noma’lumligi;

  • resurslarni holdan toyishi.

Ushbu barcha faktorlar ratsional tanlash obrazlarini og‘ish tomonga olib kelish tendensiyasiga ega, bu energiyadan foydalanishning xususiy maqsadlari va energiyani konservatsiya qilish obrazlari millat nuqtai nazaridan optimal deb tanlab olinganlardan o‘zida namoyon bo‘ladi (ya’ni iqtisodiy samaradorlik mezonlariga asoslanib).

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling