Axborot – bu saqlash, uzatish, o’zgartirish ob’ekti bo’lgan ma’lumotdir.
Xabar – axborotni uzoqqa uzatish uchun qulay ifodalash (taqdim etish) shaklidir. Xabarning hajmi ko’rsatilgan barcha axborot bilan aniqlanadi va gap telefon xabarlari yoki eshitirish dasturlari haqida ketganida ko’pincha belgilar (xarflar yoki raqamlar) soni yoki uni uzatish vaqti bilan baholanadi.
Telekommunikatsiya sohasiga nisbatan xabar – bu elektromagnit signallari yordamida elektr aloqavositasida uzatiladigan axborotdir.
Axborot parametrlarining o’zgarishiga qarab uzluksiz va diskret xabarlarni farqlaydilar
Uzatiladigan xabarlarni ifodalovchi fizik jarayonlarni signal deb ataladi.
Signallarni, belgilarni, matnlarni, tasvirlarni, tovushlarni
simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar bo’yicha uzatish yoki qabul qilish elektr aloqa deb ataladi.
Kompyuter tarmog’i – axborot uzatish liniyalari bilan bog’langan ikki va undan ortiq kompyuterlardan tashkil topgan bo’ladi. Axborot uzatish tezligi (kanalning o’tkazish qobiliyati) – bir soniyada bit axborot miqdori (bit/s) va o’lchov birliklari (kbit/s, Mbit/s, Gbit/s):
1 kbit/s = 1024 bit/s;
1 Mbit/s = 1024 Kbit/s;
1 Gbit/s = 1024 Mbit/s.
KOMPYUTER TARMOQLARINING QURILISH TAMOILLARI.
Kompyuter tarmoqlari ko’pgina belgilariga asosan tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi). Kompyuter tarmoqlarini tasniflashda asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
Tarmoqning texnologik xususiyatlari nuqtai nazaridan tarmoq quyidagi belgilarga tasniflanadi:
hududni qoplashi;
uzatish muhit turi;
topologiyasi;
kommutatsiya usuli;
paketlarni harakatlash usuli.
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |