«KOMPYUTER TARMOQLARI» FANIDAN
MA’RUZA-1
KIRISH. KOMPYUTER TARMOQLARINING
TARIXI VAQO’LLANILADIGAN
TEXNOLOGIYALARI. KOMPYUTER
TARMOQLARINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI, KOMPYUTERLARNING
AVLODLARI VAULARNING IMKONIYATLARI
REJA:
«Kompyuter tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari;
Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti;
4.Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi;
5. Ma’lumotlarni taqsimlab va qayta ishlash;
«KOMPYUTER TARMOQLARI» FANINING PRIDMETVA VAZIFALARI.
Fanni o’qitishdan maqsad – kompyuter tarmoqlari qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuter tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
TARMOQLARNING TASNIFLANISHI VAULARNI QO’LLASH XUSUSIYATLARI.
Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |