Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Download 1.82 Mb.
bet5/9
Sana21.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1108127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза

MIJOZ-SERVER TEXNOLOGIYASI.
Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan kompyuterlar bilan ishlash uchun mijoz/server texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda foydalanuvchi bevosita ishlayotgan kompyuter (ishchi stantsiya) mijoz, asosiy ma’lumotlar va resurslar joylashgan uzoqlashgan kompyuter esa server deb qaraladi. Bu texnologiyaga tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday texnologiyani qo’llash juda oddiy. Kerak bo’lgan ma’lumot yoki resursga kirish uchun klient programma ishga tushiriladi va u kerakli ma’lumot va resurslarni aniqlashtiradi.
So’ngra bu programma kompyuter tarmog’i orqali resurs va ma’lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog’lanadi.

Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z mijoz va server ko’p ishlatiladi. Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.


Kommutatsiyalash usuli asosida kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi


Umumiy holda foydalanuvchilarning bog’lanishi quydagi rasmda keltirilganday bo’ladi va kommutatsiya
usuliga ko’ra bajariladigan vazifalari bilan farqlanadi.

KANALLAR KOMMUTATSIYASI.
Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o’rtasida uzluksiz fizikaviy kanallar hosil bo’lib, kommutatorlar yordamida alohida kanal qismlari ketma-ket ulangan bo’ladi, bir nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va har bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo’lish sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma’lumot uzatish jarayonidan avval o’rnatilishi kerak bo’ladi va bu kanal ulash o’rnatish jarayonida faqat ushbu bog’lanishga xizmat qiladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling