INTERNETTARMOG’INING BIRINCHI OPERATORLARI
1971 yilga kelib elektron pochta jo’natishga mo’ljallangan birinchi dastur ishlab chiqildi. Bu dastur tez orada mashhur bo’lib ketdi.
1973 yilda aloqa tarmog’iga transatlantika telefon kabeli orqali Velikobritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo’shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi.
1970-yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo’natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo’lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o’rnatishning imkoniyati yo’q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo’ldi.
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o’rnatish ishlari ancha osonlashdi.
1989yilda Evropada yadroviy izlanish Evropa ittifoqi (TsERN) tomonidan ajoyib g’oya – Butunjaxon o’rgimchak to’rini tashkil etish g’oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik mashxur olim Tim Berners-Li taklif etdi va o’zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML tilini va URL identifikatorini ishlab chiqdi.
Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining maqsad va vazifalarini tushuntirib shunday degan:
Barcha buyuk kashfiyotlarning tarihi ulardan oldin shu sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o’rgimchak to’ri misolida (WWW) muvaffaqiyatga erishish omili bo’lgan ikki narsaga to’xtalib o’tish joizdir
gipermatnlarga o’xshash sistemalarning rivojlanish tarihi.
butun jaxon kompyuterlari tarmog’ini xaqiqatga aylantirgan Internetprotokol.
yilda ARPANET aloqa tarmog’i NSFNetga yo’l berib o’z faoliyaini butunlay to’xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd etildi.
yilda Butunjaxon o’rgimchak to’riga Internet orqali chiqish xamma uchun mumkin bo’lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur NCSA Mosaic deb nomlangan veb- brauzer paydo bo’ldi. Butunjaxon o’rgimchak to’ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web tarihida ikkita davrni ko’rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic brauzeridan oldingi davr va u paydo bo’lgandan keyingi davr.
Do'stlaringiz bilan baham: |