Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.06.2020
Hajmi1.41 Mb.
#116081
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

   MOLIYA-IQTISOD 

 FAKULTETI  

 

“MOLIYA” KAFEDRASI  

 

 



G’ULOMOV DOSTONBEK G’AYRATJON O’G’LI 

 

 



«IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 

DAVLAT BUDJETI  DAROMADLARINI 

SHAKLLANTIRISHNING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI»  

 

5230600 -“Moliya”- taʻlim yoʻnalishi  bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 

yozilgan   

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

 

 

 



 

«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» 

«Moliya» kafedrasi mudiri 

__________  i.f.n., dots. O.Komolov 

«____»______________ 2015 y. 

 

          



                                                                                                

                        Ilmiy rahbar:   _____________   k.o’q.Sharapova M. 

 

 



 

 

TOSHKENT - 2015 



 

MUNDARIJA: 



 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



3 b. 

I BOB. 

BYUDJET  DAROMADLARINI    ZARURLIGI  VA 

ULARNI 

SHAKLLANTIRISHNING 

 

HUQUQIY 

ASOSLARI………………………………………………….. 

 

 

6 b. 

1.1. 


Byudjet 

daromadlarining 

zarurligi 

va 


rejalashtirish 

jarayoni………………………………………………………. 



 

6 b. 

1.2. 


O’zbekiston 

Respublikasida 

byudjet 

daromadlarini 

shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslari……………… 

 

 



15 b. 

 

I bob bo’yicha xulosa……………………………………….  23b. 

II  BOB. 

O’ZBEKISTON 

RESPUBLIKASIDA 

DAVLAT 

BYUDJETI  DAROMADLARINI  SHAKLLANTIRISH 

AMALIYOTINING TAHLILI……………………………. 

 

 

25 b. 

2.1. 


Davlat 

byudjeti 

daromadlari 

manbalarining 

tahlili………………………………………………………… 

 

25 b. 

2.2. 


Davlat  byudjetida  to’g’ri  soliqlarning  ulushi  va  uning 

tahlili………………………………………………………….. 



 

33 b. 

2.3. 


Davlat  byudjeti  daromadlari  tarkibida    egri  soliqlarning 

ahamiyati va   tahlili………………………………………….. 



 

49 b. 

 

II bob bo’yicha xulosa 

57 b. 

III BOB.  IQTISODIYOTNI 

MODERNIZATSIYALASH 

SHAROITIDA 

 

DAVLAT 

BYUDJETI 

DAROMADLARINI 

SHAKLLANTIRISHNI 

SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI……………… 

 

 

 

58 b 

 

III bob bo’yicha xulosa……………………………………...  68 b. 

 

XULOSA……………………………………………………..  70 b. 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……..  72 b. 

 

ILOVA……………………………………………………….  78 b. 

 

KIRISH 



 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Byudjet  daromadlari 

davlat  vazifalarini  bajarish,  iqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash  va  aholi  turmush 

farovonligini yaxshilash kabi jamiyatdagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishning 

moliyaviy  asosihisoblanadi.    Qolaversa,  byudjet  daromadlarining  shakllanishida 

muhim  o’rin  tutuvchi,  soliq  siyosati  ham  makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash 

va iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Shu sababli  

soliq  siyosatini  yanada  takomillashtirishning  printsipial  ustuvor  vazifa  sifatida 

belgilanishi,  iqtisodiyotning  barcha  sohalaridagi  ustuvor  vazifalarning  bajarilishi 

aynan soliq siyosatini takomillashtirish bilan bevosita bog’liq hisoblanadi.  

Shu  o’rinda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “Mamlakatimizni  2014  yilda 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlari”ga  bag’ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasidagi  quyidagi  fikrlarini  keltirish  joizdir: 

“Mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsuloti  8,1  foiz,  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi  8,3 

foizga,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  6,9  foiz,  kapital  qurilish  10,9  foiz, 

chakana  savdo  aylanmasi  hajmi  14,3  foizga  oshdi.  Ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor 

tovarlar tashkil etdi. 

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab 

chiqarish  10  foizga  o’sdi.  Inflyatsiya  darajasi  yil  yakunlari  bo’yicha  6,1  foizni 

tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. 

O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 

foizdan  8  foizga  kamaytirilgan  bo’lsa-da,  davlat  byudjeti  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi”

15



                                                           

15

  Karimov  I.A.  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish, 



modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va 

xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015.  

 


 

Yuqori  keltirilgan    iqtisodiy  o’sish  sur’atlari  bu  yili,  2015  yilda  ham 



ta’minlanishi belgilab quyildiki, bunday natijaga  har tomonlama chuqur va puxta 

o’ylangan izchil byudjet-soliq  siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi.  Ushbu 

siyosat,  avvalambor,  iqtisodiyotda  soliq  yukini  kamaytirish,  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlar  faoliyatida  uning  rag’batlantiruvchi  rolini  kuchaytirish  va  albatta, 

byudjet daromadlarini samarali tashkil etishga qaratiladi.  

2015  yilda  birinchi  navbatda  amalga  oshiriladigan  vazifalar  qatoriga 

daromad  solig’i  stavkasini  7,5  foizga  kamaytirish    va  shu  bilan  birga,  qurilish 

sohasida  faoliyat  yuritayotgan  korxonalar  uchun  yagona  soliq  to’lovi  stavkasi, 

sanoat korxonalarida bo’lganidek, 6 foizdan 5 foizga tushirilishi belgilandi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi.  Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  

iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida    davlat  byudjeti  daromadlarini 

shakllantirishda mavjud muammolarni  o’rganish va xulosalar berishdan iborat. 

 Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:  

 



byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni o’rganish; 

 



O’zbekiston  Respublikasida  byudjet  daromadlarini  shakllantirishning 

nazariy va huquqiy asoslarini o’rganish; 

 

O’zbekiston  Respublikasida  davlat  byudjeti  daromadlari  manbalarini  



tahlil qilish; 

 



davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushini tahlil qilish; 

 



davlat  byudjeti  daromadlari  tarkibida    egri  soliqlarning  ahamiyatini  

tahlil qilish; 

 

iqtisodiyotni 



modernizatsiyalash 

sharoitida 

 

davlat 


byudjeti 

daromadlarini  shakllantirishni  samarali  tashkil  etish    yo’llarini  ko’rib  chiqishdan 

iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining    predmeti  sifatida    davlat  byudjet 

daromadlarini    shakllantirish  jarayonida      byudjet  bilan  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlar, aholi o’rtasida, davlat organlari va moliya- kredit tashkilotlari o’rtasida 

yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. 



 

Bitiruv  malakaviy  ishining    obyekti  sifatida    O’zbekiston  Respublikasi 

davlat byudjetining faoliyati belgilab olindi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining    nazariy-amaliy  ahamiyati.    Mazkur  ishda 

olib  borilayotgan  tadqiqotlar    natijasida    mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishida  davlat  byudjeti  daromadalarini  rejalashtirishning    ahamiyati, 

shuningdek,      mamlakatimizda  byudjet  daromadlarini  shakllantirish  va  ulardan 

samarali  foydalanish  masalalarini    o’rganish  natijasida  erishilgan  yutuqlardan 

talabalar  kelgusi ishlarida foydalanishlari mumkin.  



Bitiruv  malakaviy  ishining    tarkibi.  Bitiruv  malakaviy  ishi    kirish,  uchta 

bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

I BOB. BYUDJET DAROMADLARINI  ZARURLIGI VA ULARNI 



SHAKLLANTIRISHNING  HUQUQIY ASOSLARI 

 

1.1. Byudjet daromadlarining zarurligi va rejalashtirish jarayoni 

 

Davlat  byudjeti  moliya  tizimining  muhim  bo’g’ini  sifatida  mamlakatning 



asosiy  moliya  resursini  tashkil  etuvchi  va  davlat  foydalanuvchi  umumdavlat  pul 

jamg’armasi  hisoblanadi.  U  mamlakatni  boshqarishda  ishtirok  etadigan  boshqa 

moliyaviy vositalar  ichida eng muhimi hisoblanadi.  Ahamiyatli tomoni shundaki, 

u o’zida jamiyat daromadining ma’lum qismini mujassamlashtiradi. 

Davlat  byudjeti  orqali  jamiyatda  yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulot  va  milliy 

daromad  qayta  taqsimlanadi.  Yalpi  ichki  mahsulotning  qayta  taqsimlanishi 

jamiyatdagi umumiy  ehtiyojlar:  maorif,  sog’liqni  saqlash,  mamlakatdagi iqtisodiy 

va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy 

jihatdan  qo’llab-quvvatlash,  tinchlik,  chegaralar  dahlsizligini  saqlash  va 

favqulodda  holatlar  uchun  saqlanadigan  davlat  zahiralarining  mavjud  bo’lish 

zarurati tufayli kelib chiqadi. 

Shuningdek,  davlat  byudjeti  orqali  jamiyatning  ijtimoiy  takror  ishlab 

chiqarish  jarayoniga  ta’sir  qilishning  moliyaviy  dastaklariga  ega  bo’ladi.  Demak, 

byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 

tizimida  markaziy  bo’g’inda  ishtirok  etishi  bilan  aholining  ma’lum  qatlamining 

manfaatlarini o’zida aks ettiradi.  

Davlat byudjeti va uni daromad va xarajatlarini o’rganishdan avval, byudjet 

tuzilishini  ko’rib  chiqish  zarur.    O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va 

Byudjet kodeksiga muvofiq  mamlakatimizda  ikki pog’onali byudjet  tizimi amal 

qiladi. 


Byudjet  Kodeksining  34-moddasiga    asosan  Davlat  byudjeti  quyidagi 

darajadagi byudjetlardan iborat:  

  O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti; 


 

  Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 



mahalliy byudjetlari (1- rasm). 

1-rasm 

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi

16

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  tuzilmasiga  Qoraqalpog’iston 



Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va 

shaharlarining byudjetlari kiradi. 

Viloyatlar  mahalliy  byudjetlari  tuzilmasiga  viloyat  byudjeti,  tegishli 

viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. 

Toshkent  shahar  mahalliy  byudjeti  tuzilmasiga  shahar  byudjeti  va  shahar 

tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi

17



Mamlakatning 



asosiy 

moliyaviy 

rejasi 

ko’rinishida 



qonuniy 

rasmiylashtirilgan,  davlat  pul  fondlarini  yaratish  (shakllantirish)  va  ulardan 

                                                           

16

 



O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 33-35 modddalarga asosan tayyorlandi. 

17

  O’zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksi,    35  modda,  //  O’zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son 

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat 



byudjeti 

Respublika byudjeti

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, 



Toshkent shahar  va viloyatlar mahalliy  

 

 byudjetlari

 

Qoraqalpog’iston 



Respublikasi 

umumrespublika byudjeti 

Qoraqalpog’iston 

Respublikasi tarkibidagi 

tumanlar va shaharlar

 

byudjeti



 

Toshkent shahri 

umumshahar byudjeti 

 

Toshkent shahri 



tarkibidagi tumanlar

 

byudjeti 



umumviloyat 

byudjetlari 

 

Viloyatlar 



tarkibidagi tumanlar 

va shaharlar byudjeti 



 

foydalanish  borasidagi  iqtisodiy  (moliyaviy)  munosabatlar  majmuiga  Davlat 



byudjeti deyiladi

18

.  



Davlat  byudjeti  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  bir  qismini 

ifoda  etib, davlatning  ixtiyoriga  mamlakatda  yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulot  yoki 

milliy daromadning bir qismini  to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, 

jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, 

boshqaruv  va    mudofaaning  rivojlanishiga  yo’naltirish  imkonini  beradigan  

taqsimlash vositasidir.  

Haqiqatdan  ham  har  bir  mamlakatda  davlat  (hukumat)  barcha  moliyaviy 

munosabatlarning  tashkilotchisi  bo’lsada,  uning  bu  xislati,  ya’ni  mamlakatning 

moddiy  va  moliyaviy  resurslarini  asosiy  taqsimlovchisi  sifatidagi  roli  faqat 

byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.  

Turli  ma’muriy-hududiy  byudjetlarning  ko’pligiga  qaramasdan  ularning 

barchasi  quyi  bo’g’inlarning  yuqori  bo’linmalarga  bo’ysunishiga  ketma-ket  rioya 

qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.  

Bir  vaqtning  o’zida  byudjet  resurslarini  shakllantirish  va  ulardan 

foydalanishda  demokratizm  ham  ta’minlanadi.  Chunki  davlat  hokimiyatining 

barcha  organlari  o’zlarining  byudjet  mablag’lariga  ega  bo’lib,  bu  borada  ular 

o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.  

Yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotni  taqsimlashning  moliyaviy  instrumenti 

(vositasi)  sifatida  Davlat  byudjeti  boshqa  xususiyatlarga  ham  ega.  Agar  moliya 

yordamida  taqsimlash  qiymatning  shakllari  o’zgargan  sharoitda  va  ko’plab  oldi-

sotdilar  natijasida  amalga  oshirilsa,  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotning  Davlat 

byudjeti  orqali  taqsimlanishi,  ma’lum  darajada,  har  doim  almashuvdan  ajralgan 

holda  sodir  bo’ladi.  Qiymatning  Davlat  byudjeti  orqali  harakatlanishi  moddiy 

mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat 

                                                           

18

 



Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007 

yil


 

 

Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash 



va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi

19

.  



Davlat  byudjeti  orqali  yalpi  ichki    mahsulotni  taqsimlashning  bu  uch 

bosqichlari  bir  vaqtning  o’zida  va  uzluksiz  sodir  bo’lsada,  bu  narsa  ularning 

nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.  

Birinchi  bosqichda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  tegishli  bo’lgan  pul 

mablag’larining  bir  qismini  davlatning  qo’lida  jamlash  sodir  bo’ladi.  Ana  shu 

asosda  mablag’larni  oluvchi  sifatida  davlat  bilan  mablag’larni  to’lovchilar 

o’rtasida  moliyaviy  munosabatlar  vujudga  keladi.  Bu  munosabatlar,  asosan, 

majburiylik  xarakteriga  egadir.  Bu  bosqichdagi  taqsimlash  jarayonlari-ning 

xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  byudjetga  tushuvchi  mablag’lar 

alohidalashgan    bo’lib,  hali  ular  qat’iy  aniq  cheklanmagan.  Ularning  barchasi 

hozircha  yagona  maqsadga  –  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirishga  – 

yo’naltirilgan.  Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan 

fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.  

Ikkinchi  bosqichda,  yuqorida  qayd  etilganidek,  hududiy  va  ma’lum 

maqsadlarga  mo’ljallangan  ko’psonli  fondlarning  shakllanishi  yuz  beradi,  ya’ni 

umumdavlat  pul  fondini  bo’lishning  murakkab  taqsimlanish  jarayoni  amalga 

oshiriladi.  Tashqi  tomondan  u  barcha  ijtimoiy  bo’linmalardan  ajralgan  ichki 

byudjet  jarayonidek  ko’rinadi.  Haqiqatda  esa  bu  taqsimlash  ijtimoiy 

munosabatlarning  barcha  sohalarini  qamrab  oladi.  Bu  bosqichda  jamiyatdagi 

barcha  sub’ektlarning  manfaatlari  o’zaro  to’qnash  keladi.  Mamlakatdagi  har  bir 

ma’muriy-hududiy  birlik  o’z  byudjetiga  ega  bo’lganligi  uchun  bu  bosqichda  ana 

shu byudjetlarning  umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. 

U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos 

kelmasligi  oqibatida  ularni  qo’shimcha  mablag’lar  bilan  ta’minlash  zaruriyati 

vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, 

murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat  ma’muriy-hududiy 

                                                           

19

 



Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007yil

 


10 

 

bo’linmalarining  barchasi  ishtirok  etib,  ularning  ayrimlari  o’z  mablag’larini 



berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.  

Uchinchi 

bosqichda 

byudjet 


fondlari 

hududlar 

va 

maqsadga 



mo’ljallanganligi  bo’yicha  xarajat  qilinadi,  ya’ni  ko’pchilik  hollarda,  bir 

mulkchilik  shakli  doirasida  byudjet  mablag’larini  qaytarilmaslik  tarzida  berish 

sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining 

oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.  

O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, 

moliyaviy  muassasalar  byudjetni  boshqarish  tizimining  yagona  moliya  organi 

sharoitida amal qiladi. 

Har  qaysi  byudjetning  bo’ginlari  o’ziga  xos  daromad  vakolati  va  xarajat 

majburiyatlariga  ega  bo’lib  ular  bir  butun  davlat  byudjeti  vazifalarini  bajarishga 

asoslanadi. 

Keyingi  yillarda  davlat  byudjeti  tarkibida  mahalliy  byudjetlarning 

islohotlarni  amalga  oshirishdagi  ahamiyatini  oshib  borish  tendentsiyasini 

kuzatishimiz  mumkin.  Mahalliy  byudjetlar  O’zbekiston  Respublikasi  byudjet 

tizimining 

asosiy 

kismi 


sifatida 

o’zida  14  ta  mustaqil  byudjetni 

mujassamlashtiradi. 

Moliyaviy  resurslarni  byudjet  orqali  birlashtirish  davlat  moliya  siyosatini 

muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul 

resurslarini  to’plash  va  davlat  organlari  tomonidan  belgilangan  maqsadlarga 

xarajatlar  amalga  oshiriladi.  Bu  byudjet  orqali  daromadning  ma’lum  qismini 

to’plash  va  uni  qayta  taqsimlashni  bildiradi.  Shuning  bilan  moliya  tizimining 

taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi. 

Respublika  va  mahalliy  davlat  organlari  byudjet  munosabatlari  orqali 

taqsimlangan  daromadni  o’z  ixtiyorga  oladi  va  aniq  belgilangan  maqsadlarga 

yo’naltiradi. 

Byudjet  moliya  resurslarini  kerakli  soha  va  byudjet  moliya  resurslarini 

kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy 

siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi. 


11 

 

Bunda  byudjet  resurslarining  daromad  qismi  bo’yicha  shakllanishi,  undan 



samarali  foydalanish  nazorat  qilinadi.  Taqsimlash  va  nazorat  funktsiyalari  orqali 

byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan 

byudjet 

davlat 


daromadlari 

va 


xarajatlarini 

rejalashtiruvchi 

moliyaviy 

munosabatlarni bildiradi. 

Byudjet-soliq  siyosatini  oqilona  yo’nalish  ishlab  chiqish  va  uning  samarali 

ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish 

bilan  bog’liq.  Byudjet  daromadlarini  rejalashtirishning  ahamiyati  to’g’risida 

kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq

20

:  


  XX  asrning  yetuk  iqtisodchilaridan  biri  D.  Keyns  nazariyasiga 

muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki 

mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi 

esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;  

  soliq  va  bojxona  siyosati  yo’nalishlarini  ishlab  chiqish,  shuningdek, 

ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;  

  davlatning  uzoq  muddatli  xarajatlarini  (jumladan,  investitsiyalarni) 

samarali  va  oqilona  amalga  oshirish  davlat  ixtiyoriga  moliyaviy  mablag’larning 

barqaror  ravishda  kelib  tushishini  talab  etadi.  Bu  esa  o’z  navbatida  byudjet 

daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;  

  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip.  

Bu  boradagi  adabiyotlar  sharhi  shuni  ko’rsatadiki,  xorijiy  olimlar  va 

mutaxassislar  ham  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  moliyaviy  siyosat 

yuritishda  asosiy  omillardan biri  ekanligini  ta’kidlab  o’tishgan.  Xususan,  Xalqaro 

valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette 

Kyobelarning  qayd  etishicha,  byudjet  daromadlari  rejasini  qayta  ko’rib  chiqish 

byudjet  xarajatlari  va  boshqaruvda  jiddiy  muammolarni  keltirib  chiqaradi, 

moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova  iqtisodiyotni 

                                                           

20

  Usmonov  Q.A,  Byudjet  daromadlarini  rejalashtirish  jarayoni,  usullari  va  ularni 



takomillashtirish  yo’nalishlari,    “Iqtisodiyot  va  innovatsion  texnologiyalar”  ilmiy  elektron 

jurnali. № 4, iyul-avgust, 2014 yil

 


12 

 

samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida 



xulosaga  kelgan.Umuman  olganda,  iqtisodiy  adabiyotlar  mazkur  masalaga 

bag’ishlangan  ko’plab  ilmiy  ishlar  va  maqolalar  mavjud  bo’lib,  ularda  byudjet 

daromadlarini  rejalashtirish  atroflicha  o’rganilgan  va  muhim  ahamiyatga 

ekanligiga 

baho 

berilgan. 



Joriy 

yilda 


byudjet 

daromadlari 

to’g’ri 

rejalashtirilmaganligi  oqibatida  Bolgariyada  va  Ukrainada  tasdiqlangan  byudjet 

qayta  ko’rib  chiqilayotganligi  va  bu  bilan  bog’liq  qator  muammolar  yuzaga 

kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir

21

.  


Byudjet 

daromadlarini 

rejalashtirishni 

nazariy 


jihatdan 

iqtisodiy 

modellashtirish  deb  atash  mumkin.  Taniqli  iqtisodchi  olim  N.G.  Menkyu 

tomonidan  tayyorlangan  iqtisodiy  modelning  umumiy  ko’rinishi  asosida  muallif 

tomonidan  ishlab  chiqilgan    2-rasm  orqali  byudjet  daromadlarini  rejalashtirish 

modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.  



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling