Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Download 0.78 Mb.
bet1/5
Sana23.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1288942
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза

MA’RUZA-1 «Kompyuter tarmoqlarining» qurilish tamoillari.


«Kompyuter tarmoqlari» fanidan

Reja:

1. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari;

2. Tarmoqning dasturiy ta’minoti;

3.Tarmoq tasnifi;

4.Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi;

5. Ma’lumotlarni taqsimlab va qayta ishlash;

6. Tarmoqning dasturiy ta’minoti;

7. Tarmoq topologiyasi.

1. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad – kompyuter tarmoqlari qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuter tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.

2. Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.

Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.

3. Tarmoqlar tasnifi

Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling