Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Download 30.81 Kb.
bet4/12
Sana07.11.2023
Hajmi30.81 Kb.
#1753055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-маъруза

IPX/SPS 

IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi. 

IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi.

IPX/SPS PAG’ONALARI.

1. «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining pridmet va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad – kompyuter tarmoqlari qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuter tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.

6. Tarmoq topologiyasi.

Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi zarur.

Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arcnet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo’lib, xar bir kompyuter tarmog’iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari bo’yicha axborot uzatish xamda qabul qilishni ta’minlaydi.


Download 30.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling