Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari


Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog


Download 30.81 Kb.
bet2/12
Sana07.11.2023
Hajmi30.81 Kb.
#1753055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-маъруза

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.

Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.

Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi.

4. Ma’lumotlarni taqsimlab va qayta ishlash:

- bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»);

- ijtimoiy ta’minot tizimi;

- soliq;

- har-xil turdagi xizmalar;

- masofadan turib kompyuter ta’limi;

- avia chiptalarni zaxira qilib qo’yish tizimi;

- uzoqdan turib tibbiy tashxislar saylov tizimi.

5. Tarmoqning dasturiy ta’minoti.

Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.

-Fayl-server ;

- mijoz-server.

KOMPYUTER TARMOQLARIDAGI STANDARTLAR.

Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi.


Download 30.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling