Ma’ruza-1 mavzu


Download 1.5 Mb.
bet10/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Nazorat savollari.
1. Nima sababdan temir - uglerod holat diagrammasi o‘rganiladi?
2. Evtektikagacha bo‘lgan cho‘yan deb nimaga aytiladi?
3. Nima sababdan temir – uglerod holat diagrammasining chap qismiga asosiy e’tibor beriladi?
4. Po‘latlar kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
5. Uglerodli konstruksion po‘latlar ishlatilish va kafolatlangan xossalariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?


MA’RUZA-8
MAVZU: Lеgirlangan po‘latlar
Reja:

  1. Lеgirlоvchi elеmеntlarning po‘lat хоssalariga ta’siri.

  2. Lеgirlangan po‘latlarning markalanishi.

3.Lеgirlangan po‘latlarning klassifikasiyalanishi
Legirlangan asbobsozlik po‘latlari
Ayrim tur asboblarning ishlash sharoiti turlicha bo‘ladi, shu sababli har qaysi tur asbob uchun o‘z xossalari (sifatlari) jihatidan ayni sharoitga javob beradigan po‘lat ishlatish zarur.
Zarb berish, shtamplash va o‘lchash asboblari uchun ishlatiladigan po‘latga katta yuklanish tushadigan, metallni sovuqlayin, deformatsiyalashga mo‘ljallangan shtamplar uchun ko‘p legirlangan xromli po‘lat (masalan, tarkibida 2,0 – 2,2 % S va 11,5 – 13,0 % Sr bo‘lgan X12 rusumli po‘lat ishlatiladi, bu po‘lat toblanib, so‘ngra bo‘shatilgandan keyin uning qattiqligi oshadi (HRC=60  62) va yeyilishga chihamliligi katta bo‘lgan talablar qo‘yiladi.
Katta yuklanish bilan ishlaydigan, metallni qizdirilgan holda deformatsiyalash (qizdirib shtamplash) uchun mo‘ljallangan shtamplar tayyorlanadigan po‘latga 5XNM va 5XGM rusumli po‘latlar misol bo‘la oladi (bu po‘latlar kichikroq shtamplar tayyorlash uchun ishlatiladi). Bunday po‘lat toblanib, so‘ngra yuqori temperaturada bo‘shatilgandan keyin uning mustahkamligi, qovushoqligi va yeyilishga chihamliligi yuqori bo‘lib qoladi.
Aniqligi yuqori sinfdagi o‘lchash asboblari (kalibrlar, o‘lchash plitalari, mikrometrlar) tayyorlash uchun XVG rusumli po‘lat ishlatiladi, bu po‘lat tarkibida 0,9 – 1,05 % S; 0,9 – 1,2 % Sr; 1,2 – 1,6 % N; 0,8 – 1,1 % Mn bo‘ladi.
Kesuvchi asbo6 uchun ishlatiladigan kam legirlangan po‘lat. Kam legirlangan asbobsozlik po‘lati o‘zining kesish xususiyati jihatidan uglerodli po‘latdan katta farq qilmaydi va kichiqroq kesish tezligi bilan ishlaydigan asboblar tayyorlashda ishlatiladi, chunki po‘latning qattiqligi 200 – 220 0C temperaturalarda pasaya boshlaydi.
Ammo bu po‘latning toblanish kritik tezligi oddiy uglerodli po‘latnikiga qaraganda kichik, shuning uchun uning toblanish chuqurligi kattaroq, bu esa asbobning ancha yirik kesimlarida martensitaviy struktura hosil qilishga imkon beradi; bundan tashqari, uning mo‘rtligi katta emas. Bu rusum po‘latlar uchun asosiy legirlovchi element sifatida xrom (1 – 3 %), shuningdek, vol‘fram ishlatiladi. Kesuvchi asboblar uchun ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlarning eng ko‘p tarqalgan rusumlari quyidagilardir:
1) X rusumli po‘lat - keskich, parma va egovlar tayyorlash uchun ishlatiladigan xromli po‘lat (bu po‘lat tarkibida 0,95 – 1,1 % S va 1,3 – 1,65 % Sr bo‘ladi);
2) 9XC rusumli po‘lat – keskich, parma, freza, zenker va razvertkalar tayyorlash uchun ishlatiladigan xrom-kremniyli po‘lat (bu po‘lat tarkibida 0,85 – 0,95 % S; 0,95 – 1,25 % Sr va 1,2 – 1,6 % Si bo‘ladi);
3) V1 rusumli po‘lat – parma, metchik, razvertka va shu kabilar tayyorlash uchun ishlatiladigan volg‘framli po‘lat (bu po‘lat tarkibida 1,05 – 1,25 % S, 0,8 – 1,2 % W, 0,15 – 0,30 % V bo‘ladi).
Bundan tashqari, juda qattiq materiallarni kichikroq tezlik bilan kesib ishlash uchun mo‘ljallangan keskichlar XV5 rusumli o‘rtacha legirlangan po‘latdan – xrom-volg‘framli po‘latdan tayyorlanadi (bu po‘lat tarkibida 1,25 – 1,45 % S, 0,4 – 0,7 % S, 4,5 – 5,5 % W, 0,15 – 0,30 % V bo‘ladi). Toblanib martensitaviy struktura hosil qilingandan va past temperaturada bo‘shatilgandan keyin kam legirlangan po‘latlarning qattiqligi HRC 60  62, XV5 rusumli po‘latniki esa HRC 65 bo‘lib qoladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling