Ma’ruza-1 mavzu


Temir-uglerоd hоlаt diаgrаmmаsining sоvush egri chizig’i


Download 1.5 Mb.
bet8/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1369448
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza

Temir-uglerоd hоlаt diаgrаmmаsining sоvush egri chizig’i.
Temir-uglurоd qоtishmаlаrining hоlаt diаgrаmmаsini tuzish uchun gоrizоntаl bo’yichа uglerоdning 0 dаn 6,67 % gаchа bo’lgаn miqdоri qo’yilаdi. Vertikаl bo’yichа esа хоnа hаrоrаtidаn qоtishmаning to’lа suyuqlаnishigаchа bo’lgаn temperаturа qo’yilаdi.

Rаsm -5 Hоlаt diаgrаmmаsidаgi o’zgаrishlаr.
Diаgrаmmаdа qоtishmаlаrning хоssаlаrigа ko’rа ikki guruhgа bo’linаdi. Tаrkibidа 0 dаn 2,14 % gаchа uglerоd bulgаn qоtishmаlаr bоlg’аlаnuvchаn bo’lib, po’lаt deb yuritilаdi. 2,14 dаn 6,67 % gаchа uglerоd bo’lgаn qоtishmаlаr cho’yanlаr bo’lib hisоblаnаdi.
Bаrchа qоtishmаlаrning suyuq hоldаn qаttiq hоlаtgа o’tishi birlаm kristаllаnish, ya’ni likvidus deb аtаlаdi vа АSD chizig’idаn bоshlаnаdi.


MA’RUZA-6
MAVZU: Po‘latlarning klassifikasiyasi va markalanishi
Reja:

  1. Po‘latning хоssalariga uglеrоdning ta’siri

  2. Po‘latning хоssalariga dоimiy qo‘shimchalarning ta’siri.

  3. Po‘latlarning klassifikasiyasi.

Mashinasozlikda ishlatiladigan po‘latlar kimyoviy tarkibiga va ishlatilish sohalariga ko‘ra, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


I. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra: uglerodli oddiy po‘latlar; uglerodli sifatli po‘latlar; legirlangan (maxsus) po‘latlar.
Uglerodli oddiy po‘latlar. Tarkibida 2 % gacha uglerod va oz miqdorda kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt bo‘ladi.
Uglerodli sifatli po‘latlar. Bu po‘latlar uglerodli oddiy po‘latlardan tarkibidagi zararli elementlar – fosfor va oltingugurtning yanada kamligi bilan farq qiladi.
Legirlangan po‘latlar. Uglerodli po‘latlardan tarkibida maxsus legirlovchi elementlar borligi bilan farq qiladi.

6-rasm. Tarkibidagi uglerod miqdori 0,1 dan 0,25 % gacha bo‘lgan po‘latlardan yasaladigan ba’zi biriktiruvchi detallar.


II. Ishlatilish sohalariga ko‘ra: uglerodli konstruksion po‘latlar; uglerodli asbobsozlik po‘latlari.
Konstruksion po‘lat oddiy uglerodli konstruksion po‘latlar va sifatli po‘latga bo‘linadi.
Oddiy konstruksion po‘latlardan qizdirib prokatlangan sortaviy, fason, listaviy va enli (universal) po‘lat DS 380 – 60 ga ko‘ra suyuqlantirib olinadi . Bunday po‘lat marten pechlarida (rusumlanishda M harfi qo‘yiladi), bessemer konvertorlarida havoni haydash yo‘li bilan (rusumlanishida B harfi qo‘yiladi) va kislorod tepasidan haydaladigan konvertorlarda (K harfi) ishlab chiqariladi.
Oksidsizlantirish (qaytarilish) darajasini ko‘tarish uchun rusum belgisining oxiriga «kp» indeksi (kipyashaya – qaynaydigan), «ps» (poluspokoynaya – chala qaynaydigan), «sp» (spokoynaya – sokin, qaynamaydigan) indekslari qo‘yilgan. Tartib raqamlari 1; 2; 3; 4; bo‘lgan barcha guruh po‘latlari qaynamaydigan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan qilib, 5; 6; 7 rusumlari esa chala qaynaydigan va qaynamaydigan qilib tayyorlanadi.
0 – 7 raqamlari rusumning po‘lat mexanikaviy xossalari va kimyoviy tarkibiga qarab qo‘yiladigan shartli tartib raqamidir (ammo bu raqamlar uglerod miqdorini bildirmaydi).
Bu po‘lat ishlatilishiga va kafolatlangan xossalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: A guruh po‘latlari – mexanikaviy xossalari ham kafolatlangan po‘latlar, B guruh po‘latlari – kimyoviy tarkibi kafolatlatgan po‘latlar, V guruh po‘latlari – mexanikaviy xossalari ham, kimyoviy tarkibi ham kafolatlangan po‘latlar. A guruh po‘latining ishlab chiqarilish usuli rusumlashda ko‘rsatilmaydi, faqat sertifikatda aytiladi. V guruh po‘latiga unga yuqori talablar qo‘yilganidan marten pechlarida (M) yoki toza kislorod haydaladigan konvertorlarda (K) suyuqlantirib olinishi mumkin.
Uglerodli sifatli konstruksion po‘latlar qizdirib prokatlangan va bolg‘alangan po‘lat DS 1050-60 ga ko‘ra marten pechlarida va elektr pechlarda suyuqlantirib olinadi (qaynamaydigan, qaynaydigan va chala qaynaydigan po‘latlar). Sifatli konstruksion po‘lat bir jinsliligi jihatidan oddiy konstruksion po‘latdan ustun turadi, bu po‘latda oltingugurt bilan fosfor, metallmas qo‘shilmalar va uglerod miqdorlari chegarasi ancha kam bo‘ladi. Bu po‘latdan mashina va mexanizmlarning muhim detallari, sifatli lentalar, sim quvurlar, pokovka va shtampovkalar tayyorlanadi. Po‘lat rusumdagi ikki xonali raqamlar uglerod foizining yuzdan bir ulushlarida ifodalangan o‘rtacha miqdorini bildiradi. Tarkibidagi marganetsning miqdoriga qarab, po‘lat ikki guruhga bo‘linadi: I guruh – tarkibidagi marganets miqdori oshirilgan po‘latlar, II guruh – tarkibidagi marganets miqdori oshirilmagan po‘latlar.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlarining ham DS 1435-54 ga ko‘ra, yettita, rusumi bor. Ular mana bunday belgilanadi: U7, U8, U9, U10, U11, U12, U 13; yuqori sifatli asbobsozlik po‘latlari quyidagi rusumlarga bo‘linadi: U7A, U8A, U9A, U10A, U11A, U12A, U13A.
Asbobsozlik po‘latlarining belgilaridagi «U» harfi po‘latning uglerodli po‘lat ekanligini bildiradi, bu harfdan keyin turgan raqamlar o‘nga taqsim qilinsa, po‘lat tarkibidagi uglerodning foiz hisobidagi miqdori chiqadi.



7-rasm. Asbobsozlik po‘latlaridan yasaladigan temirchilik slesarlik asboblari.

Masalan, U8 rusumli po‘lat uglerodli po‘lat bo‘lib, undagi uglerodning miqdori taxminan 0,8 % dir. Rusumdagi «A» harfi po‘latning yuqori sifatli ekanligini ko‘rsatadi.





Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling