Ma’ruza №1 Mavzu
Download 44.86 Kb.
|
Ma’ruza №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarrohlik yoki xirurgiya fani
- Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash
- Bitlarni yo’qotish
- Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch.
- Operatsiyalarning tasnifi
- Kechiktirib bo’lmaydigan (neotlojno’e iliekstrenno’e) operatsiyalar
- Shoshilinch operatsiyalar
- Bosqichlariga ko’ra (po etapnosti)
- Operatsiyalarga ko’rsatmalar bo’lishi mumkin
- Operatsiyadan oldingi davr
- Operatsiyadan oldingi tayyorgarlikka quyidagilar ham kiradi va ular
- Bemorlarni maxalliy somatik tayyorlashga kiradi
- Bemorlarning operatsiya stolidagi holati
- Yatrogeniya Yatrogeniya termini
Ma’ruza №1 Mavzu: Xirurgik kasalliklar haqida tushuncha, xirurgik kasallarni qabul kilish, maslaxat berishning asosiy qonuniyatlari va turlari. Shifokor va bemor muloqotining axamiyati, yatrogeniya va eftanaziya muammolari va ularni xal qilishining axamiyati. Ma’ruza rejasi 1. Xirurgik kasalliklar va xirurgik bemorlar haqida tushuncha. 2. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash 3. Shifokor va bemor muloqotining axamiyati. 4. Xirurgik operatsiyalar tasnifi bilan tanishtirish. 5. Yatrogeniya va eftanaziya haqida tushuncha.
Hozirgi zamon vrachidan nafaqat malakali mutaxassis bo’lish balki tibbiy, madaniy, ma’naviy bilimlarni targ’ibotchisi, tashkilotchisi bo’lish talab etiladi. Insoniylik, xushfe’llik, vrachning muhim sifatlaridan biridir. Vrach har qanday holatda ham bemorga mehribon, shirinso’z, xushfe’l, ochiq chehrali bo’lishi kerak. Vrach umuman olganda o’zini psixiologiyasini to’liq tushunib etishi lozim, ya’ni sezgir, kuzatuvchi, bosik, vazmin, yaxshi sirdosh, mehribon do’st, bo’lgan vrachgina bemorning dardiga malham bo’la oladi. Man - manlik, o’ziga ortiqcha baho berish tufayli paydo bo’lgan "yuqori" bahona faqat o’ziga, balki bemorga ham katta zarar keltirishi mumkin. Vrachga qo’yiladigan talablardan yana biri u bemorning oldida o’zini yo’qotib qo’ymasligi, ikkilanayotganligini, gumonsirayotganligini aslo sezdirmasligi kerak, bu hol yuzaga kelsa vrachga bo’lgan hurmat, unga bo’lgan ishonch yo’qoladi. Vrachga qo’yiladigan yana bir talablardan biri shuki, u bemor shaxsiyatini hurmat qilishi kerak. Bemorga "sen" yoki "kasal" degan so’zlar bilan murojat qilishi ma’n etiladi. Bemorning ismi sharifini aytib murojaat qilish lozim. Bemorga aytilgan har - bir so’zni nazorat qilish kerak.
Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar tozalash o’tkaziladi. Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi: - to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan yuvintirish, kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni yo’qotish, ya’ni dezinfeksiya va dezinseksiya qilish); - qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq kiyim, ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish. Bitlarni yo’qotish: zararlangan sochlar olinadi; yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash; «Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari bilan yuvish; bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi; vanna1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda chayiladi. Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokardinfarkti, bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va h.o.), shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan tampon bilan artiladi. Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch. Vrach bilan bemor o’rtasidagi o’zaro tushunishni asosiy tamoyili – qo’llab-quvvatlashni his etish. Agar bemor vrach yordam berayotganini sezib tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Vrach bemorni tushunsa, shikoyatlariga befarq bo’lmasa bemor o’ylanadi. Bu his vrach quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: “Men Sizni eshitaman va tushunaman” yoki buni ko’z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig’ishda, bemor hayoti bilan vrach qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan muloqot kalitidir. Vrach bemorni o’rniga o’zini qo’yib ko’rishi va atrof-muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi, sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi. Bemor bilan suhbatni qat’iy qoidalari yo’q, ammo butun dunyo vrachlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta’limot) – tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini ko’rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, vrachga bir qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan:
vrachlik sirini saqlash; bemorga yoki uning qarindoshlariga ma’nan zarar yetkazadigan harakatlardan saqlanish; kasbga sodiqlik. Vrach amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki “yomonlik qilma”. Tibbiyot etikasining asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere (“eng avvalo – yomonlik qilma”). Har bir vrach ye. Lambert fikrni tan oladi, ya’ni “yordam berib bo’lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib bo’ladigan bemorlar yo’q”. Ma’lumki, ba’zan davolash kasallikdan og’irroq bo’ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va og’irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to’g’risidadir. Yaxshi vrach – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor bilan to’g’ri suhbatlashishni bilish hamdir. “Vrach” so’zi “vrat’” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, malakali vrachlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig’ishga, fizikal ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor berishadi, instrumental va labarator ko’rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Isbotlanishicha, to’g’ri tashhis anamnez so’roviga ko’ra 45-50% holatlarda, so’rov va fizikal tekshiruvlarga ko’ra 80-85% holatlarda qo’yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo’yishda chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo’ladi. Bemor bilan suhbatlashishi san’ati, dialog qilish nafaqat vrachning hoxishi, balki talantiga ham bog’liq. Vrach bemorni eshitishi va tinglay olishi lozim. Operatsiya deb davo yoki diagnostik maqsadda to’qimalar va a’zolarga qilinadigan mexanik ta’sirga aytiladi. Ko’p yillar davomida “operatsiya” deganda azobli og’riqlar yoki o’lim xavfi tushunib kelingan. Antiseptikagacha bo’lgan xirurgiyaga anatomik yo’nalish xos bo’lib, bunda anesteziya, qon quyish, jaroxat infektsiyasining oldini olish sirlari noma’lum bo’lib kelgan. Hozirgi davrda esa operatsion havf xatarlar bartaraf qilingan bo’lib, xirurgiya fiziologik yo’nalish olgan. Bunga esa bemorlarni operatsiyadan oldingi davrda xar tomonlama tekshirish, operatsiya va operatsiyadan keyingi davrlarda bemorlarni intensiv kuzatishlar orqali erishiladi. Zamonaviy xirurgiyada operatsiyaning muoffaqiyatli o’tishi og’riq sezgisining etarli darajada kamaytirish orqali ta’minlanadi. Hozirgi davrga kelib xirurg a’zo va to’qimalar xolatiga aniq baxo berishiga, topilgan patologik o’zgarishlarni o’z vaqtida va bekamu ko’st bartaraf qilishiga va shular tufayli operatsiyalarning samarali bo’lishiga barcha shart sharoitlar etarli.
Oldinga qo’yilgan maqsadga ko’ra operatsiyalarning quyidagi turlari tafovut qilinadi: 1. Diagnostik 2. Davolovchi (lechebno’e) a) radikal b) palliativ Vaqtiga ko’ra (po srochnosti): 1. Kechiktirib bo’lmaydigan (neotlojno’e iliekstrenno’e). 2. Shoshilinch (urgent). 3. Rejali (planovo’e). Bosqichlariga ko’ra (po etapnosti): 1. Bir bosqichli operatsiyalar 2. Ikki bosqichli operatsiyalar 3. Ko’p bosqichli operatsiyalar Tozalik darajasiga ko’ra (po stepeni aseptichnosti): 1. Toza operatsiyalar. 2. Shartli ravishda toza operatsiyalar. (uslovno-chisto’e). 3. Ifloslangan operatsiyalar (zagryaznenno’e). 4. Iflos yoki birlamchi infitsirlargan operatsiyalar (gryazno’e ili pervichnoinfitsirovanno’e). Odatda xirurgik operatsiyalar davo maqsadda qilinadi, lekin diagnostik maqsadda qilinadigan operatsiyalar ham mavjud. Diagnostik operatsiyalarga biopsiyalar olish, qorin, plevra, bo’g’imlar bo’shliqlarini punktsiya qilish, peridural punktsiya va boshqalar, endoskopik tekshiruvlar (tsistoskopiya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, laparoskopiya va boshqalar), angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish, diagnostik torakotomiya va laparotomiyalar kiradi. Radikal operatsiyalar Radikal operatsiyalar deb zararlangan a’zo yoki to’qimalar kesib olinadigan yoki olib tashlanadigan operatsiyalarga (appendektomiya, oshqozon rezektsiyasi) aytiladi va bunda kasallikning qaytalanishi kuzatilmaydi. Radikal operatsiyalar kengaytirilgan (rasshirenno’e) va kombinirlangan (oshqozonning atrof a’zolarga o’sgan xavfli o’smasida bir vaqtning o’zida taloq, jigarning bir bo’lagi va limfa tugunlari olib tashlanadi) bo’ladi. Palliativ operatsiyalar Palliativ operatsiyalarda kasallikning keltirib chiqaruvchi sababi yo’qolmaydi, faqatgina bemorlarning axvoli engillashtiriladi xalos. Masalan xavfli o’sma yo’g’on ichak bo’shlig’ini yopib qo’ygan bo’lsa va uni radikal bartaraf qilishning iloji bo’lmasa ichak xalqasi qorin old devoriga chiqariladi. Bunda ichak o’smasi olib tashlanmaydi, lekin ichak tutilishi bartaraf bo’ladi va sun’iy tashki ichak oqmasi yaratiladi. Kechiktirib bo’lmaydigan (neotlojno’e iliekstrenno’e) operatsiyalar Kechiktirib bo’lmaydigan (neotlojno’e ili ekstrenno’e) operatsiyalar tezlikda bemorlarning statsionarga yotqizilishi va tashxisi aniqlanishidan keyingi birinchi ikki soat ichida amalga oshiriladi (o’tkir appenditsit, oshqozon yarasining teshilishi, siqilgan churra, o’tkir ichak tutilishi). Ba’zi xollarda esa (o’tkir qon ketishi, traxeostomiya) hayotiy ko’rsatmalar bo’yicha yaqin bir necha minut ichida operatsiyalar qilishga to’g’ri keladi. Shoshilinch operatsiyalar Shoshilinch operatsiyalar bemorlarni statsionarga tushishidan keyingi birinchi kunlarda amalga oshiriladi, chunki bemorlarning axvoli jarayonning jadal kechishi natijasida operatsiya qilib bo’lmaydigan darajaga etishi mumkin (xavfli o’smalar, tashqi ichak oqma yaralari, yurakning og’ir tug’ma nuqsonlari). Rejali operatsiyalar Rejali operatsiyalar xoxlagan vaqtda amalga oshirilaverishi mumkin va bunda operatsiyaga tayyorgarlik bir ikki kun, zaruriyat bo’lganida esa xaftalab ham davom etaverishi mumkin. Bosqichlariga ko’ra (po etapnosti) Ko’pchilik hollarda operatsiyalar bir bosqichda bajariladi (appendektomiya, oshqozon rezektsiyasi, lobektomiya, qorinchalararo to’siq nuqsonini plastika qilish). Agarda bemorning axvoli og’ir bo’lib, operatsiyaning xajmi katta va xavf bo’lsa, bunnday holatlarda operatsiya bir necha bosqichda qilinishi mumkin. Masalan, periappendikulyar abstsessda yallig’lanish infiltratining o’lchamlari katta bo’lsa, faqat yiringli bo’shliqni ochish va drenajlash operatsiyasi amalga oshiriladi xalos, appendektomiya esa yallig’lanish jarayonlari bartaraf bo’lganidan bir necha oylardan keyin bajariladi. Ko’p bosqichli operatsiyaga teri plastikasini bajarish Filatov usulida migratsiyalanuvchi cho’ltoq qilish, qizilo’ngachni ingichka ichak xalqasini to’sh suyagi oldidan o’tkazib plastika qilish, yoki katta gemangiomalarni bosqichli bartaraf qilish operatsiyalari misol bo’la oladi.
1. Xayot uchun zarur. 2. Absolyut. 3. Nisbiy. Absolyut ko’rsatmalar mazkur kasallikni yakkayu yagona davolash usuli operatsiya yo’li bo’lgan hollarda qo’yiladi. Nisbiy ko’rsatmalar esa samarasi kamroq bo’lsada operatsiyadan boshqa davolash usullari ham borligida qo’yiladi. Nisbiy ko’rsatmalar ko’pincha rejali operatsiyalarda qo’llaniladi, bunda vaqtinchalik operatsiyadan voz kechish mumkinu, bundan bemor sog’ligiga aytarli zarar etmaydi. Bitta kasallikning o’zida operatsiyaga ko’rsatma ham hayotiy, ham absolyut, ham nisbiy bo’lishi mumkin. Masalan asoratlangan 12 barmoq ichak yara kasalligida operatsiyaga ko’rsatma xayotiy bo’lishi mumkin (konservativ gemostatik davo samara bermaydigan profuz qon ketishida), yoki absolyut (stenoz rivojlanganida), yoki nisbiy (hech qanday konservativ davo choralari qilib ko’rilmagan xolatlarda) bo’lishi mumkin. Operatsiyaga ko’rsatmalar quyishda har bir holatda kasallikning nafaqat oqibati, balki operatsiya qiluvchi xirurgning imkoniyatlari, operatsiya xonasining ta’miniy imkon darajasini (osnahenie i apparatura) ham hisobga olish zarur. Xirurg qilayotgan operatsiyasining muoffaqiyatiga o’zida ishonch topa olmasa, u operatsiyadan voz kechishi kerak, chunki xirurgiya bu sport emas, odam esa eksperiment ob’ekti emas. Qilingan operatsiyalar sonining ko’pligi hali bu xirurgning bilimi oshib ketdi degan gap emas. Xirurg assistentlik qilishi bilan birgalikda malakali xirurglar qilayotgan operatsiyalarni diqqat bilan kuzatishi va o’z malakasini oshirib borishi zarur. Asossiz operatsiyalarning oldini olish maqsadida xirurg bemorlar bilan mukammal tanishishi, operatsiya rejasini mo’ljallashi va operatsiya oldi rejasini tuzishi shart. Operatsiya oldi rejasida quyidagilar o’z aksini topishi zarur: 1. Tashxisning asoslanishi (obosnovanie diagnoza). 2. Operatsiyaga ko’rsatmalar (pokazaniya k operatsii). 3. Qilinayotgan operatsiyaning rejasi (plan operatsii). 4. Og’riqsizlantirishning turi (vid obezbolivaniya). Xirurgik operatsiya murakkab jarayon bo’lib, unda uchta asosiy bosqich tafovut qilinadi: 1. Operatsiya oldi davri va bemorlarni operatsiyaga tayyorlash. 2. Bevosita xirurgik operatsiya. 3. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlar holatini intensiv kuzatish va parvarishlash. Yuqorida aytib o’tilgan barcha bosqichlarning ta’minlanishi operatsiya muoffaqiyatining garovi bo’ladi.
Operatsiyadan oldingi davr bemorlarning statsionarga yotqizilishi yoki poliklinikaga murojat qilgan davridan boshlab operatsiya boshlangunigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Operatsiyadan oldingi davrni ikkita bosqichga bo’lish mumkin: 1) tashxisni aniqlash. 2) operatsiyaga tayyorlash. Birinchi bosqichda kasallikning tashxisi aniqlanadi, barcha a’zo va tizimlarning holati tekshiriladi va operatsiyaga ko’rsatmalar aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda esa bemorlar operatsiyaga tayyorlaniladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrida operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini oluvchi va a’zolarning funktsional holatini yaxshilovchi chora tadbirlar o’tkaziladi. Kengaytirilgan, radikal operatsiyalar palliativ operatsiyalarga nisbatan ko’proq tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Rejali operatsiyalarga tayyorlashda quyidagi davrlar tafovut qilinadi: 1. Olis operatsiya oldi davri (otdalenno’y predoperatsionno’y period). 2. Yaqin operatsiya oldi davri (blijayshiy predoperatsionno’yperiod. 3. Bevosita operatsiya oldi davri (neposredstvenno’ypredoperatsionno’y period). Masalan bo’qoq kasalligida yoki yurak nuqsonlarida olis operatsiya oldi davrida sanator davo tavsiya qilinadi, tanglay murtaklari va karies tishlar sanatsiya qilinadi. Yaqin operatsiyadan oldingi davrda (7-15 kun davomida) somatik tizimlar holatiga e’tibor beriladi, bevosita operatsiyadan oldingi davrda esa sanitar gigienik ishlov o’tkazilib, siydik pufagi va to’g’ri ichak bo’shatiladi. Bevosita operatsiyadan oldingi va maxsus (spetsifik) tadbirlar tafovut qilinadi. Bevosita operatsiyadan oldingi tadbirlar bir turdaligi va albatta qilinishi zarurligi bilan farqlanadi va u gigienik vanna qabul qilish, sochlarni qirish, tozalovchi ho’kna qilish va siydik qopini bo’shatishni o’z ichiga oladi. Maxsus (spetsifik) tadbirlar esa ma’lum bir operatsiyalar oldidan qilinishi bilan farq qiladi, masalan piloroduodenal stenoz bo’lganida oshqozonni bo’shatish, yo’g’on ichak operatsiyalari oldidan sifon xo’knasi qilish va o’pkaning yiringli kasalliklarida bronxlarni sanatsiya qilish shular jumlasiga kiradi.
1) bemorlarni asabiy holatini. 2) umumiy somatik holatini. 3. mahalliy jarayonlarnio’rganib yaxshilanadi.
1. Bemorlarni tinchlantirish. 2. Uyqusizlik bilan kurash. 3. Operatsiyagabemorlarning shaxsiy roziligini olish, agarda bemor bolalik yoshida bo’lsa ota onasining roziligini olish zarur. Bemorlar umumiy somatik holatini tayyorlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. Qon aylanish tizimidagi o’zgarishlarni bartaraf qilish. 2. Nafas tizimidagi o’zgarishlarni bartaraf qilish. 3. Anemiyani bartaraf qilish. 4. Tromboz va emboliyalarni oldini olish. 5. Ovqat hazm qilish tizimini tayyorlash. 6. Siydik tanosil tizmini tayyorlash.
1. Operatsiya maydonini har xil o’zgarishlar bor yoki yo’qligiga tekshirish. 2. Vanna buyurish va kiyimlarini almashtirish. 3. Operatsiya maydonidagi sochlarni qirib tozalash. Xirurgik operatsiya bir nechta bosqichga bo’linadi: 1. Bemorni operatsiya stoliga yotqizish. 2. Operatsiya maydonini tayyorlash. 3. Og’riqsizlantirish. 4. Operativ yo’lni (dostup) tanlash. 5. Operatsiyani amalga oshirish. 6. Operatsiyani tugatish.
1. Chalqancha holati (polojenie na spine). 2. Trendelenburg holati. 3. Yon holatlari (bokovoe polojenie). 4. Ginekologik holat. 5. Qoringa yotgan holat (polojenie na jivote). 6. Bemorning yarim o’tirgan holati: orqa kalla bo’shlig’idagi operatsiyalarda (polusidyachee polojenie bolnogo: pri operatsiyax na zadney cherepnoy yamke). Operatsiya amalga oshiriladigan soxa operatsiya maydoni deyiladi. Teriga ishlov berilganidan keyin operatsiya maydoni choyshablar bilan yopiladi va faqat kesim qilinadigan joygina ochiq qoldiriladi. Operatsiya soxasi bekitish uchun katta kichik choyshablar, sochiqlar va salfetkalar ishlatiladi. Hajmi unchalik katta bo’lmagan, ambulator operatsiyalarda mahalliy anesteziya yordamida muayyan soxadagi nerv oxirlarida og’riq sezgisi yo’qotiladi. Narkoz ostida qilinadigan operatsiyalarda operatsiya maydoni narkoz berilganidan keyin tayyorlanadi, chunki bemor narkozning qo’zg’alish davrida operatsiya maydonining sterilligini buzib qo’yishi mumkin. Operativ yo’l (dostup) ning axamiyati muxim bo’lib, u patologik o’choqqa etib borish uchun qulay bo’lishi va operatsiyani amalga oshirishni engillashtirishi kerak. Operativ yo’l anatomik jixatdan asoslangan va to’qimalarga minimal darajada shikast etkazadigan bo’lishi zarur. Operatsiyadan keyingi davr operatsiya tugagan vaqtdan boshlab, bemorlar ish qobiliyatining tiklanishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Operatsiyadan keyingi davr uchta fazaga bo’linadi: 1. Erta fazasi – operatsiyadan keyingi birinchi 3-5 sutkani o’z ichiga oladi. 2. Kechki fazasi – operatsiyadan keyingi 2-3 haftani o’z ichiga oladi. 3. Olis fazasi – bemorlar ish qobiliyatini tiklangunicha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Operatsiya bemorlar uchun – ham fizik, ham asabiy (psixicheskaya) shikast (travma) hisoblanadi. Operatsiyadan keyingi davrda sog’lom organizmda kuzatilmaydigan regenerativ va reparativ jarayonlar sodir bo’ladi. Operatsiyadan keyingi davrning kechishi 1) sillik yoki normal bo’lishi va 2) asoratlangan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda organizmning biroz ifodalangan reaktsiyasi (umerenno vo’rajennaya reaktsiya organizma), ikkinchi xolatda esa – operatsion shikastga organizmning keskin ifodalangan (giperergik yoki anergik) holati kuzatiladi va u organizmda keskin funktsional o’zgarishlarga, buning oqibatida esa asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. Yatrogeniya Yatrogeniya termini ( grek tilidan -iatros - vrach Q gennao - shikastlayman degan ma’noni anglatadi ya’ni - «vrach xatosi tufayli yuzaga kelgan kasallik») 1925 yilda nemis psixiatri O. Bumke tomonidan tibbiy xodimlarni o’ylamay, nojo’ya gapirganligi tufayli yuzaga kelgan ruhiy kasalliklar degan tushuncha tavsiya etilgan. Xuddi shunday fikrlarni ko’p sonli izlanuvchilar, ayniqsa chet ellarda, nafaqat deontologik xatoliklar, balki shifokorning har qanday harakati (noto’g’ri o’tkazilgan muolajalaridan tortib, dori kasalligi deb nomlanuvchi patologiya) natijasida yuzaga keladigan patologiyalarni kiritadilar. Birok 1970 yilda butun jahon kasalliklarning – 10 klassifikatsiyasi ro’yobga chiqqandan so’ng, bu butunlay boshqacha ma’no ya’ni yatrogeniya deb nom oldi. Butunjahon kasalliklarning – 10 klassifikatsiyasi bo’yicha. Yatrogeniya – bu tibbiy xodimning saviyasizligi, madaniyatsizligi, mahoratsizligi, xatosi tufayli kasalliklarning diagnostikasida, davolashda, muolaja va maslahat berish, suhbat o’tkaziladigan vaqtda, xodim tomonidanqolgan noxush asorat bo’lib, organizm funktsiyasini, xatti-harakatlarini cheklabqo’yadi ba’zan bemorlarni nogiron hatto o’limiga ham sabab bo’luvchi asoratdir. Hozirgi vaqtda vrachlarning xatosi bilan bog’liq bo’lgan yatrogeniya tushunchasi kengayib bormoqda. Yatrogeniya keltirib chiqaruvchi tibbiy xodimlar sababchi bo’lgan omillarga ruhiy, fizikaviy, biologik, kimyoviy va mexanik turlarini uchratish mumkin. Ta’sir mexanizmiga qarab to’g’ridan - to’g’ri bevosita (tibbiy travmalar-operatsiyalar vaqtida asab tolalarini yoki tomirlarni kesib qo’yish, dumba sohasi mushak ichi in’ektsiya qilinganda noto’g’ri bajarib asab tolasini kesib qo’yish va h. k.), bilvosita (dorilar ta’siri natijasida, allergiya berishi, organizmga toksik ta’sir qilishi, me’da - ichak yo’llarida yallig’lanish, yaralar paydo qilishi va h. k.), aralash yatrogeniya (bir vaqtning o’zida ikkala holat ham yuzaga kelishi mumkin). Xuddi shu yatrogen kasalliklarni kelib chiqish vaqtiga qarab: - barvaqt shu vaqtning o’zida (misol uchun venaga in’ektsiya qilasiz va oradan birozvaqt o’tadi allergik reaktsiya kuzatiladi). - kechki - bu 2 oylarda yuzaga keladi (dori moddalar ta’sirida toksik gepatitlar kelibchiqishi). - uzoq muddatli (tibbiy muolaja o’tkazgandan 2 oylardan keyin yuzaga keladigan yatrogeniya kasalligi. Misol steroid va nosteroid yallig’lanishga qarshi ishlatiladigan dori vositalarni me’da yo’li yallig’lanishi, yaralardan qon ketishi va h. k.). Boshqacha qilib aytganda tibbiyot xodimlarining xatoliklarini 2 guruhga bo’lish mumkin: tibbiy xodimning ta’sirisiz – inson faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan, ya’ni ularning ko’pchiligiga biz ta’sir eta olmaydigan sabablar; tibbiy xodimning ta’siri natijasida – shifokor faoliyati bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni biz unga ta’sir o’tkaza oladigan sabablar. Tibbiy xodimning ta’siri sabablari: - bir bemorni yaxshilab tekshirsa va ikkinchi bemorga e’tibor kamroq bo’lganda - ba’zi bir informativ tekshirish usullaridan foydalanmaslik - shifokorni o’z-o’ziga ortiqcha ishonishi, hamkasblari va konsilium maslahatlaridan voz kechish - eski tashxislash va davolash usullaridan foydalanish - barcha yangi usullarga ko’r-ko’rona ishonish - bemorlarni tekshirish usullaridan foydalanishda shoshma-shosharlik bilan va yuzakitekshirish - sterillanmagan instrumentlardan foydalanish - shifokorni maslahatchi obro’-e’tiboridan foydalanishi - turli maxsus kerak bo’lmagan tekshirish usullaridan foydalanish va h. k.
Mashhur bolalar jarrohi S.Ya Doletskiy quyidagini taklif etdi: bizningcha boshqa variantlar taklif qilinishiga qaramay, ma’qulroq klassifikatsiyasini quyidagilarni taklif etdi: - tibbiy xodim va bemor o’rtasidagi muloqotdan kelib chiqadigan yatrogeniya-deontologiyaning bir qismi; - alimentar-bemorlarga noto’g’ri parhezlarni tavsiya etish yoki uni nazorat qilmasliknatijasida bemorning parhezni buzishi natijasida kelib chiqqan yatrogeniya; - dori moddalardan – bu shakli ko’proq uchraydi va dori moddalarni nojo’ya ta’siridan toallergik reaktsiyalargacha hamda anafilaktik shok, Laella sindromi me’da-ichakyo’llarida doridan ro’y bergan yaralari, qon ketishigacha hatto o’limgacha olib keladi; - muolajadan (manipulyatsiya) kelib chiqadigan yatrogeniya – davolash, diagnostikajarayonida infektsiyaning yuqishi, tekshirishlar maqsadida olinadigan biopsiyadankeyingi, endoskopik tekshiruvdan keyin kelib chiqadigan asoratlar va h. k.; - narkozli – reanimatsion kabi ro’yxatga olinadigan asoratlar - bular yurakning,nafasning to’xtashi, miyaning shikastlanishi kabi va b. q. - jarrohlik (xirurgik) – eng murakkab va og’ir, fojiali yatrogeniyani ko’rinishi butibbiy xodimning xatosi deb qaraladi; - radiatsion (nurlanish) rentgen nurlarini, radioizotoplarni, lazer nurlarini va boshqalarni davolash maqsadida ishlatilganda dozasini oshirib yuborish natijasida kelib chiqqan yatrogen kasalliklar;
Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya be’mor iltimosi yoki oldindan berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor roziligisiz, odatda xushsiz yetgan xolatida amalga oshiriladi. U nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi. Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat xisoblanadi va kasddan sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning barcha turi ta’qiqlangan. Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling