3
I.
O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o'rni
Ushbu dastur metall materiallarining
ichki tuzilishi, strukturasi, xossasi,
ishlatilishi va markalanishini hamda bu kattaliklarni o`zaro
aloqasini, ularni turli
ta`sirlar natijasida o`zgarish qonuniyatlari bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni qamrab
olgan.
«Metallshunoslik» fani mashinasozlik sohasi uchun oliy ma'lumotli
bakalavrlarni tayyorlashda umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
metallar va ularga ishlov
berishning texnologik usullarini, texnik iqtisodiy tavsifi, hamda qo`llanish sohalarini
o`rganish; shu usullarda ko`p ishlatiladigan asbob,
moslama va jihozlarning
printsipal sxemalarini o`rganish; detallarni yasalish usullarini inobatga olib, ishlov
berish uchun qulay bo`lgan xom ashyo tuzilishini loyixalashning asosiy yo’llarini
o`rganish.
Ushbu fanning asosiy maqsadi, texnologik
mashinalar va jihozlarni
loyihalash, ularni detal va mexanizmlarni tayyorlash texnologik jarayonlarini tashkil
etish, mashina va mexanizmlarni tayyorlash uchun zarur fizik-mexanik xususiyatli
materiallar olish va tanlash, ularni mexanik xossalarini o`zgartirish, zarur shakl va
aniq o`lchamli har xil detal, xom
ashyolarni ishlab chiqarish, texnologik
jarayonlarning tuzilishini o`rganish. Turli payvand ishlarini
bajarish texnikasini
egallash kabi malakalarni talabalarga o`rgatadi.
«Metallshunoslik» fani texnologik fanlar uchun asos bo`lib, materiallarni
ishlab chiqarish va ularni ishlash usullarini o`rgatadi. Shuning uchun ham kelgusida
malakali injener-mexanik bo`lib yetishadigan har bir texnika
fanlari bakalabri bu
fanni chuqur bilmog`i zarur.
«Metallshunoslik» fani talabalardan «Fizika», «Kimyo», «Oliy matematika»
kabi fanlardan zarur bilimlarni yaxshi egallagan bo`lishlarini talab etadi va
yuqoridagi fanlarga asoslanadi.