Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ishi (ma\'ruza matn o\'zb lotin)
Ma’ruza №1 Qon klinik tahlili. Siydik ajratish sistemasi kasalliklarining laborator diagnostika usullari Ma’ruza maqsadi: Talabalarni umumiy qon va umumiy siydik tahlilining diagnostik axamiyati, laborator tahlillar asosida differenstial diagnostika o’tkazish bilan tanishtirish Tarbiyaviy maksadi: talabalarga klinik fikrlashni, tibbiy deontologiya, etika va estetikani o’rgatish, jahon standartlariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash.. MA’RUZANING VAZIFASI. Ma’ruza davomida talabalarga laborator tahlillarning kasalliklar diagnostikasi va differenstial diagnostikadagi ahamiyati. Zamonaviy laborator tekshirish usullari xakida ma’lumotlar berish. MA’RUZA REJASI: Ma’ruzaning maqsadi va vazifasi - 5 min Umumklinik tahlillar haqida tushuncha: - 15 min Umumiy qon tahlili xakida - 25 min Tanaffus - 5 min Umumiy siydik tahlili xaqida - 20 min Umumiy qon olish tartibini ko’rsatish (bemorda) - 10 min Laborator tahlillar interpritastiyasi haqida - 10 min Xulosa. Savollarga javob - 5 min . Laboratoriyalarda tekshirishning turli ko’rinishlari : umumklinik, gematologik, bioximik, serologik va immunologik, mikrobiologik tahlillar utkaziladi. Umumklinik tahlillarga siydik, axlat, balgam, oshkozon va ichak ajralmalari, orka miya suyukligi, transsudat va ekssudatlarni tekshirish kiradi. Gematologik tahlillarda qonning fizik- kimyoviy xususiyatlari va morfologiyasi urganiladi. Bioximik tahlillarda odam organizmidagi biologik suyukliklarning ximiyaviy tarkibini urganish orkali undagi moddalar almashinuvi jarayonini baxolash mumkin. Serologik va immunologik tekshirishlar uz ichiga maxsus antitelolar yordamida antigenlarni aniklashning turli xil usullari, qon guruxi, rezus faktorni anklash kabi laborator tekshirish usullarini oladi. Mikrobiologik yoki bakteriologik tekshirishlar esa organizdan olingan biomateriallarda kasallik kuzgatuvchilari turini aniklashda kullaniladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling