Ma’ruza №1 sxemotexnika faniga kirish


Download 1.57 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1525176
  1   2
Bog'liq
1-ma\'ruza




Ma’ruza № 1
SXEMotexnika FANIGA KIRISH

Respublikamizda telekommunikatsiya tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanib borishi Internet tarmog’ining hayotimizga kirib kelishi ilm-fan rivojlanishiga katta ta’sir qildi.


Barcha axborotlarni ushbu tarmoqlar orqali katta tezliklarda qabul qilish, uzatish va axborot almashish imkoniyatini yaratdi.
Ushbu telekommunikatsiya tarmoqlari, murakkab qurilmalardan, uzatuvchilardan, qabul qiluvchi va axborotlarni qayta ishlash, boshqa turlarga aylantirish uskunalaridan tashkil topgan.
Mikrosxemotexnika (integral sxemotexnika) – elektronikaning bo’limi bo’lib, electron qurilmalarda va integral mikrosxemalarda qo’llaniladigan sxemotexnik yechimlarni yaratish va ularni o’rganishni o’z ichiga oladi.
Elektronika - fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o‘tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchars bog‘liq bo'lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensa-torlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.



1.1.-rasm. Passiv elementlar.


Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallami o‘zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo’ldi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallami kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so'zlashuvlarni, keyinchalik esa tasvirlami ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televidenie) paydo bo‘ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar - elektron lampalardan iborat edi.

1.2.-rasm. Triod lampasi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling