Ma’ruza 1 tarkibi: Kirish. Faning maqsadi, asosiy tushunchalari va fanning rivojlanishi. Elektron kurilmalarning passiv komponentlari. Karshiliklar, kondensatorlar, induktiv galtaklar, transformatorlar Reja


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana28.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1015155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
М 1 Кириш Фанинг максади, асосий тушунчалари

Gʻaltak induktivligi – asosan uning o„lchamlari, shakli va o„ramlar soniga 
bog„liq bo„ladi. Gʻaltak o„lchamlari qancha katta va undagi o„ramlar soni qancha 
ko„p bo„lsa, induktivlik shuncha katta bo„ladi. Bundan tashqari, g„altak
induktivligiga unga kiritilayotgan o„zak va uni ekranga joylashtirish katta rol 
o„ynaydi. 
Radiotexnik 
apparaturada 
induktivligi 
mikrogenridan
o„nlab 
milligenrigacha bo„lgan yuqori chastota g„altaklari qo„llaniladi.
O„zgaruvchan tok zanjirlarida ishlayotgan g„altakning ish sifatini – asillik 
(QL) bilan ifodalash qabul qilingan. Radioapparaturalarda odatda o„rtacha 
asillikka ega bo„lgan (40†200 tartibdagi) g„altaklar qo„llaniladi. Yuqori asillikka 
ega bo„lgan g„altaklar (300 dan yuqori) faqat maxsus holatlardagina (masalan, 
o„tkir rezonans xarakteristikaga ega bo„lgan kontur va filtrlarda) qo„llaniladi.
Gʻaltak o„ramlari va qatlamlari sig„im hosil qiladi. Bu sig„imni g„altakka paralleь 
ulangan kondensator deb qarash mumkin. Gʻaltakning bu xususiy sig‘imi uning 
sifat ko„rsatkichlarini yomonlashtiradi (asillik va barqarorlik kamayadi, tebranma 
konturdagi chastota diapazonini egallash koeffisiyentini kamaytiradi, drossel 
sifatida ishlatilayotgan g„altak ta‟sirini yomonlashtiradi). Shu sababli g„altaklar 
loyihalashtirilayotganda uning o„lchamlarini kichraytirishga harakat qiilinadi.
Gʻaltakning xususiy sig„imi ko„p hollarda uning o„lchamlari va o„rash usuliga 
bog„liq bo„ladi. Bir qadam oraliqda o„ralgan bir qatlamli g„altaklar (1†3 pf) va 
universal o„ramli ko„pqatlamli g„altaklar (5†30 pf) kichik sig„imga egadirlar. 
O„ramlarni alohida seksiyalarga ajratish yo„li bilan ham xususiy sig„imni 
kamaytirish mumkin. Atrof–muhit temperaturasi o„zgarsa g„altak o„lchamlari ham 
o„zgaradi, natijada uning induktivligi ham o„zgaradi. Temperatura 1 0S ga 
o„zgarganda induktilikning nisbiy o„zgarishi induktivlikning temperatura 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling