Maʻruza №12 Mavzu: Asinxron motorni ishga tushirish, tormozlash va revers qilish. Reja


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1367919
  1   2
Bog'liq
12-Maʻruza



Maʻruza № 12
Mavzu: 
Asinxron motorni ishga tushirish, tormozlash va revers qilish.
Reja: 
11.1. Asinxron motorni ishga tushirish, tormozlash va revers qilish.
11.2. Asinxron motorni ishga tushirish.
11.3. ADni tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlash. 
Tayanch suz va iboralar: 
ADni to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirish, ishga tushirish reostati, rekuperativ, teskari ulab va 
dinamik tormozlash, reverslash, tokni chegaralash, momentni rostlash, tormozlash va rostlash 
tavsiflari. 
13.1. Asinxron motorni ishga tushirish, tormozlash va revers qilish. 
Asinxron dvigatellar sanoatda va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. Chunki 
ularning konstruksiyalari sodda, ularni ishlatish, boshqarish va rostlash oson. Asinxron dvigatellar 
asosan 3 fazali, chastotasi ϯ=50 Hz li tarmoqdan ta’minlanadi, ayrim hollarda maxsus 
toʻgʻrilagichlar orqali ishga tushiriladi. 
Asinxron dvigatelning 2 ta chulgʻami mavjud: stator chulgʻami va rotor chulgʻami. Rotorning 
tayyorlanishi boʻyicha faza-rotorli va qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarga boʻlinadi. 
Dvigatelninng nominal kuchlanishi U
H
va tarmoq kuchlanishi U
C
ga qarab stator chulgʻami yulduz 
yoki uchburchak shaklida ulanadi. Rotor chulgʻami asosan yulduz shaklida ulanadi. Faza-rotorli 
dvigatellarning rotoriga tashqi R

qarshilik ulanadi. Asinxron dvigatelning 1 ta fazasining 
ekvivalent sxemasi quyidagicha boʻladi.
Asinxron dvigatelni boshqarish uchun rele-kontaktorli, yarim-o’tkazgichli kontaktsiz apparatlar 
va mikroprotsessor texnikasi qo’llaniladi. Buning uchun elektr yuritmalarni ishga tushirish
reverslash va tormozlashning andozaviy sxemalaridan foydalaniladi. Andozaviy boshqarish 
sxemalar asosida sanoat mexanizmlarning boshqarish sxemalari tuzuladi. 
Qisqa tutashuv rotorli ADni rele-kontaktorli bosqarish sxemasida (11.1-rasm) magnit ishga 
tushirgichlar qo’llaniladi. Sxemada kuch zanjiri bilan boshqarish zanjiri bitta manbadan 
ta’minlanadi, ko’p hollarda apparatlarni ishonchliligini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash 
maqsadida boshqrish zanjiri aloxida past kuchlanishli manbadan ta’minlanadi. Sxemadagi S1 
rubilnikni ulab S2 (PUSK) knopka bosilsa KM1 kontaktor ishga tushadi va o’zining K1-(1-3)M 
kuch kontaktlarini yopib dvigatelni tarmoqqa ulaydi, dvigatel aylanishni boshlaydi.
Shu bilan birga boshqarish zanjirida K1A blok-kontakt S2 knopkani blokirovka qilib qo’yadi va 
knopkani bosib turishga xojat qolmaydi. Dvigatelni to’xtatish uchun S3(STOP) knopkasi bosiladi, 
K1A blok-kontakt uzuladi, sxema dastlabki holatiga qaytadi va dvigatel aylanishni to’xtatadi.
Sxemada qisqa tutashuvdan F1(1-3) saqlagich va o’ta yuklanishdan F2(1-2) issiqlik relesi 
yordamida himoyalash ko’da tutilgan. 


11.1 – rasm: Qisqa tutashtirilgan rotorli ADni boshqarish sxemasi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling