Maʻruza №12 Mavzu: Asinxron motorni ishga tushirish, tormozlash va revers qilish. Reja
ADni tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlash
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq12-Maʻruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
ADni tormozlash va revers qilishda tok va momentni rostlash.
ADni teskari ulab tormozlash sxemasida EM(PKC) tezlikni nazorat qilish relesi qo’llaniladi, u dvigatel vali bilan mexanik bog’langan. Unng EA ulash kontakti dvigatelni belgilangan tezligida yopiladi. Dvigatel rotori qo’zg’almas holatida va tezlik 10-15% bo’lganda EA kontakt ochiq bo’ladi. S1 tugma bosilganda K1M kontaktor ishlab o’zining K1(1-3)M kontaktlarini ulaydi va dvigatel ishga tushadi, K1A1 yordamchi kontakti S1 tugmani shuntlab qo’yadi. K1A2 yordamchi kontakti K2M kontaktor zanjirini uzadi, bu bilan K1M va K2M kontaktorlarni bir maxalda ishlashini oldini oladi. Ma’lum vaqtdan so’ng tezlikni ortishi bilan tezlik relesining EA kontakti ulanadi. Teskari ulab tormozlashda dvigatelni tarmoqdan uzish uchun S2(stop) tugmasi bosiladi. Bunda K1M kontaktor znjiri uzilib, K1(1-3)M kuch kontaktlarini ochadi va S1 tugmani shutlavchi K1A1 yordamchi kontakti ham uziladi. 11.2 - rasm: Qisqa tutashuv rotorli ADni reverslash va teskari ulab tormozlash sxemasi. Bir vaqtning o’zida K1A2 kontakt o’zining yopiq holatiga qaytadi. Dvigatel inertsiya bo’yicha aylanadi va EA kontakt yopiq bo’ladi, natijada K2A kontaktor tarmoqqa ulangan bo’ladi, u o’zining K2(1-3)M bosh kotaktlariniulaydi va K1M kontaktor zanjiridagi K2A yordamchi kontaktini uzadi. Bunda dvigatel statori reversga ulangan bo’ladi, rotor tormozlanadi va tezlik 0ga yaqinlashganda tezlik relesining EA kontakti ochiladi, K2M kontaktor zanjiri uzilib K2(1-3)M kontaktlari ochiladi va dvigatel to’xtaydi. Teskari ulab tormozlashda yuritma darhol to’xtaydi, bu usul kichik quvvatli dvigatellar uchun qo’llaniladi ADni dinamik tormozlash uchun 11.3-rasmdagi sxemadan foydalaniladi. Dvigatel S1(Пуск) tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Bunda K1M kontaktor ishga tushib, kuch zanjiridagi o’zining K1(1-3)M kontaktlarini ulaydi va boshqarish zanjiridagi K1A1 blok-kontakt yopiladi, K1A2 kontakt ochildi , K1A3 kontakt yopiladi. Shundan so’ng Д1М vaqt relesi ishlab K2M kontaktor zanjiridagi PДT kontaktini ulaydi. Elektrodvigatelni tarmoqdan uzish va dinamik tormozlash uchun S2 (Stop) tugmasi bosiladi. K1M kontaktor manbadan uzilib, K1(1-3)M bosh kontaktlarini ochadi, K1A1, K1A3 yordamchi kontaktlar ham ochiladi, K1A2 kontakt esa yopiladi. Bunda Д1М vaqt relesi tarmoqdan uzilib PДT kontaktni ochadi, uning ishlash vaqti tormozlash vaqtidan koproq bo’ladi. K1A2 kontakt ulanganda K2M kontaktor manbaga ulanib, K2(1-3)M kuch kontaktlarini yopadi va K2A blok-kontakti ochiladi. Stator chulg’amiga o’zgarmas tok beriladi, u qo’zg’almas magnit maydonni hosil qiladi. 11.3 – rasm: Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatelni dinamik tormozlash sxemasi. Inrtsiya bilan aylanayotgan rotorda EYK hosil bo’ladi. Bu EYK tormozlovchi momentni hosil qiladi Bu erda, M H – dvigatelni nominal momnti; 𝐼 𝑝 ′ − rotor toki; 𝑅 𝑝 ′ − rotorni aktiv qarshiligi; 𝑛 𝑐 − dvigatelni sinxron tezligi; 𝑛 𝑑 − dvigatelni nisbiy tezligi, 𝑛 𝑑 = 𝑛 𝑛 𝑐 Vaqt relesini PДT kontakti uzilganda sxema dactlabki holatiga qaytadi va dvigatel silliq to’xtaydi. R T - qoshimcha qarshilik o’zgarmas tokni chegaralsh uchun xizmat qiladi. Dinamik tormozlash, teskari ulab va friktsion muftali tozmozlash usullariga nisbatan, ancha yumshoq va silliq tormpzlash usuli hisoblanadi. Nazorat savollari: 1. Asinxron dvigatelni qanday ishga tushirish usullarini bilasiz? 2. ADni ishga tushirishda qanday apparatlardan foydalaniladi? 3. ADni aylanish yo’nalishini qanday o’zgartirish mumkin? 4. ADni teskari ulab tormozlash sxemasini izohlab bering. 5. ADni dinamik tormozlashda nima uchun o’zgarmas manbadan foydalaniladi? 6. ADni necha xil dinamik tirmozlash mumkin? 7. ADni tormozlash va revers qilishda tok va moment qnday rostlanadi? Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling