Ma’ruza №12. Pardozlash ishlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlar (davomi) reja


Issiq havo bilan isitilgan tarkiblarni surtadigan past bosimli bo‘yash agregatlari


Download 0.92 Mb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1634684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза №12

12.3. Issiq havo bilan isitilgan tarkiblarni surtadigan past bosimli bo‘yash agregatlari
Bunday agregatlar issiq quruq havo bilan isitilgan bo‘yoq, shpaklevka va gruntovkalarni hamda dekorativ qattiq tarkibida maydalangan tosh bo‘lgan tarkiblarni past bosimda surtish uchun ishlatiladi. Past bosimli agregatlar katta hajmda past bosimli issiq havo ishlab chiqaruvchi turbo havo damlab beruvchi, pnevmatik pistolet-po‘rkagich, birlashtiruvchi shlanglar, bo‘yoq yetkazib beruvchi qurilma (Pistolet po‘rkagichga biriktirilgan qo‘yadigan bakcha yoki bo‘yoq haydovchi bak), energiya bilan ta’minlovchi kabeldan iborat bo‘lib ko‘chma yoki siljitiladigan qilib chiqariladi (7.18-rasm).

7.18-rasm. Issiq havo bilan isitilgan bo‘yoqlarni surtadigan past bosimli bo‘yash agregati.
Ishqalanish natijasida havo turbo havo dam beruvchida qizib 60...80°S ga qizib termo chidamli shlang orqali pistolet po‘rkagichga uzatiladi. Pistolet po‘rkagich dastali alyumin korpus 7, bo‘yoq uchun pastda joylashgan polieitlen bakchadan 1, forsunka 5, material soplo 4, havo klapani (havo regulyatori) 3, bo‘yoqni yetkazib beruvchimaterial quvurcha 2, tepki 6, nina 8 va ninani yurishini regulyatori 9 iborat. Tarkibida mayda tosh bo‘lgan dekorativ qattiq tarkiblarni surtish uchun agregatlar mayda tosh otuvchi po‘rkagich (7.19-rasm)
jamlanmalanadi. Mayda tosh otuvchi po‘rkagich alyumin korpus 5, boshcha 1, plastmassali bunker 3 dasta 4 bilan, prujinaosti quvurchasi 2, tepki 7 va quvur yurishini regulyatori 6 dan iborat.
Tepki bosilganda quvur o‘ngga siljiydi va material bunkerdan o‘z og‘irligi ostida boshchaga tushadi, va u yerda u siqilgan havo yordamida yuzaga uzatiladi.

7.19-rasm. Mayda tosh otuvchi-po‘rkagich.

12.4. Yuqori bosimli bo‘yash agregatlari


Yuqori bosimli bo‘yash agregatlari yuzalarni laklar, dispersiyalar, vizkozimetr-4 bo‘yicha yopishqoqligi 200...300 s bo‘lgan moyli va polimerli bo‘yoqlarni bo‘yash uchun qo‘llaniladi. Bunday agregatlarning asosiy tuguni bo‘yoq tarkibini purkovchi qurilmaga uzatuvchi yuqori bosimli nasosdir (30MPa gacha). Bo‘yoqli tarkibni mayda zarrachalarga aylantirib po‘rkash siqilgan havo ishtirokisiz (havosiz po‘rkash) yuqori bosim ostida amalga oshiriladi. Bo‘yoq bosimini katta tezlik (100 m/s gacha) bilan pistolet-po‘rkagich soplosidan havoli muhitga tushishi natijasida mayda zarralarga aylanishi yuz beradi. Yuqori bosimli bo‘yash agregatining umumiy sxemasi 7.20-rasmda keltirilgan.

7.20-rasm. Yuqori bosimli bo‘yash agregatining umumiy sxemasi.






Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling