Ma’ruza №12. Pardozlash ishlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlar (davomi) reja


Download 0.92 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1634684
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза №12


MA’RUZA №12. PARDOZLASH ISHLARIDA QO‘LLANILADIGAN
MASHINA VA JIHOZLAR (davomi)


REJA

12.1. Bo‘yoqchilik (bo‘yash) ishlari uchun mashinalar

12.2. Pnevmatik purkovchi bo‘yash agregatlari


12.3. Issiq havo bilan isitilgan tarkiblarni surtadigan past bosimli bo‘yash agregatlari


12.4. Yuqori bosimli bo‘yash agregatlari


12.5. Binolar fasadini bo‘yash uchun agregat

12.6. Vintli nasoslar asosidagi ko‘chma bo‘yash agregatlari

12.7. Bo‘yoqchilik stansiyalari



12.1. Bo‘yoqchilik (bo‘yash) ishlari uchun mashinalar

Bo‘yoqchilik ishlari – bino va inshootlarni (yangi quriladigan, rekonstruksiya va ta’mirlanadigan) pardozlashni yakunlovchi bosqichi bo‘lib, uni bajarishdan maqsad tashqi tomonga estetik ko‘rinish berish, intererni shakllantirish, umrboqiylikni oshirish, ichki xonalardan foydalanish davrida normal sanitar-gigienik sharoit yaratishdir. Bo‘yoqchilik ishlariga gulqog‘oz yopishtirish ham kiradi. Bo‘yash va gulqog‘oz yopishtirish ishlarining asosiy texnologik operatsiyalari hozirgi davrda mexanizatsiyalashtirilgan, ammo ular qurilish-montaj ishlarining umumiy mehnat sarfining 10% ni tashkil etadi.


Bo‘yoqchilik ishlari texnologik jarayonlarning va ko‘p operatsiyalikligi, bo‘yoq tarkiblarining, material, mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va moslamalarning ko‘p turliligi bilan tavsiflanadi. Shahar qurilishida bo‘yoqchilik ishlarini bajarish majmuasi qo‘yidagilardan iborat: bo‘yoq tarkiblari va yarimfabrikatlarni ixtisoslashtirilgan koler sex va zavodlarida tayyorlash; tayyor mahsulotlarni markazlashgan holda qurilish ob’yektlariga yetkazib berish va bo‘yoq tarkiblarini (yarimfabrikatlarga oldindan qayta ishlov berish bilan) ishlov beriladigan yuzalarga mexanizatsiyalashgan usullar bilan surtish. Yarim fabrikatlardan bo‘yoq tarkiblarini tayyorlash va ularni ish joyiga yetkazib berishni bo‘yoqchilik stansiyalari va agregatlari bilan amalga oshiriladi. Bevosita qurilish ob’yektlarida bo‘yash ishlarini bajarish yuzalarni tayyorlash va ularni bo‘yashdan iborat.
Turli xil yuzalarni moyli, sintetik va suvli tarkiblar bilan mexanizatsiyali bo‘yashda bo‘yoq tarkiblarini purkash prinsipiga asoslanib ishlovchi ko‘chma va siljiydigan bo‘yoqchilik agregatlari qo‘llaniladi. Bunday agregatlarda bo‘yoq tarkiblari rezervuardan siqilgan havo ko‘chi yoki nasos yordamida bosim bilan purkovchi qurilmaga (soplo, forsunka) uzatiladi. Po‘rkagich tarkibni mayda zarrachalarga bo‘lib uni nozik qatlam bilan bo‘yaladigan yuzaga sepadi.
Bo‘yash agregatlari yuzalarga shpaklevka, nitroemal, moyli va yelimli bo‘yoqlarni havo (pnevmatik) yordamida purkovchi agregatlar va yuzalarga lak bo‘yoq materiallarni, suvli-melli va suvli ohakli bo‘yoq tarkiblarini mexanik (havo yordamisiz) purkovchi agregatlarga bo‘linadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling