Ma’ruza №12. Pardozlash ishlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlar (davomi) reja


Binolar fasadini bo‘yash uchun agregat


Download 0.92 Mb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1634684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза №12

12.5. Binolar fasadini bo‘yash uchun agregat


Binolar fasadini VZ-4 bo‘yicha yopishqoqligi 60 s gacha bo‘lgan suvli, sintetik va boshqa fasad bo‘yoqlari bilan bo‘yashda havo po‘rkagichli ikki kamerali ko‘chma agregatdan foydalaniladi.
Agregat sig‘imi 50 l bo‘lgan ikkita bo‘yoq haydovchi baklardan, unumdorligi 30 m3/soat kompressor, havoli va material shlanglarni ulovchi baraban, havo taqsimlagich va boshqarish pultidan iborat. Agregatni barcha mexanizmlari bir o‘qli pnevmog‘ildirakli shassi ramasiga o‘rnatilgan bo‘lib to‘rtta autriger va shotiga (дышло) ega.
Ishni boshlashdan oldin ikkala bak 8 (7.21-rasm)bo‘yoq bilan to‘ldiriladi va qopqoq 10 bilan germetik yopiladi. Har bir bakni to‘ldirilish maromida ichi bo‘sh shar-klapanlar 6 ko‘tariladi va ishchi kamera 1 ga bo‘yoq o‘tishi uchun teshiklarni ochadi. Shar-klapanlar yurishini cheklovchi yoy 7 cheklaydi. Keyin kompressor 14 yoqiladi resiver 13 dan siqilgan havo quvuruzatma orqali 23 zolotnik-taqsimlovchi qurilmaga keladi va undan operator topshirig‘i asosida va quvuro‘tkazgich 21 orqali kerakli bo‘yoq haydovchi bakka keladi, va undan bo‘yoqni uzatish amalga oshiriladi. Siqilgan havo bosimi ostida bo‘yoq diafragma 5 ni bosib shtok 18 ni zolotnik 19 bilan birga surib, quvur o‘zatkich 20 ga tushadi va taqsimlovchi kollektor 22 orqali o‘tib material shlang 17 orqali bo‘yoq qarmog‘i 16 tushadi. Qarmoqqa siqilgan havo kompressordan shlang-havoo‘tkazgich 24 orqali beriladi.

7.21-rasm. Binolar fasadini bo‘yash uchun agregatning umumiy sxemasi.

12.6. Vintli nasoslar asosidagi ko‘chma bo‘yash agregatlari


Bunday agregatlar ishlov beriladigan yuzalarga shpaklevka, gruntovka, zamazka, tarkibida 50% gacha qattiq, ayrim fraksiyalarining yirikligi 3 mm gacha bo‘lgan va harakatchanligi 7 sm yuqori bo‘lgan suv-yelimli, moyli va sintetik bo‘yoqlarni surishda ishlatiladi. Bo‘yash agregatlarida vintli nasosni ilatilishi materiallarni purkovchi qurilmaga bir maromda uzatilishini va bo‘yash ishlarini yuqori sifatini ta’minlaydi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling