12.2. Pnevmatik purkovchi bo‘yash agregatlari
Ko‘chma bo‘yash agregatlari ish hajmi kichik bo‘lgan borish qiyin ob’yektlarda VZ-4 viskozimetr bo‘yicha yopishqoqligi 15...25 s bo‘lgan lakbo‘yoqli materiallarni yuzalarga bo‘yashda qo‘llaniladi. Agregat (7.14-rasm, a) ko‘chiriladigan diafragmali kompressor 1, pnevmatik pistolet-bo‘yoqpo‘rkagich 3, havo o‘tkazuvchi shlang 2 va energiya bilan ta’minlovchi kabeldan iborat.
Siljiydigan bo‘yash agregatlari o‘rta va katta hajmdagi bo‘yash ishlarin bajarishda qo‘llaniladi. Agregat jamlamasiga (7.14-rasm, b) kompressor, dam beradigan bo‘yoq baki 4, pnevmatik qo‘l bo‘yoq po‘rkagich 5 va egiluvchan material 6 va havo 2 shlanglari kiradi.
Dam beradigan bo‘yoq bakining (7.15-rasm) sig‘imi 20 l bo‘lib qilindrik korpus 1 ga ega bo‘lib uning ichida bo‘yoq uchun almashtiriladigan idish 2, qo‘l bilan harakatga keluvchi parrakli aralashtirgich 12 va filtr 13 dan iborat.
Almashtiriladigan idish bo‘yoq tarkibi rangini almashtirishda qo‘laylikni ta’minlaydi.
7.14-rasm. Pnevmatik po‘rkaydigan bo‘yash agregatlari: a − ko‘chma; b − so‘riladigan.
7.15-rasm. Dam beradigan bo‘yoq baki.
Pnevmatik qo‘l bo‘yoq po‘rkagichlari yuzalarga bo‘yoq tarkiblari va shpaklevkalarni siqilgan havo yordamida po‘rkash va bo‘yash uchun qo‘llaniladi. Har bir pnevmatik bo‘yoq po‘rkagichni asosiy qismi po‘rkagich boshchasi bo‘lib unga bo‘yoq tarkibi va siqilgan havo o‘zatiladi. Po‘rkagich boshchalarining uch turi mavjud – tashqi, ichki va kombinatsiyalashgan aralashtiruvchi. Bo‘yoq tarkibini siqilgan havo yordamida bo‘laklarga ajralishi tashqi po‘rkagich boshchaning tashqi qismida (7.16-rasm, a), ichki po‘rkagich boshchaning ichki qismida (7.16-rasm, b), kombinatsiyalashganning ham ichki va tashqi qismida (7.16-rasm, v) bo‘ladi.
7.16-rasm. Po‘rkagich boshchalarning umuiy sxemasi.
Universal pnevmatik bo‘yoq po‘rkagich (7.17-rasm) katta va o‘rta hajmdagi ishlarni bajarishda yopishqoqligi 30...35 s bo‘yoq tarkiblarini po‘rkashga mo‘ljallangan va bo‘yoq haydovchi bak yoki almashtiriladigan kichik bak bilan ishlashi mumkin. Bo‘yoq po‘rkagich korpus 5, dasta 7, va shtuser 8 va 11 havo va bo‘yoq, tiqin 3, boshcha 2, uchlik 1,nina 4, tepki 10, havoli klavan 9 va ninani tartibga soluvchi regulyator 6 dan iborat. Boshchadan havo oqimi chiqqanda o‘zi bilan bo‘yoqni yetaklab uni mayda zarrachalarga bo‘lib bo‘yaladigan yuzaga urilib qatlam hosil qiladi.
7.17-rasm. Pnevmatik bo‘yoq po‘rkagich.
Do'stlaringiz bilan baham: |