Ma’ruza №12. Pardozlash ishlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlar (davomi) reja
Download 0.92 Mb.
|
Маъруза №12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik gabaritli bo‘yash agregatlari
Shpaklevkalovchi agregat (7.22-rasm) ishlov beriladigan yuzalarga harakatchanligi 7 sm va undan yuqori bo‘lgan shpaklevka tarkiblari hamda gruntovka va suv-yelimli bo‘yoq tarkiblarini, qavatma-qavat uzatish va surtish uchun mo‘ljallangan.
Agregat yuklaniladigan bunker 1, siljitish uchun dasta 12, shnekli vintli aralashtiruvchi 2, vintli nasos 3, bosimli shlang 4, qarmoq 8, ikki g‘ildirakli yurish qurilmasi 16, elektr shkaf 11 va boshqarish apparatidan iborat. 7.22-rasm. Shpaklevkalovchi agregat. Nasos bosimini manometr 9 nazorat qiladi. Shpaklevkalovchi agregatni unumdorligi 0.72 m3/soat, gorizontal bo‘yicha uzatish 70 m, vertikal bo‘yicha 35 m, uzatish bosimi 2 MPa. Kichik gabaritli bo‘yash agregatlari bo‘lib-bo‘lib yuborilgan ob’yektlarda juda katta bo‘lmagan bo‘yash ishlari hajmlarini bajarishda qo‘llaniladi. Agregat (7.23-rasm) tashish va ishlov beriladigan yuzalarga turli xil bo‘yoq tarkiblarini: yelimli shpaklevka, gruntovkali tarkiblar, suv-yelimli va sintetik bo‘yoqlarni hamda boshqa materiallarni vintli nasos hosil qiladigan bosim ostida surtishga mo‘ljallangan. Agregat siqilgan havo yordamida ham ishlashi mumkin, buning uchun purkovchi asbobda siqilgan havoni yetkazish va almashtiriladigan soplolar nazarda to‘tilgan. Agregatning (7.23-rasm) tashkil etuvchi qismlari: sig‘imi 30 dm3 qabul qiluvchi bunker, vintli nasos 10, shnekli aralashtiruvchi 6, aralashtiruvchi va nasosni uzatmasi, ikki rezina g‘ildiragi 1, va tayanch ustuni 11, bosimli shlang 9, forsunka 8 bilan, ishga tushirish apparati 5. O‘zaro sharnirli mufta bilan bog‘langan aralashtiruvchi va vintli nasos uzatmasi quvvati 0.55 kVt elektrodvigatel 4 dan tasmali uzatma 3 va bir pog‘onali reduktor 2 yordamida amalga oshiriladi. Agregat diametri 16, 25, 32 mm bo‘lgan bosimli shlanglar bilan jamlanmalangan. 2 MPa bosim hosil qiluvchi vintli nasos shlang diametri 32 mm bo‘lganda 30 m balandlikka, 15 va 10 m gacha shlang diametri mos ravishda 25 va 16 mm bo‘lganda. Agregat unumdorligi 250 m3/soat gacha. 7.23-rasm. Kichik gabaritli bo‘yash agregati. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling