Ma’ruza №12. Pardozlash ishlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlar (davomi) reja


Download 0.92 Mb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1634684
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза №12

12.7. Bo‘yoqchilik stansiyalari


Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyalari hozirgi zamonda sanoat, fuqaro va qishloq qurilishida katta hajmdagi bo‘yoq tarkiblarini qayta ishlash, tashish va bo‘yashda eng asosiy yuqori mehnat unumdorligiga ega va samarali vositalardandir. Ular bo‘yoq tarkiblari yarimfabrikatlarini qabul qilish, tayyorlash va ish joyiga suvli, suv-yelimli va moyli bo‘yoqlarni, gruntovkalarni, yelimli va moyli shpaklevkalarni uzatish va surish uchun mo‘ljallangan. Bo‘yoqchilik stansiyalari elektr, yo‘lkalar bilan ta’minlangan qurilish ob’yektlarida va bevosita bo‘yash ishlari olib borilayotgan binoga yaqin joyda (5...10 m) o‘rnatiladi.
Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyalarining jihozlari ikki o‘qli avtomobil tirkama-shassiga o‘rnatilgan isitiladigan kuzov-furgonda joylashtiriladi. Bo‘yoqchilik stansiyalari va rang berish qurilmalari, bur ezish mashinalari, zamazkalar tayyorlash uchun aralashtirgichlar, rang ezish mashinalari, bo‘yoq aralashtirgichlar, elektr yelim qaynatgichlar va x..k. bilan jihozlanadi. Bur ezish mashinasi rang, shpaklevka va zamazka tayyorlashda burni maydalash uchun xizmat qiladi. Unda quruk burdan tashkari nam burni ham ezish mumkin.
Stansiyaning (7.24-rasm) kuzovi 1 da uchta texnologik liniya o‘rnatilgan:
suvli, suvli-yelimli bo‘yoqlar va gruntovkalar,yelimli bo‘yoqlar; yelimli va moyli shpaklevkalar; moyli va emalli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar liniyasi tarkibiga kiradi: suyuq va pastasimon bo‘yoq materiallarini ezib ishqalash tegirmonli bo‘yoq ishqagichda (ezg‘ich) 8, bo‘yoq tarkiblarni bo‘yoq haydagich baklar 9 va 10 ga haydashdan oldin suzgichdan o‘tkazish uchun vibroelak 7. Qolgan ikki liniyalar ham bir turli bo‘lib, o‘zaro almashtiriladigan va vintli nasos 3 asosida bo‘yoqchilik agregati bilan aralashtirish, suzdirish, tashish va bo‘yoq tarkiblarini surtish uchun, yelim tayyorlash uchun elektr yelim pishiruvchi 5 va ikkita dozator bilan to‘ldirilgan (butlangan).

7.24-rasm. Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyasi sxemasi.
Stansiya jihozlari jamlamasi to‘plamiga havo shlanglari va yuzalarga bo‘yoq tarkiblarini purkovchi shlanglar kiradi. Stansiyaning siqilgan havoga bo‘lgan ehtiyojini ikkita kompressor ta’minlaydi. Shuningdek kuzovda asbobuskunalarni saqlovchi asboblar shkafi 2, elektrodvigatel 4, tarozi 6, laborotoriya stoli 11, va elektroshkaf 12 o‘rnatilgan. Moyli bo‘yoqlar bilan ishlaganda bo‘yoq haydagich bak va kompressor stansiyadan olib bevosita ob’yektning o‘zida o‘rnatiladi.
Stansiya kuzovni isitish va ventilyatsiya tizimlari, suv ta’minoti tizimi (issiq va sovuq suv) bilan jihozlangan bo‘lib yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan. Stansiyaning elektr jihozlari elektrshkaf va ishga tushirish-tartibga solish apparaturalaridan iborat. Stansiyada uch kishi ishlaydi.
Stansiyaning bo‘yash agregati yarimfabrikatlardan tayyorlash, suzish, ish joyiga yelimli, moyli va sintetik shpaklevkalarni, gruntli tarkiblarni, suv-yelimli, moyli va sintetik bo‘yoqlarni uzatish va yuzaga surishga tayyorlash mexanizmlari bilan jamlangan.

7.25-rasm. Stansiyaning bo‘yash agregati.
Bo‘yoqchilik agregatlari universal bo‘yash qarmoqlari (7.26-rasm, a) havoli (9.25-rasm,b) va havosiz purkovchi forsunkalar bilan jamlangan. Qarmoqlar material shlangga shtuser yordamida birlashtiriladi. Qarmoqning tarkibiy qismlari po‘rkagichni korpusi 1, havo uzatkich 2 havo krani 4 bilan, material uzatkich 3 yurg‘izuvchi skoba 5 bilan, Po‘rkagichni korpusiga almashuvchi forsunkalar gaykalar 8 bilan mahkamlanadi.

7.26-rasm. Bo‘yoq tarkiblarini surtish uchun universal qarmoqlar.
Hozirgi davrda shahar qurilishi ob’yektlarida katta hajmli ishlarda ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyalari bo‘yoq tarkiblariga qayta ishlov berish, tashish va surish bo‘yicha asosiy va samarali vositadir. Ish hajmi nisbatan kichik ob’yektlarda vintli nasos asosidagi ko‘chma bo‘yoqchilik agregatlari qo‘llaniladi.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling