Ma`ruza №13. Kompleks hosil qilish usuli. Kompleksonlar, ularning turlari va tuzilishi. Indikatorlar nazariyasi. Usulning analizda qo`llanilishi va ahamiyati


Download 359.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi359.07 Kb.
#1027800
1   2
Bog'liq
13-ma`ruza

To'g'ri 
titrlash. Indikatorning ekvivalent nuqtada (oxirgi nuqtada) rang 
o'zgarish aniq va ravshan bo'lsa to'g'ri titrlash usuli qo'llaniladi. 
Masalan, Mg
2+
, Ca
2+
, Ba
2+
, Sr
2+
, Zn
2+
, va boshqa kationlar mureksid 
indikatori ishtirokida Trilol B bilan to'g'ri tirlash usulidan foydalanib aniqlash 
mumkin. 
Bunda aniqlanadigan eritma aniq hajmda olinib (kamida 3 nusxa) bufer 
eritma yordamida ishqoriy muhit hosil qilinadi. (pH=10) indikator sifatida mureksid 
yoki qoraerioxrom qo'llab Trilon B bilan titrlab aniqlanadi.
Teskari 
titrlash. Ekvivalent nuqtada indikatorning rang o'zgarishi aniq 
va ravshan bo'lmasa, teskari titrlash usuli qo'llaniladi. Bunda aniqlanayotgan 
eritmaning ma'lum hajmiga, mo'l miqdorda Trilon B ning ma'lum hajmdagi 
eritmasidan qo'shiladi, eritma reaktsiya tugagunga qadar qizdiriladi va sovutilib, 
Trilon B ning ortiqcha miqdori magniy tuzlari eritmasi bilan titrlanadi. Ekvivalent 
nuqta magniy ioni bo'yicha indikator yordamida belgilanadi. Bu usul stronsiy, galliy 
ionlarini aniqlashda, hamda gidroliz xalaqit qiluvchi kationlarni aniqlashda 
qo'llaniladi. 


O'rinbosarni titrlash. Bu Trilon B ning magniy kationi bilan boshqa 
kationlarga nisbatan beqarorroq kompleks hosil qilishiga asoslangan. Trilon B ning 
magniyli kompleksiga aniqlanadigan metall kationlari qo'shiladi. 
Ajralgan Mg qoraxromogen ishtiroqida Trilon B bilan titrlanib aniqlanadi. 
Alkalimetrik titrlash. Bu Triton B ta'sirida [H+] iоnlari ajralib chiqishiga 
va uni fenolftalein indikatori ishtirоkida ishqоr eritmalari bilan titrlab aniqlashga 
asоslangan.
Kоmpleksоnоmetriyada titrlash reaktsiyalari kооrdinatalarda (pM - hajm 
bоg'liklik asоsida), lоgarifmik egrilik оrqali mоdellashtiriladi. Juda aniq hisоblar 
uchun raqоbat reaktsiyalarni hisоbga оladigan a - kоeffitsienti funktsiyasidan 
foydalaniladi: 
Titrlash 
egrisining 
sohasi. 
a ni (pH >>10)hisobga olmasdan 
a ni (pH < 10) hisobga olib 
Ekvivalent 
nuqtagachaa 
pM = -lg Cm 
pM = -lg Cm 
Ekvivalent 
nuqtada 
PM =2(lg Kmy-lg Cm) 
PM =2(lg K'my-lg Cm) 
Ekvivalent 
nuqtadan 
keyin 
PM= lg Cm+ lg Kmy+ lgC -Cm) 
pM = -lg Cmy+lg Cy+ lg Kmy 
Titrlashning sakrash kattaligi (tikligi) reaktsiyaga kirishuvchi moddalar 
kontsentratsiyasiga (kontsentratsiya yuqori bo'lsa sakrash baland bo'ladi), 
kompleksning barqarorlik konstantasiga (qancha katta bo'lsa, kompleks shuncha 
barqaror) va temperaturaga bog'liq bo'ladi. 
pCa 
Nazorat savollari 
1.Ekvivalent nuqta qanday usullar bilan aniqlanadi? 
2.Kompleksonometriyada qanday titrlash usullari bor? 
3.Kompleksonometrik egri chiziqlari qanday tuziladi? 
4.Titrlashning sakrash kattaligi nimalarga bog'liq? 
5.Titrlash xatolari qanday hisoblanadi? 
6.Kompleksonometriya amalda qaerlarda qo'llaniladi?
7.Suvning umumiy qattiqligi bu usul bilan qanday aniqlanadi? 



Download 359.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling