Ma’ruza №14 Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi Tayanch iboralar


Download 453.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi453.69 Kb.
#1763225
  1   2   3   4
Bog'liq
Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi



96 
Ma’ruza №14 
Qattiq va suyuq materiallarning harakatlanishi 
Tayanch iboralar: gaz oqimi, faol yuza, pechlarda issiqlik almashinuvi, changning chiqib ketishi, 
tabiiy yoki majburiy eritmalar konveksiyasi, qatlam orqali mexanik aralashma orqali gazlarning 
o‘tishi, tabiiy qiyalik, dinamik burchak, statik burchak, sinish burchagi, pechning burilish burchagi, 
aylanalar soni, issiqlik almashinuvi, massaalmashinuvi, separatsiya, yuklanayotgan gorizont, shixta 
gorizonti, cho‘ktirish tezligi, issiq shlak, fyuminglash. 
 
Reja: 1. Barabanli aylana pechlarda materiallarni harakatlanishi.
2. Mayda bo‘lakli materiallarni harakatlanishi.
3. Gazlar o‘tayotgan qatlamlarda qattiq materiallarni harakatlanishi.
4. Mayda materiallarni harakatlanishi. Vannada eritmalar harakatlanishi.
5. Elektrpechlarda shlakning konvektiv harakatlanishi. Gaz harakatlanishda shixta ta‘siri. 
Qattiq va suyuq materiallarning harakatidagi o‘ziga xosliklar

Qattiq va suyuq materiallarning metallurgiya pechlarida harakati – juda muhim jarayon 


bo‘lib, pechlar ish ko‘rsatkichlari va konstruksiyalariga ta’sir qiladi, ayniqsa materiallar harakati 
quyidagilarga bog‘liq: fizik-kimyoviy yoki issiqlik almashinuvi jarayonlarida ishtirok etayotgan 
faol yuza kattaligi; pechlarning turli zonalarida materialning bo‘lish vaqti; pechlardagi issiqlik 
almashinuvi, chang chiqishi va h. Metallurgiya pechlarida materiallarning harakatlanish 
qonuniyatlari va xarakterini o‘rganish eng boshlang‘ich bosqichda joylashgan bo‘lib, jarayonning 
oxirgi vaqtigacha bunga etalicha e’tibor berilmagan. 
Pechlarda materiallar harakati turlarining ko‘pligiga qaramay keyingi o‘ziga xos turli xil 
xarakterga ega:
1. qattiq materiallar uchun —quyidagi sababga ko‘ra amalga oshuvchi harakat: 
a) materialning aralashishi va ag‘darilishi; 
b) material qatlami orasidan gazlarning o‘tishi; 
v) material qatlamlarining gazlanishi yoki eritilishi; 
g) gaz oqimlari bilan mayda material zarralarining birga uchishi. 
2. Suyuq materiallar uchun — quyidagi sabablarga ko‘ra amalga oshuvchi harakat: 
a) eritmalarning tabiiy yoki majburiy konveksiyasi; 
b) eritmalar qatlamlari orqali gazlarning o‘tishi; 
v) eritmalarning turli zichliklari; 
g) eritmaning mexanik aralashishi. 
14.1-rasm. Barabanli aylanuvchi 
pechlarda materiallarning harakatlanishi 


97 
Avval pechlarda qattiq materiallar harakatlanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Qattiq mayda bo‘lakli materiallarning qatlamda harakati aralashish va ag‘darilish natijasida 
qatlamda ko‘p tubli va barabanli quydirish pechlarida asosiy jarayondir. Avvalambor qattiq 
materiallarning pechlarda harakatlanishi qonuniyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Qattiq mayda zarrali materiallar qatlamda aralashtirish va ag‘darilish natijasida harakat 
qiladi – bu ko‘p tubli va barabanli kuydirish pechlarining asosiy jarayonidir.
Barabanli aylanuvchi kuydirish pechlarida shixta qalinligi 300-800 mm qalinlikdagi segment 
ko‘rinishda aylanuvchi baraban tomoniga yaqin joylashadi (14.1-rasm). Segment aylana bo‘lagi 
egilish burchagi qayta ishlanayotgan materiallarning tabiiy qiyaligi burchagiga teng va o‘rtacha 27-
35
o
tashkil qiladi. Odatda barabanning kesimi shixta bilan 10-20% ga to‘ldiriladi, bunda aylana 
bo‘lagi uzunligi l
xor
baraban diametrini 0,7—0,8 qismini tashkil qiladi. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, aylanuvchi barabanli pechlarda materiallarning harakati juda 
murakkabdir. Material aylana bo‘lagining yuqori qismidan pastki qismiga davriy lavina shaklida 
to‘kilib tushayotgan shixta porsiyalari ko‘rinishida harakatlanadi. To‘kilib tushayotgan shixta 
miqdori 14.2 rasmdagi sxemada ζ burchak bilan xarakterlanuvchi AOV kontur bilan ko‘rsatilgan, 
uni shixtaning bo‘linish burchagi deb atash mumkin. SHixta bo‘lagi pastga tez to‘kilib tushgandan 
keyin shixta yuzasi yana qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi, chunki uning gorizontga nisbatan egilish 
burchagi φ sinish burchagi ζ kattaligidan kichik bo‘ladi. Pech barabani ushbu burchakka 
aylanmaguncha va shixta yuzasi yana AA holatni egallamaguncha ochiq yuzada bo‘laklarning 
harakati bo‘lmaydi. Shixta AA holatga etganda yana AOV maydonga to‘kiladi va h. Bundan kelib 
chiqadiki, ochiq yuzada shixtaning harakati yuza qatlamning pastga davriy to‘kilishi bilan 
xarakterlanib, ularning orasida shixtaning yuza qatlami qo‘zg‘almasdir. Har bir to‘kilganda 
shixtaning faol yuzasi yangilanadi va yangi qatlamlar ochiladi. Bo‘linish burchagi ζ shixta 
materiallarining fizik xossalariga hamda baraban aylanishi soniga bog‘liq. 
Barabanli pechlar xarakteriga ko‘ra aylanishlar soni p=1÷2 ga teng bo‘lganda ζ = 10÷12° 
bo‘ladi. Aylanishlar soni 3-5 gacha ortganda sinishning burchak qiymati shixtaning to‘kilish 
xarakteri sifatiga ko‘ra hamda davriy to‘kilishlardan to‘xtovsiz xarakatgacha o‘tishida keskin 
nolgacha tushadi. Materialning pechdagi tabiiy dinamik qiyalik burchagi β material tabiiy qiyaligi 
statik burchagi φ bo‘linish burchagi ζ kattalidan ortiq bo‘ladi. 
Transport qurilmalari kabi barabanli pechlarning ishlab chiqarish quvvati oldin chiqarilgan 
qattiq va suyuq materiallar harakatining asosiy tenglamasi asosida olinadi: 





Download 453.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling