Ma’ruza 15 ma’ruza mavzusi dispetcherlik markazlashtirishning «neva» va «luch» tizimlari dispetcherlik markazlashtirishning
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
15-MA\'RUZA
АG
N ) 20 3 2 1 4 5 6 3 6 С N АG guruh obyektlari Guruh obyektlari manzili kodli kombinatsiya a 1 dan 20 gacha raqamlangan. 19÷30 gacha bo‘lgan simvollar TB ko‘p taktli signalning operativ qismi hisoblanadi. Ko‘p taktli signalning bu qismida komandalar konkret obyektlarga uzatiladi. Operativ qismida marshrutdagi strelkalarni o‘tkazishga komanda berish (“marshrut” komandasi) va bu marshrutni to’suvchi svetoforlarni boshqarish uchun sirkulyar xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Shuning uchun operativ qism guruhlari 2 ta kichik guruhlarga bo‘linadi. Birinchi kichik guruh №19 dan №26 gacha 8 simvolga ega. Birinchi kichik guruh kodini, agar S 2 4 teng vaznli kodga juft taktlarda to‘g‘ri va inversli takrorlash (simvollarni) kodini tuzish qonunini qo‘llab olish mumkin. S 2 4 kodi minimal kodlararo masofa d=2 ga ega. Bu kodga yanada juft taktlarda to‘g‘ri va inversli takrorlash kodini tuzish qonunini qo‘llash, kod masofa sonini uzaytirish (d 01 =4 gacha ) imkonini beradi, bu esa kutilmaganda paydo bo‘ladigan xato komandalar ehtimolini kamaytiradi. Birinchi kichik guruh komandasi soni bo‘yicha tizim sig‘imi ( 01 N ): 12 2 1 3 4 2 C 2 ' N 2 4 01 ta buyruq Namunaviy loyiha yechimlarda «11110000» va «00001111» kombinatsiyali simvollar komandasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan. Shu sababdan ikkinchi kichik guruh 27 dan 30 gacha bo’lgan 4 simvoldan tashkil topgan. Bu guruhda teng vaznli S 2 4 kodidan foydalaniladi. Ikkinchi kichik guruh komandalar soni bo‘yicha tizim sig‘imi: 10 2 12 N 01 ta buyruq Tizimda ikkinchi kichik guruh komandalaridan maxsus foydalanish ko‘zda tutilgan va u 8-jadvalda keltirilgan 6 2 1 3 4 С ' N 2 4 02 ta buyruq 8-jadval B uyruq № Simvollar Buyruqlar nomlanishi 27 28 29 30 1 – 10 guruhlar 11–15, 17–20 guruhlar 16 guruh Svetofor ocxilsin S ve tofor boshqa ruvi be lgi lar i 1 1 0 1 0 a) toq poyezdli 2 0 1 1 0 b) juft poyezdli 3 1 0 0 1 v) toq manyovrli 4 0 1 0 1 g) juft manyovrli 5 1 1 0 0 Svetofor yopilsin Belgi 6 0 0 1 1 Belgi Maxsus ishlatishning maqsadi shundan iboratki, ikkinchi kichik guruh buyruqlarini ishlatish guruh manziliga bog‘liq. Misol uchun, agar 1÷10 guruhlarning biriga komanda berilsa, u holda birinchi kichik guruhga marshrutdagi strelkalarni o‘tkazishga 10 tadan 1 ta komanda uzatilishi mumkin, ikkinchi kichik guruhda esa svetoforlarni boshqarishga 1-15 raqamli 5 dan 1 ta komanda berilishi mumkin. Agar 1-10 guruh birida manzilning qabul qilish va uzatish protsessi 11–20 gacha guruhlarning biri manziliga o‘tsa u holda: a) agar o‘tkazilgan guruhlar manzili 16 bo‘lsa, u holda komandalar bajarilmaydi, chunki ikkinchi kichik guruhda 1 dan 5 gacha bo‘lgan komandalardan bittasi qabul qilinadi, u mas’uliyatli komanda bo‘lmasa; b) agar o‘tkazilgan guruh manzili 11÷15 yoki 17÷20 raqamidan biri bo‘lsa, u holda ikkinchi kichik guruh komandalar qabuli 1,2,3,4, birinchi kichik guruhdagi 6 komanda bajarilmaydi, chunki ikkinchi kichik guruhda 5 komanda yo‘q. Ikkinchi kichik guruhda 5-komanda qabuli birinchi kichik guruh yolg‘on komandasi bajariladi, lekin 5 komanda 2 kichik guruhga juda kam uzatiladi, chunki ES svetoforlari poyezd bilan yopiladi. 11÷20 dan 1÷10 guruh manzillaridan har qaysi manzillarni o‘tkazishni kuzatish orqali fikrlab ko‘rish mumkin. Umuman keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, TB ko‘p taktli signalning operativ qismi. Ikkinchi kichik guruh komandalari maxsus foydalanilganda, signallarni qabul qilish tizimidan himoyalanish kuchayadi. 1÷10 guruhga komandalar qabul qilish bo‘yicha tizim kattaligi (𝑁 𝑂𝐺 ): 𝑁 01 = 10 𝑔𝑢𝑟𝑢ℎ (10 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 1 𝑐ℎ𝑖 𝑔𝑢𝑟𝑢ℎ𝑑𝑎𝑛 + 5 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 2 𝑐ℎ𝑖 𝑔𝑢𝑟𝑢ℎ𝑑𝑎𝑛) = 150 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞. 11–20 guruhdagi komanda qabuli bo‘yicha tizim sig‘imi: 𝑁 02 = 10 𝑔𝑢𝑟𝑢ℎ ∙ 10 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 = 100 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 . Bitta stansiyaga komanda qabuli bo‘yicha tizim sig‘imi (𝑁 𝑠𝑡 ): 𝑁 𝑠𝑡 = 𝑁 01 + 𝑁 02 = 150 + 100 = 250 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 . Teleboshqaruv komandalari bo‘yicha tizim sig‘imi (𝑁 𝑇𝑈 ): 𝑁 𝑇𝑈 = 𝑁 𝐴𝑆 ∙ 𝑁 𝑠𝑡 = 32 ∙ 250 = 8000 𝑏𝑢𝑦𝑟𝑢𝑞 . TS ko‘p taktli signallar tuzilishi va strukturasi, kanallarning chastotali spektri, impulsi belgilari soni va boshqa qolgan TS kanali harakteristikalari bo‘yicha «Luch» tizimi bir xil. «Luch» va «Neva» tizimi TS ko‘p taktli signallar qabuli va uzatish dekadalari mantiqiy sxemasi ham bir xil. Ularning bir-biridan farqi prinsipial sxemada, «Luch» tizimida musbat mantiq ishlatilsa, «Neva» tizimida manfiy mantiq qo‘llaniladi, musbat mantiqda kremniyli yarim o‘tkazgichlarda foydalanilsa, manfiy mantiqda germaniyli yarim o‘tkazgichlar elementlari ishlatiladi. TB ko‘p taktli signali qabuli va uzatishning soddalashgan tuzilmaviy sxemasi 30.2-rasmda ko‘rsatilgan. «Luch» tizimi kodli qurilmalari «1P»÷»4P» to‘rtta boshqaruv uskunalariga ulanishga mo‘ljallangan. «1P» va «2P» boshqaruv uskunalari sifatida pult- manipulyatorni ishlatish mumkin, chunki u bir tizimni ikki dispetcherlik uchastkalarini boshqarish uchun, agar tizim sig‘imining imkoni bo‘lsa, ishlatsa bo‘ladi. «3P» boshqaruv uskunasi energodispetcher tomonidan boshqarilsa, «4P» aloqa dispetcheri tomonidan boshqariladi. SGL blokida chastotani kvarsli stabilizatorli taktli impuls generatori joylashgan. Shu blokning o‘zida 500gs chastotali teleboshqaruv signallari kuchaytirgichi ham joylashgan. LG blokidan fazalar ajratkichi deb nomlangan fazali impuls belgilar generatori ishi ta’minlanadi. 1P-4P pultidagi Dispetcherning harakatlari ularning ish o‘rinlari 1N-4N bu ishchi o‘rinlari terish guruhlari orqali fiksatsiyalanadi. 30.2-rasm. «Luch» tizimining tuzilmaviy sxemasi Terish guruhlaridan informatsiya SH-TB shifrator kanali taqsimlagichga, KRM ishchi o‘rinlari kommutatori orqali uzatiladi, u bir necha ishchi o‘rinlaridan TU ko‘p taktli signallarni uzatish ketma-ketligini ta’minlaydi. KRM SGG dan impulslar olib, TB signalini uzatish uchun tayyorlangan terish guruhi izlash rejimida ishlaydi. Bunday terish guruhi kuzatilgandan so‘ng, izlashlar terilgan TB signalini uzatish tugallanguncha signali olingandan so‘ng qidiruv yangilanadi va SH-TB ni boshlang‘ich poziyatsiyaga o‘rnatilgani haqida VTB dan signal uzatish tuguniga uzatiladi. KRM tugunida uzatish uchun tayyorlab qo‘yilgan TB signali bor bo‘lganda VTB uzatish ulanish tuguni ishlab ketadi, unda SH-TB ga 16ms oraliq taktli impulslar jo‘natiladi, ular TB ko‘p taktli signalni uzatish jarayonida, yangi pozitsiyaga shifrator kanalining ketma-ket ulanishini ta’minlaydilar. Oxirgi (31) pozitsiyada SH- TB VTB ga uzatish tugallangani signalini uzatadi. Shundan keyin VTB KRM dan signal olib, SH-TB boshlang‘ich pozitsiyaga o‘rnatiladi. VTB shifratorni boshlang‘ich pozitsiyadagi va TB signali uzatilmayotgani nazorat qiladi. Bu shart bajarilganda VTB M-TB modulyatsiya tuguniga SS siklli sinxronlash signalini uzatishga ruxsat beradi. SH-TB tuguni TB ko‘p taktli signalining M-TB 31-modulyatsiya tuguniga zanjiri ketma-ket ulanishi uchun xizmat qiladi, bu taktlarning mantiqiy belgilari holatini aniqlaydi. SGL generatori TB kanaliga 500gs signal jo‘natib, to‘xtovsiz ishlaydi. SGL generatori bir vaqtning o‘zida chastotasi 1000 imp/s impuls ajratadi, buni TS kanali qabul qilish apparati uchun ajratadi. TB kanaliga informatsiya chastotasi 500Gs bo‘lgan va fazasi ± 120 0 ga o‘zgaradigan signal orqali uzatiladi. Shu maqsad bilan SGL generatoriga RF fazalar ajratkichidan chastotasi 500gs li 3 ta signal tushadi. TB ko‘p taktli signalni M-TB modulyatsiya tuguniga uzatishda har bir takt uchun RF chiqishi berilgan kodli kombinatsiya tuzishini aniqlaydigan, kerakli faza uchun tanlanadi. SGL generatorida bu chiqishdan signal kuchaytiriladi va kodli liniyaga yuboriladi. SGL generatori FAL filtri orqali kodli liniyaga ulanadi, u TB kanalining past chastotali zanjirlari va yuqori chastotali TS kanallarining ajratilishini ta’minlaydi. SS sikli sinxronlash signallari tuziladi va TB kanali bo‘yicha SS sinxron tugunlar OGR yordamida uzatiladi. Bu tugunlar birgalikda SS signalini yuborish momentini aniqlaydi, MTB modulatsiya tuguniga ta’sir ko‘rsatadi, kodli liniyaga SGL generatori kerakli faza orqali signal belgilab jo‘natadi. Bundan tashqari, SS tuguni TB ko‘p taktli signallarni TB va SS signallariga bir vaqtda uzatishni ta’minlamaydi. Agar KRM tugunida TB ko‘p taktli signali tayyorlab qo‘yilgan va uzatilayotgan bo‘lsa, u holda SS tuguniga KRM tugunidan SS signalini uzatishga ta’qiqlash signali barcha LPlar bilan qabul qilinadi. TB va TS kanallari har bir LP qurilmalari ajratish kondensatorlari, liniya transformatorlari TB (LT2) va TS (LT1) alohida kanallari orqali kodli liniyalarga ulanadi. 50Gs chastotali TB signali LT2 transformatori orqali to‘xtovsiz pul liniya kuchaytirgichiga tushadi. Bu signal LUL blokida o‘rnatilgan chastota 1500Gs mahalliy generatorni sinxronlaydi, u to‘xtovsiz chastotasi 1500 imp/s li taktli impulsni fazalar ajratkichi RF sxemasiga berib turadi. RF ajratkich fazasida har xil fazali 3 ta signal ishlab chiqiladi. TB kanalidan kelayotgan signal fazasi bo‘yicha bu 3 ta signal bilan solishtiriladi. Solishtirish natijasida uchta chiqishlari birida «1» signali paydo bo‘ladi. TB ko‘p taktli signalli tuguni bilan yoki «SS» signalining tushishi bilan «1» Lul ning chiqishlarida turli ko‘rinishlarda ketma-ket paydo bo‘la boshlaydi. DMU demodulyator sxemasi bu o‘zgarishlarni tahlil qiladi va TB signalidagi («1» yoki «0») simvollari tarkibini aniqlaydi. DMU chiqayotgan signallar SS sinxronlash tuguniga beriladi, u esa o‘z navbatida TB va SS signallarini ajratib beradi. US tuguni sxemasi LP dagi TB uskunasining 2 xil holatini, ya’ni qabul qilish va tinchlanish signallarini ajratib beradi. Tinchlanish holatida US TB uskunasi boshlang‘ich holatini fiksatsiyalaydi. SS signallarini yoki ko‘p taktli TB signalining qabuli boshlanganda US tuguni holatning o‘zgarishini fiksatsiyalaydi. Agar bunda SS signali qabul qilinsa, u holda US tuguni uni TS qurilmasiga ishlatish uchun uzatadi, agar TB ko‘p taktli signal bo‘lsa, u holda u DMHU deshifratoriga uzatiladi. DMHU deshifratori bu informatsiyani tahlil etib, tahlil etilgan informatsiyani VU chiqish zanjirlari orqali TB ko‘p taktli signal yo‘llangan LP ning RTB registriga uzatadi. RTB registri informatsiyani eslab qolib, UR boshqaruv relesiga ta’sir ko‘rsatadi, u esa o‘z navbatida TB ko‘p taktli signal yo‘llangan LP ning SS qurilmasiga ta’sir ko‘rsatadi. LP dagi uskunaning ishlashini ishonchliligini oshirish maqsadida SKST taktlarni hisoblash nazorati sxemasi mavjud. Bu sxema TB ko‘p taktli signalning har bir taktini, DMHU tugunidagi taqsimlagichning chiqish zanjirining paydo bo‘lganini ta’minlaydi. Agar bu jarayonlar bajarilmasa, u holda DMHU o‘tkazish sxemasi yangi pozitsiyaga o‘tkazilishi to‘xtatib turiladi va TU ko‘p taktli signalni qabul qilish to‘xtatiladi. SKST kirish elektr zanjirlarida 1÷12 taktlarida tutashtirgich o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan, buning natijasida SKST stansiya manzili deshifratsiyasini ta’minlaydi. Shunday qilib, SKST yana birlashtirilgan deshifrator vazifasini ham bajaradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling