Ma’ruza-15: mtmda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil etish uchun uslubiy ko‘rsatmalar


MTMda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil qilishning mazmuni


Download 21.22 Kb.
bet2/2
Sana19.01.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1102064
1   2
Bog'liq
MT-15

MTMda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil qilishning mazmuni
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. MTMda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlar bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni idrok etishda etakchi rol o‘ynaydi. MTMda bayram ertaliklari va ko‘ngil ochar soatlarni tashkil qilishda musiqa rahbarlari — musiqa tinglash; vokal ijrochilik; milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish; bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish; musiqa turlari bilan tanishtirish; ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish; bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirar ekanlar, o‘z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar:

  • musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi);

  • bayram ertaliklari;

  • ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar;

  • nafosat soatlari;

  • badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;

  • musiqiy teatr dramatizatsiyalari;

  • yakka hol ish turlari;

  • to‘garak ishlari.

Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla. Maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lmog‘i zarur.


1Хасанбоева.О.У.Мактабгача таълим педагогикаси. Илм зиё.Т.:2011.115-б.



2«Баркамол авлод йили» Давлат дастури. - Т.: Ўзбекистон, 2010. - 7-бет.

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling