Maruza 18 Dasturlash tillari. Interpolyatsiyalash algoritmi: boxolash funksiyasi, raqamli differensiyali analizatorlar usuli Reja


Download 1.72 Mb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#200261
1   2
Bog'liq
Maruza 18

Kodlashni ikkinchi usulida opravka almashadigan halqalar, shtiftlar yoki boshqa elementlarga ega bo`ladi, elementlarning turli birikmalari yordamida har bir asbobga aloxida kod beriladi. Asbobiy opravkalarni kodlashda asboblar almashuvi soddalashadi, chunki ishlab bo`lgan asbobni shpindeldan magazinga qaytarishda almashuv pozitsiyasiga asbobning dastlabki ini kelishini kutish shart emas, uni birinchi bo`sh inga joylashtirish mumkin, ya`ni opravka magazin ini bilan dasturiy jihatdan bog’lanmagan.

Opravkalarni kodlash usuli bir necha afzalliklarga ega: 1) asboblar magazinning ini bilan xech qanday bog’lanmagan, ularni har qaysi magazin iniga joylashtirish mumkin; 2) kerakli asbobning qidiruvi erkin tartibda amalga oshirilishi mumkin; 3) asboblarni magazinga Yuklashda xatolar keskin kamayadi. Lekin bu usul kamchiliklardan xoli emas: 1) kodli elementlarni opravkaga o`rnatilishi uning konstruktsiyasini murakkablashtiradi, asbob uzunligini kattalashtiradi va natijada aniqlikni pasaytiradi; 2) katta diametrli asboblarni almashtirishda muammolar kelib chiqishi mumkin (ikkita qo`shni inlar bo`sh turishi lozim); 3) ko`p asbobli magazinlarda qidiruv vaqti katta bo`lishi mumkin, chunki qidiruv eng qisqa yo`l bilan amalga oshmaydi; 4) kodli elementlar tufayli asboblarning og’irligi ortadi, bu esa magazin dinamikasini yomonlashtiradi.

Opravkalarni kodlash usuliga oid misol rasm 48 da berilgan.



Rasm 17.11. Opravkalarni kodlash usuliga oid sxema

Magazin inlarini kodlash quyidagi ustunliklar evaziga ko`p operatsiyali stanoklarda keng qo`llaniladi: 1) asbob opravkalarning oddiyligi, bikrligi va arzonligi; 2) asboblarni qidiruv vaqti qisqarishi (eng qisqa yo`l orqali qidiruvni amalga oshirish); 3) katta diametrdagi asboblarni ishlatish va almashtirish imkonligi (qo`shni inlarni o`tkazib o`tish orqali). Lekin bu usulda asboblarni almashuv tsikli murakkablashadi, chunki asbobning har bir almashuvida kerakli inni qidiruvi ikki marta zarur bo`ladi - bir marta almashtiruvchi asbob uchun, ikkinchi marta esa almashayotgan asbob uchun.

Magazin inlarini kodlash ayrim sxemalarini rasm 49 dan ko`rish mumkin. Magazinni talab etilgan asbob bilan ma`lum holatda to`xtatish komandasi kerakli asbob qarshisida magazinga solingan va mikroo`chirgichlar yoki o`qish qurilmalariga ta`sir qiladigan kalit 1 yordamida beriladi. Kalitlar qatorida shtiftlar yoki kulachoklar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin. Rasm 49. Magazin inlarini kodlash sxemasi:a) kodli kalitlar yordamida; b) kulachokli barabanlar bilan

Nazoratsavollari



  1. Kesish asboblarini avtomatik almashuvi mexanizmlari

  2. Asboblarni avtomatik almashuvi mexanizmlari

  3. Revolver kallaklari

  4. Ko`p operatsiyali dastgohlarning asbob magazinlari

  5. Avtooperatorli avtomatik asbob almashuvi qurilmalari

  6. Asboblarni avtomatik almashuvini programmalashtirish

  7. Opravkalarni kodlash

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling