Ma’ruza 18 Lokomotivlarni qum bilan ta'minlash Ma’ruza rejasi


Qum omborlarini jihozlash


Download 70.64 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi70.64 Kb.
#1649202
1   2   3   4
Bog'liq
Ma`ruza 18

4. Qum omborlarini jihozlash.
Texnologik loyihalashtirish me’yorlariga muvofiq nam qum, odatda, qum quritgich binosi oldidagi ochiq maydonda to‘planadi (qar. 24.4.-rasm). Qum quritish qurilmasi mavsumli rejimda ishlashida ombor sig‘imi ishlatilayotgan lokomotivlarni ta’minlash uchun etarli qum joylashtirilishini hamda shu bilan birga kelayotgan qish davriga etarli miqdordagi qumni tayyorlashni ta’minlashi lozim.

bunda - qumni qayta ishlashda va xo‘jalik ehtiyojlari uchun chiqindiga chiqarilishini hisobga olgan koeffitsient (1,03);
— nam qumni mavsumlar bo‘yicha notekis tashib keltirilishi koeffitsienti (1,5- 2,0).
Bundan tashqari, istiqbolli reja bo‘yicha ish hajmining kutilayotgan ortishiga muvofiq nam qum omborining qo‘shimcha maydoni ham zaxiraga olinadi (taxminiy hisob-kitoblarda 20-30% deb olinadi).
Ho‘l qum shtabelining balandligi 3-4 m ga teng deb olinadi. Er osti suvlari quyi gorizontlarida ombor asosini 1 m ga qadar chuqurlashtirilishiga ruxsat etiladi. Quruq qumning zamonaviy omborlari usti yopiq silindrsimon shaklli minora tipidagi, sig‘imi 3000, 800 va 120m3 bo‘lgan temirbeton obmorlar ko‘rinishida tiklanadi. Ular mo‘‘jazligi bilan ajralib, foydalanishda qulay va ishonchli. Ular elevator yoki pnevmotransport qurilmalari yordamida to‘ldiriladi.


5.Qumni quritish va tashish uchun mo‘ljallangan uskunalar
Qum quritish uchun barabanli SOBU-1, SOBU-1M va SOBU-2 (o‘t yordamida quritgich, barabanli, ko‘mirli) quritgichlari ko‘proq qo‘llaniladi. Ular diametri va barabani uzunligi, uning aylanish chastotasi va mos ravishda unumdorligiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar. Unifikatsiyalangan, diametri 1000 mm va uzunligi 5000 mm bo‘lgan barabanli quritgichlar quruq qum bo‘yicha unumdorligi 3225 kg/s ga teng.
Nam qumni ombordan quritish pechi tomon tashib keltirish va uni quritish qurilmasining qabul qilish bunkeriga solish uchun skreper qurilmalari qo‘llanadi. SHu bilan birga skipli ko‘targichlar, tasmali transporterlar ham samarali hisoblanib, unumdorligi kamroq qum quritgichlar uchun esa – elektrotelferlar yaxshi ishlashi mumkin. Quritilgan qum bo‘shatish kamerasida tirqishlari o‘lchami 2 mm bo‘lgan elak oraqli elanib, minorasimon omborga uzatish uchun pnevmotransport uskunasiga, so‘ng qo‘shimcha siqish baklar yordamida tarqatish bunkerlariga kelib tushadi. Namunaviy konstruksiyali barabanli quritgichlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimli tamoyil bo‘yicha ishlab, bunda qum va qaynoq gazlarning harakatlanish yo‘nalishi o‘zaro mos kelib, bu bilan yonish hosilalari issig‘idan samaraliroq foydalanishga erishiladi.
Kam unumli ekipirovkalash punktlarida trubalarda issiqlik yordamida qum quritish qurilmalari uchrab, ular unumdorligi 0,5m3/s dan katta bo‘lmaydi. Qum quritish maqsadida shuningdek elektr pechlarini ham qo‘llash mumkin.
Qum quritish moslamasining bir sutka davomidagi ish unumdorligi
Sp=365Ep/Drki
bunda Dr – qum quritish moslamasining bir yilda ishlagan kunlari soni;
ki – moslamadan foydalanish koeffitsienti (0,85 ga teng deb olinadi).
Qum quritish pechlari soni
mp=Spγp/ tpRpki
bunda γp – quruq qum zichligi, kg/m3
tp – pechning bir sutkada ishlagan soatlari soni, s;
Rp- pechning quruq qum bo‘yicha ish unumdorligi, kg/s.



24.5-rasm. Unifikatsiyalangan barabanli quritgichli qum quritish qurilmasi:
1 – kompressor uskunasi; 2 – siqilgan havo rezervuari; 3 – tutun so‘rish uskunasi; 4 – quruq qum ortish patrubkasi; 5 – havo puflash ventilyatori; 6 - o‘txona: 7 – tayanch qurilmasi; 8 - quritish barabani: 9 - yuritish mexanizmi; 10 – quruq qum bunkeri; 11 – qabul qilish patrubkalari; 12 – tutun so‘rish tizimi patrubkasi; 13 – bo‘shatish kamerasi; 14 – qum saralash “cho‘ntagi”



Qum tarqatish bunkerlari sig‘imi kamida uch soatlik qum sarfi miqdoridagi zaxirani ta’minlashi talab etiladi. SHunga bog‘liq holda o‘lchami 3m3 sig‘imli namunaviy bunkerlar kerakli miqdorda tanlab olinadi.
Qumning yuqori darajadagi abrazivligi qum o‘tkazgichlarning jadallik bilan edirilishini keltirib chiqaradi. Qum bilan ta’minlash kommunikatsiyalari ishonchliligini oshirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: burilish va uzib-ulagichlari soni minimal bo‘lgan, uzunligi imkon qadar kaltaroq bo‘lgan trassalarni yotqizish, quvurlarning edirilishga moyil elementlarini yasashda edirilshga chidamli konstruksiyalardan foydalanish, trubalarni aniq montaj qilish, bufer qurilmalarini qo‘llash va h.k.
Qum quritish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish va lokomotivlarni qum bilan ta’minlashda texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish zarur. Barabanli quritgich qozonini mo‘ri hamda havo haydash ventilyatorini yoqib, hamda himoya ko‘zoynagi va brezent qo‘lqop kiyib tozalash shart. Qum quritgichning likopchasimon ta’minlagichining chiqish teshigini faqat ta’minlagich to‘xtatilganidan so‘ng tozalashga ruxsat etiladi. Bunda asosiy e’tibor qum quritish xonasini filtrlash va namlash, hamda havoni konditsionerlash qurilmalarini qo‘llagan holda ventilyasiya qilishga qaratiladi.


Nazorat savollari:
1. Lokomotivlarni qum bilan ta’minlash qurilmalari
2. Qum ta’minotini tashkil qilish
3.Sarfni me’yorlashtirish va qum zaxirasini aniqlash
4.Qum omborlarini jihozlash
5.Qumni quritish va tashish uchun mo‘ljallangan uskunalar


1 McGuirk, Marty «The Model Railroader's Guide to Locomotive Servicing Terminals: Modeling Servicing Facilities & Operations on Any Layout» Kalmbach Publishing Co ,U.S. (2003) p 215-220

Download 70.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling