Olingan bu natijalar asosida urinma kuchlanishlar epyurasi 3.7–chizmada qurilgan. - Olingan bu natijalar asosida urinma kuchlanishlar epyurasi 3.7–chizmada qurilgan.
- Qo’shtavrli kesim. Qo’shtavr kesimli yuza shu bilan xarakterliki, kesimning eni qo’shtavr devoridan tokchasiga o’tishda keskin o’zgaradi (3.8,a-chizma). Urinma kuchlanishning kesim balandligi bo’ylab o’zgarish qonunini (3.9) formuladan foydalanib aniqlaymiz.
- Yuqorigi 1 nuqtada urinma kuchlanish bo’ladi, chunki kesim yuzasi bu nuqtadan pastda joylashgan, shuning uchun ham x o’qiga nisbatan statik momenti nolga teng bo’ladi (3.8,b-chizma).
- Tokchaning pastki qirrasidan o’tuvchi chiziq ustki qismiga tegishli 2 chi nuqtasidan yuqoridagi yuzaning x o’qiga nisbatan statik momenti va shu nuqtadagi urinma kuchlanish quyidagi formulalardan aniqlanadi:
- (3.15)
- Tokchaning pastki qirrasidan o’tuvchi chiziq pastki qismiga tegishli 2 chi nuqtadan pastdagi devorning yuqorigi chizig’iga tegishli 2 chi nuqtasidan yuqoridagi yuzaning x o’qiga nisbatan statik momenti va shu nuqtadagi urinma kuchlanish quyidagi formulalardan aniqlanadi:
- (3.16)
- Devoriga tegishli ixtiyoriy k nuqtasidan yuqoridagi yuzaning x o’qiga nisbatan statik momenti quyidagi formuladan aniqlanadi:
- (3.17)
- Qo’shtavr og’irlik markazi, nuqtasidan yuqoridagi yuzaning o’qiga nisbatan statik momenti va shu nuqtada urinma kuchlanish maksimum qiymatga erishadi, ular quyidagi formulalardan aniqlanadi:
- (3.18)
- Yuqorida keltirilgan formulalar yordamida aniqlangan qiymatlari bo’yicha urinma kuchlanish epyuralari 3.8,a-chizmada qurilgan. 3.8,a-chizmadan ko’rinadiki, urinma kuchlanishlar epyurasi o’qiga simmetrik bo’lib, qo’shtavr balandligi bo’yicha kvadrat parabola qonuni asosida o’zgarar ekan. To’singa ta’sir etayotgan kuchning 90% dan ko’prog’i qo’shtavr devoriga tushadi.
- Urinma kuchlanishlarning juftlik qonunidan ma’lumki, qo’shtavr tokchasining har bir nuqtasida bilan urinma kuchlanishlar hosil bo’ladi. Urinma kuchlanishlarni foydalanib aniqlasak, kesim eni keskin o’zgarishi munosobati bilan urinma kuchlanish epyurasida sakrash ro’y beradi 3.8,a-chizmada ko’rsatilgandek. Qo’shtavr tokchasi eni bo’yicha urinma kuchlanishlar tekis taqsimlanmaydi, shuning uchun ham urinma kuchlanishni (3.9) formuladan aniqlab bo’lmaydi.
- Qo’shtavr tokchasi qalinligi bo’ylab urinma kuchlanishlar bir tekis taqsimlangan deb faraz qilsak, ularni (3.9) formuladan foydalanib aniqlash mumkin.
- Tokcha yuzaning x o’qiga nisbatan statik momenti va shu nuqtadagi urinma kuchlanish quyidagi formuladlardan aniqlanadi (3.9-chizma):
- (3.19)
Do'stlaringiz bilan baham: |