Ma'ruza №19. Mantiqiy elementlar asosidagi trigger sxemalari


Download 125.61 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi125.61 Kb.
#1642235
  1   2   3
Bog'liq
4- Ma\'ruza

Ma'ruza №19. Mantiqiy elementlar asosidagi trigger sxemalari




Reja:
1. Triggerlar.
2. Asinxron RS – trigger.
3. Sinxron RS – trigger.
Tayanch so'z va iboralar
Trigger, integral trigger, axborotni eslab qolish xususiyat, asinxron RS – trigger, Sinxron RS – trigger.
Triggerlar

Ikki turg‘un (“1” yoki “0”) holatga ega bo‘lib, bir turg‘un holatdan ikkinchisiga tashqi ishga tushurish signali ta’sirida sakrab o‘tadigan elektron qurilmalar triggerlar deyiladi.


Triggerning ikkita chiqishi bo‘lib, ulardagi signallar (kuchlanishlar) biri shartli ravishda “0” bo‘lsa, ikkinchisi “1” bo‘ladi (4.1 - rasm).



Trigger ikki turg‘un holatga ega bo‘lgani uchun t1 t2 vaqt oralig‘i Uchiq1 dagi signal kuchlanishning “0”, Uchiq2 dagi signal kuchlanishning “1” – qiymatlariga mos bo‘ladi. Bu holatda trigger ishga tushirish impulsi UTI berilmaguncha turg‘un turadi. t2 vaqtda UTI ta’sirida chiqish kuchlanishlari triggerning har ikkala chiqishida teskarisiga o‘zgaradi va trigger ikkinchi turg‘un holatda, ya’ni t2 t3 vaqt oralig‘ida Uchiq1 da “1”, Uchiq2 da esa “0” signal hosil bo‘ladi. Demak, triggerning ikkala chiqishidagi signallar qarama – qarshi fazada o‘zgargani uchun birinchi chiqish turg‘un chiqish (Q), ikkinchisi esa inkor chiqish ( )deyiladi.


Triggerlar ilgari tranzistorlarda yaratilgan bo‘lsa, xozirgi vaqtda integral mikrosxema ko‘rinishidagi “VA – ЭМАС”, “YOKI – ЭМАС” kabi mantiqiy elementlarda yoki integral mikrosxema ko‘rinishida tugal element (integral trigger) sifatida yaratilmoqda.
Triggerlarning “1” yoki “0” tirg‘un holatda ishga tushirish impilsi ta’sirigacha turishi uning raqamli axborotni ma’lum vaqtgacha eslab turish xususiyatiga ega ekanligini bildiradi. Bunday xususiyatga ega bo‘lishga sabab uning xolatiga faqat tashqi signal emas, balki chiqishdan kirishga qayta berilayotgan teskari bog‘lanish signalining ham ta’sir etishidir.
Triggerlarning axborotni eslab qolish xususiyatga ega ekanligi ulardan murakkab hisoblash (summatorlar, hisoblagichlar), xotirlash qurilmalari (registrlar), elektron relelar va boshqa qurilmalar yaratish imkonini beradi.
Triggerlarning bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi ikkita (RS – trigger ) yoki bitta (D va T – triggerlar) ishga tushurish signali manbalari ta’sirida sodir bo‘ladi. Bunday ishga tushirish signali manbalarini axborot manbalari, bu signallarni qabul qiladigan trigger kirishlari axborot kirishi deyiladi.
Triggerlarni boshqarish, ya’ni ularga axborot yozish usuli ikki xil bo‘ladi: asinxron va sinxron. Asinxron usulda triggerni boshqarish faqat ishga tushirish signalidan bo‘lsa, sinxron usulda bu signaldan tashqari , alohida takt signali bo‘ladi. Bu signal triggerga ishga tushirish signalini qabul qilishga yoki qabul qilmaslikka ruxsat beradi.
Integral mikrosxema ko‘rinishidagi triggerlarning quyidagi turlari bor:
RS – triggerlar, D – triggerlar, T – triggerlar, JK – triggerlar va xakozo.

Download 125.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling