Korpusning singan panjalarini tiklash. Tutash ulanayotgan qirralari 300 burchak ostida ikki tomondan chuqurligi qalinligining kamida 1/4 qismida qirqiladi. Uning diametri detal qalinligining kamida yarmiga teng bo’lgan po’lat chiviqdan 2 - 3 ta burama mix 2 (4-rasm) yasaladi. Panjaning asosiy 3 va singan 1 qismlarida teshik parmalanadi va ularna rezba qirqiladi. Burama mixlar 2 ni asosiy detal 3 ga burab kiritiladi va ularga singan qismini kiygiziladi. Gaz payvandlagich bilan shu bo‘lim yuqorisida keltirilgan texnologiyaga muvofiq singan qism 1 ni asosiy qismga payvandlab ulanadi. Choklar metall shchetka yordamida tozalanadi.
Rezba teshiklarini tiklash. Mahkamlanadigan teshiklar rezbalarining eskirishi va buzilishi tez-tez mashinani fundamentga o’rnatish va undan echish jarayonlarida yoki boltlarni katta kuch bilan tortishda sodir bo’ladi. Po’lat korpuslar eskirgan rezbali teshiklari elektr yoy payvadlagichlari yordami bilan payvandlanadi, parmalab yangi teshik ochiladi va shu diametrdagi rezba qirqiladi. Cho’yan va alyuminiy korpuslarda eskirgan rezbali teshiklar kattaroq diametrda teshiladi shu diametrdagi rezba ochiladi. Shundan so’ng futorka (boltga o’xshash detal) tayyorlanadi, uni ochilgan rezbali teshikka buraladi va ulanmani avvalgi diametrda parmalab teshiladi va ilgarigi diametrda rezba ochiladi.
Alyuminiyli detallarda boltlarni shpilkalarga almashtirgan maqsadga muvofiq. Avval korpusda elim bilan shpilka mahkamlanadi, unga detal detal joylashtiriladi va gayka bilan mahkamlanadi. Bunday holatda mashinaning o’rnatish va echish jarayonlarida mahkamlash qismlarining eskirishi keskin kamayadi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |