Ma’ruza №2 mavzu: elektr mashinalarni ta’mirlashning texnik shartlari. Reja


Elektr mashinani magnit o’tkazg’ichlarini ta’mirlash


Download 20.56 Kb.
bet2/5
Sana28.09.2023
Hajmi20.56 Kb.
#1689398
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’ruza №2 mavzu elektr mashinalarni ta’mirlashning texnik shar-hozir.org

Elektr mashinani magnit o’tkazg’ichlarini ta’mirlash.

Elektr mashinani stator va rotor magnit o`tkazgichlarida quyidagi buzilishlar bo`lishi mumkin. Stator /rotor/ magnit o`zagini korpusga /valga/ maxkamlanishining bo`shashishi, chetki plastinkalarning `yoyilishi, preslab maxkamlanishi bo`shashgan, plastinkalar orasidagi izolyasiya buzilishi, ichki va tashqi yuzalarning ishdan chishi. Stator magnit o`zagini korpusga maxkamlanishi bo`shashganda avval ular o`rnatilgan shonka ariqchalarining holati tekshiriladi. So`ngra ularni boshqat xalqali ponachalar bilan vaxkamlanadi. Preslab maxkamlanishi bo`shashganda /ventilyasion tirgak tushib qolganda/ tirgaklar ta`mirlanadi, tushib qolgan tirgak o`rniga tekstolit ponacha qoqiladi maxkalanadi.


Plastinkalar orasidagi izolyasiya buzilganda, po`lat plastinkalar ajratib olinadi, tunikachalarning eski izolyasiyasi tozalanadi, yangi izolyasiya qoplanadi va qayta yig`iladi. Magnit o`tkazgich tishlarining ayrim maydonlari kuyganda ta`mirlasg. Tishlarning shikastlangan joylari kesib tashlanadi va o`rniga steklotekstolitdan ‘protez’ elim bilan o`rnatiladi.


Magnit o’zak mahkamlanishi bo’shaganligi. Avval stator magnit o’zagi o’zdan kechiriladi va stopor va ular o’rnatilgan halqasimon shponkalarning holatlari tekshiriladi. So’ngra magnit o’zak mashinani ishlab chiqargan zavoddagidek joylashtiriladi va yangi stoporlar yoki halqasimon shponkalar bilan mahkamlanadi, bunda stoporlar uchun teshiklarni bosha joyda teshiladi. Rotor mahkamlanishi bo’shaganda uni valda siqib chiqariladi, val ta'mirlanadi yoki yangisi bilan almashtiriladi va yana rotorning magnit o’zagi o’rnatiladi.

Magnit o’zakning chekkadagi plastinalari egilganligini ta'mirlash. Bu shikastlanishni bartaraf etish uchun, kichik quvvatli elektr mashinalari tishlarida nishabli pazlarni (ular o’lchami 6.1,a-rasmda ko’rsatilgan) temir kesuvchi arra bilan qirqiladi va bu pazlar elektr yoy payvandi (elektrod OMM5 diametri 2 mm) bilan payvandlanadi. Payvandlashda egilgan 4 tishlar segment yoki pazdan o’tkazilnan shpilka 2 yordamida halqa 3 bilan siqiladi. Payvand 1 choki magnit o’zak bilan birgalikda kerakli o’lchamgacha qirqiladi.
Egilgan tishlarni elimlash ham mumkin, bunda lak surtiladi va halqa va shpilka bilan lak to’la quriguncha tortiladi.
Nisbatan baland tishlari bo’lgan katta quvvatli mashinalar uchun, ushbu ta'mirlash usullari qo’llanilmaydi, chunki ular tishlarning mustaxkam va ishonchli mahkamlanishini ta'minlamaydilar va uyurma toklarning oqishi uchun berk kontur hosil qiladilar. Bunda vaziyatda barmoqli 5 (tishli) qo’shimcha shayba 6 (6.1,b-rasm) yoki magnit o’zak va bosuvchi shayba 9 orasiga alohida bosuvchi barmoq 5 (6.1,s-rasm) qo’yilishi tavsiya etiladi. Qo’shimcha elementlarni mahkamlash shtift 10 yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunday ta'mirlash faqat magnit o’zakni echish va qisman yoki to’la qayta shixtovka qilish bilan bajarilishi mumkin.
2.1-rasm. Magnit o’zaklarni ta'mirlash.
a-payvandlash ishlatib; b-tish bilan bosuvchi shayba ishlatib; c-alohida bosuvchi shayba ishlatib; d-ponalar ishlati: 1-payvand choki; 2-shpilka; 3-halqa (segment); 4-magnit o’zak tishlari; 5- bosuvchi shaybalar; 6-qo’shimcha shayba; 7-magnit o’zakning chekka listi; 8-tekstolit pona; 10-shtiftlar


  1. Download 20.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling