Ma’ruza №2. Mavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini modellashtirishning asosiy masalalari Reja


Download 84.26 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi84.26 Kb.
#1334411
Bog'liq
Маъруза 2


Ma’ruza №2.


Mavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini modellashtirishning asosiy masalalari


Reja

    1. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modellashtirishning asosiy masalalari.

    2. OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 pog‘onadan iborat.

Texnologiya - bu (texno-mahorat, logiya-fan) mahorat haqidagi fandir;
Tarmoq texnologiyasi - tarmoqni qurish texnologiyasi;
Arxitektura - tarmoqlarni funksional tuzilishi 90% dastur asosida bajariladi.
Aloqa sohasining rivojlanish omillari

  • sifatni oshirish;

  • resurslarni tejash va foydani oshirish;

  • qurilmalarning barqarorligini oshirish;

  • tarmoqni informasion mazmunini oshirish, xizmatlar turini oshirish.

Passiv tarmoq uzatish funksiyasi




Tarmoq texnologiyalaridagi axborot texnologiyalarining ta’siri




1.1.4-rasm. Tarmoq texnologiyalaridagi axborot


OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 pog‘onadan iborat




Fizikaviy pog‘ona-muhiti bilan interfeys amalga oshiriladi va aloqa liniyasi bo‘yicha kadrlarni bitma-bit uzatilishi bajariladi. Asosiy vazifasi bir bit informasiyani to‘g‘ri xatosiz yetkazib berishdan iborat. Birinchi sathda quyidagi funksiyalar bajariladi:
- modulyatsiya va demodulyatsiya;
- fizik kodlash va dekodlash.
Har bir diskret signalning spektr bo‘yicha kengligi va har bir kanalning o‘tkazuvchanlik kengligi mavjud.
Fizik sathning asosiy ko‘rsatkichi 1bit informatsiyani xato bo‘lish ehtimolligi.
Kanal pog‘onasi - asosiy vazifasi ma’lumotlar kadrini to‘g‘ri xatosiz yetkazib berishdan iborat. Ushbu kanal sathda uzatish protokollari qo‘llaniladi. Misol uchun kadr ming bitdan iborat, to‘g‘ri yetkazib berish uchun fizik sath har bitni to‘g‘ri yetkazib berishi kerak. Kanal sath kadrda xato topsa unda ushbu kadrni qaytadan uzatish uchun so‘rovnoma (kvitansiya) yuboradi. Yuqori sathdagi paketlar kadrni ichida joylashgan bo‘ladi.
Tarmoq pog‘onasi-tarmoq sathda paketlarning uzatish marshruti aniqlanadi va to‘g‘ri yetkazib berishga harakat qilinadi. Agar paketda xato topilsa unda ushbu paket tashlab yuboriladi. Tarmoq sathida IP protokoli ishlatiladi.
Transport pog‘onasi- ma’lumotlarni (segmentlarni) to‘g‘ri uzatishdan iborat. Transport sath protokoli(TCP) yo‘qolgan paketlarga qaytadan uzatish uchun so‘rovnoma yuboradi. Transport pog‘onasida TCP, UTP protokollari ishlatiladi.
Seans pog‘onasi- foydalanuvchilarning uzoqlashgan jarayonlari o‘rtasida aloqa seansini ochish uchun mo‘ljallangan. U shartli adreslarni ya’ni axborotlarni kiritish, chiqarish nuqtalari raqamini yoki oxirgi tizimlarini o‘zaro bog‘langan portlarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Taqdimot pog‘onasi- oltinchi pog‘ona taqdimot pog‘onasi yettinchi pog‘onadan kelgan ma’lumotlar mazkur tartibda har qanday ma’lumot taqdim etiladigan ko‘rinishga aylantiriladi. Bu yerda ma’lumotlarni siqish, ularni shifrlash kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Qo‘llanish pog‘onasi- unda foydalanuvchilar terminal tizimlarida va ular o‘zaro hamkorlik qiladigan tarmoqning oxirgi tizimlarida bajariladigan qo‘llanish jarayonlari o‘zaro hamkorligi boshqaruvi amalga oshiriladi. Modelning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirishlar uchun imkon yaratadi. Bu pog‘ona amalda turli xil protokollar to‘plami bo‘lib, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilari tarmoq resurslariga ruhsat oladilar.


Tarmoqning sintezi
Sintez masalasi ikkiga bo‘linadi:

  • funksional sintez;

  • strukturaviy sintez.



Funksional sintez- yetti sathli model protokollari bilan belgilanadi.

Strukturaviy sintez- tarmoqning topologiyasini aniqlashdan iborat. Bunga kommutatsiya tugunlar soni, aloqa kanallari parametrlari va ularning bir-biri bilan bog‘lanishi kiradi.
Tarmoqni analiz va sintez qilish uchun quyidagi nazariyalar mavjud:

  • signallarni uzatish nazariyasi;

  • diskret ma’lumotlarni uzatish nazariyasi;

  • ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari nazariyasi;

  • “Teletrafika” nazariyasi (ikkinchi nomi “ommaviy xizmat ko‘rsatish”, uchinchi nomi “navbatlar nazariyasi”)



Ushbu nazariyalar tarmoqning konkret sathi uchun mo‘ljallangan. Tarmoqni yaxlit holda o‘rganish uchun yangi nazariyalarni yaratish kerak. Buning nomini hozircha “ma’lumotlarni almashish nazariyasi” deb atalmoqda.
Download 84.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling