Ma’ruza №2 Neft uyumi fizik tavsifi


Download 369.48 Kb.
bet10/12
Sana04.11.2023
Hajmi369.48 Kb.
#1747855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Gaz bosimi tarzi. Gaz shapkali uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlan-tiruvchi asosiy enyergiya manbaasi gaz do’pisidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning ahamiyatli faolligi bo’lishi mumkin.

  • Gaz bosimi tarzi. Gaz shapkali uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlan-tiruvchi asosiy enyergiya manbaasi gaz do’pisidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning ahamiyatli faolligi bo’lishi mumkin.
  • Gaz bosimi tarzida ishlatishning boshlangich bosqichida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu ko’p neft olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi, natijada gaz shapkasidagi gazning kengayishi hisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan porshenli siqib chiqarilishi bilan bog’liq. Bunday holda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan gaz shapkasida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Shunday qilib gaz bosimi tarzida qatlam bosimining o’zgarishi jami neft olishga bog’liq bo’ladi.
  • Neft qazib olingan sari qatlam bosimi tobora pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin holatda ajralishi va uni gaz shapkasida to’planishiga imkon yaratadi. Neftdan gazning ajralishi uning qovushqoqligini oshiradi va neft debitiga hamda neft byeruvchanlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini o’sishiga olib keladi.
  • Uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu o’z navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini uyumning gazli qismida pasayishi va ko’p miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bo’ladi. U yerdan neftni olish imkoni bo’lmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberaoluvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gaz shapkasidan gaz olish maqsadga muvofiq emas.
  • Gaz bosimi tarzida oxirgi neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashkil qiladi ( 2.3a-rasm).

Download 369.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling