Ma’ruza №2 Neft uyumi fizik tavsifi


Download 369.48 Kb.
bet11/12
Sana04.11.2023
Hajmi369.48 Kb.
#1747855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-ma\'ruza

Erigan gaz tarzi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi neftda yerigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu tarz odatda uyumning neftli qismi bilan kontur orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bo’lmagan uyumlarda yuzaga keladi.

  • Erigan gaz tarzi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi neftda yerigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu tarz odatda uyumning neftli qismi bilan kontur orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bo’lmagan uyumlarda yuzaga keladi.
  • Yerigan gaz tarzi qatlam bosimi to’yinganlik bosimidan pasayganda kuzatiladi. Uyumda neftda yerigan gazlar undan ajralib erkin holdagi pufakchalarni hosil qiladi. Bu vaqtda ular neftgaz eritmasi (aralashmasi) hosil qilib yuqori darajadagi qayishqoqlik beradi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning harakatlanishini yingillashtiradi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan doimiyligi va joriy qazib chiqarishni maksimumgacha o’sishi bilan xaraktyerlanadi.
  • Gaz pufakchalarining miqdori ortadi va quduqlar tubiga neftga nisbatan tezroq yitib keladi. Bu davrda gaz omili birdaniga o’sadi va neft uchun fazoviy o’tkazuvchanlik kamayadi. Shu vaqtda neft o’zida yerigan gazning asosiy qismini yo’qotib qovushqoq bo’lib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi.
  • Neftda yerigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning enyergiyasi pasayadi, neftdan gazning ajralishi to’xtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi. Yerigan gaz tarzida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga bog’liq (1b-rasm).
  • Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat beradi. Neft olish koeffitsienti sharoitga bog’liq holda 0,1-0,3 oraliqda o’zgaradi.
  • 2.3-rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo’yicha ) .
  • a – gaz bosimi tarzida; b – erigan gaz tarzida.

1.3-rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo’yicha ) .
a – gaz bosimi tarzida; b – erigan gaz tarzida. Egri chiziqlar: Qn – neft qazib chiqarish; Qs – suv qazib chiqarish; Pqat. – qatlam bosimi; Pto’y. – to’yinganlik bosimi; Gr – gaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.

Download 369.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling