Suv siquvi tarzi. Suv siquvi tarzida neftni qatlam bo’ylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Uyumni ishlatish jarayonida chekka suvlar uyumga kirib boradi va olinayotgan neft o’rnini to’ldiradi. Shuning o’zi bilan qatlam bosimi ushlab turiladi. - Suv siquvi tarzi. Suv siquvi tarzida neftni qatlam bo’ylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Uyumni ishlatish jarayonida chekka suvlar uyumga kirib boradi va olinayotgan neft o’rnini to’ldiradi. Shuning o’zi bilan qatlam bosimi ushlab turiladi.
- Chekka (ostki) suvlarning siquvini doimiyligi qator geologik va gidrogeologik omillarga bog’liq. Bularga uyumni ta’minot viloyatiga yaqin joylashganligi, uyum va taminot manbayi orasidagi aloqaning yaxshiligi va ularning gipsometrik sathlari orasidagi farqning kattaligi kiradi. Suvneft chegarasidan qazib oluvchi quduqlarini tubiga bosimning tez uzatilishi turli fatsial aralashuvlar bilan murakkablashmagan kollektor qatlamning yuqori o’tkazuvchanligi bilan erishiladi.
- Suv siquvi tarzli uyumlarda qatlam bosimining o’zgarishini aniqlovchi asosiy ko’rsatkich neft olish jadalligi (miqdori) hisoblanadi. U uyumdagi boshlang’ich olinadigan zaxiralardan 7-8% gacha yetishi mumkin.
- Suv siquvi tarzida ishlayotgan uyumlarda qatlam bosimi ishlatish davri boshida biroz pasayadi, so’ng bir xil kattalikda to’yinish bosimidan yuqori ko’rsatkichda turadi. Shuning uchun gaz omili kichik va vaqt maboynida o’zgarmas bo’ladi.
- Chekka suvlarning doimiy siquvi ta’sirida suv neft chegarasi (SNCh) ko’tariladi va qazib oluchi quduqlari suvlanadi. Ishlatishning oxirgi bosqichida ko’pchilik quduqlar suvlanib to’xtatilganda yillik neft olish kamayadi, qatlam bosimi esa oshadi. (2.1a- rasm).
- Suv siquvi tarzi eng samarali hisoblanadi. Neft olish koeffitsienti 0,8 gacha bo’ladi.
Qayishqoq - suv siquvi tarzi. Qayishqoq - suv siquvi tarzida qatlam enyergiyasining asosiy manbaasi yer qa’rida bosim bilan siqilgan suvlar, neft va tog’ jinslarining qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Qayishqoqlik kuchlari chekka suvlarning kuchsiz siquvi hisobiga yuzaga keladi. Suvning bosimi yillik qazib chiqarish boshlangich zaxiralarning 4-5 % ni tashqil etganda qatlam bosimini ushlab turishni ta’minlaydi. Bu tarzda ishlaydigan uyumlar uchun taminot manbayi bilan kuchsiz (yomon) aloqa, undan uzoqda joylashganlik, past o’tkazuvchanlik va kollektor qatlamlarning bir xil emasligi xarakterlidir. - Qayishqoq - suv siquvi tarzi. Qayishqoq - suv siquvi tarzida qatlam enyergiyasining asosiy manbaasi yer qa’rida bosim bilan siqilgan suvlar, neft va tog’ jinslarining qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Qayishqoqlik kuchlari chekka suvlarning kuchsiz siquvi hisobiga yuzaga keladi. Suvning bosimi yillik qazib chiqarish boshlangich zaxiralarning 4-5 % ni tashqil etganda qatlam bosimini ushlab turishni ta’minlaydi. Bu tarzda ishlaydigan uyumlar uchun taminot manbayi bilan kuchsiz (yomon) aloqa, undan uzoqda joylashganlik, past o’tkazuvchanlik va kollektor qatlamlarning bir xil emasligi xarakterlidir.
- Quduqlar ishga tushirilgandan boshlab quduq tubi atrofida past bosimli zona hosil bo’ladi. Bu zonada neft, aralash suv va tog’ jinslari qayishqoqlik kuchlari hisobiga kengaya boshlaydi va bosim hosil qilib quduq tubiga harakatlanishiga imkon yaratadi. Past bosimli zona tobora kengayib boradi va qayishqoqlik kuchlari katta maydon bo’ylab ta’sir ko’rsatadi. Past bosimli zona qatlamning suvli qismiga yetganda qatlamga suv kiradi va suvneft chegarasi ko’tarilib boradi. Suvneft chegarasi bir xilda ko’tarilmasligi quduqlarni muddatidan oldin suv bosishiga olib keladi. Buning natijasida maxsulotning suvlanganlik foizi oshadi.
- Qayishqoq suv siquvi tarzida qatlam bosimi avvaliga pasayadi, so’ngra qatlamdan joriy va jami neft olishga bog’liq holda doimiy ravishda to’yinganlik bosimidan yuqori ko’rsatgichda saqlanadi. Shuning uchun ishlatish jarayonida gaz omili o’zgarmaydi. Agar neft olish miqdori oshirilsa, qatlam bosimi pasayadi va u to’yinganlik bosimidan ham pasayganda uyumda yerigan gaz tarzi yuzaga keladi. (1.2b-rasm).
- Qayishqoq suv siquvi tarzida neft olish koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashkil etadi.
- 1.2-rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo’yicha ) .
- a – suv siquvi tarzida; b – qayishqoq-suv siquvi tarzida.
- Egri chiziqlar: Qn – neft qazib chiqarish; Qs – suv qazib chiqarish; Pqat. – qatlam bosimi; Pto’y. – to’yish bosimi; Gr – gaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |